Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingini e’lon qildi. O‘tgan yilgi kabi «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» MTU 1-o‘rinni egalladi. Qolaversa, bu yil ilk bor litseylar reytingi ham e’lon qilindi.
Toshkentda Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘z faoliyatini boshladi. Ilk o‘quv yilida 160 nafar talaba qabul qilindi.
Toshkentda birinchi YOTO elektrosamokatlar ijaraga berish xizmati va Visa hamkorlik aksiyasini e’lon qildi. Endi YOTO ilovasida Visa kartasi bilan to‘lovni amalga oshirayotganda balansni to‘ldirish summasidan 20% bonus olishingiz mumkin.
Sankt-Peterburgda bir guruh O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha ishlayotgan qurilish obyektida pasportlari olib qo‘yilgani haqida murojaat bilan chiqdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari fuqarolarning pasportlarini qaytarishga erishdi. Ish beruvchi javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 25,14 so‘mga arzonlab, 10 999,78 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan «Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish» loyihasi uchun bitim imzoladi. OTB loyiha uchun 25 yil muddatga va 5 yillik imtiyozli davr bilan $150 mln qarz ajratadigan bo‘ldi. Prezident mazkur bitimni ma’qullab, qaror qabul qildi.
O‘zbekistonda ilk bor robot-xirurg bilan murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Koreyaning «Meere» kompaniyasi tegishli robot inson qo‘liga qaraganda ancha katta diapazonda egilib, aylana oladi. SVVga ko‘ra, O‘zbekistonda robotoxirurgiyaning rivojlanishi uchun mutaxassislar va robotlar soni ko‘payishi zarur.
Internetdan foydalanishga sharoiti yo‘q aholi qatlami uchun «Yaxshi narsalar interneti» deb nomlangan axborot platformasi ishga tushdi. U YUNISEF hamda hukumat idoralari va mobil aloqa operatori bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Platformadan foydalanish bepul.
«O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori Baxtiyor Atamuradov mehmonxonada sodir etgan nomaqbul harakatlari sabab ishdan olindi. Seshanba kungi yig‘ilishda buni e’lon qilgan prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov shunday qo‘shimcha qildi: «sizning chet eldagi sarguzashtlaringizni ham yuborishdi».
Quvasoy shahri, Uchko‘prik va Bo‘stonliq tumanida gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish holatlari aniqlandi.
Seshanba kungi videoselektor yig‘ilishida prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov beshta tuman hokimi ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. U o‘z nutqida hokimlar «butun davlat tizimi va prezident komandasini obro‘sizlantirishga olib kelganini» ta’kidladi.
Markaziy bank o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 024,92 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham mijozlarga dollarni sotish va sotib olish bo‘yicha yangi takliflarini e’lon qildi.
Qarshi tumanining Mirmiron qishlog‘i fuqarolari kanalda bir necha kun avval bedarak yo‘qolgan 2007 yilda tug‘ilgan bolaning jasadini ko‘rib qolib, suvdan olib chiqdi. Hozirda tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv boshladi, tegishli ekspertiza tayinlandi.
Shavkat Zayniddinov va Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Otabek Nosirov Yangiyer shahriga hokim bo‘ldi.
Otabek Sultanbekov Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U bungacha Quyi Chirchiq tumani hokimining shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2022/2023 o‘quv yilida shu vaqtgacha 27,8 ming nafar talabaga berilgan 317 mlrd so‘mdan ziyod imtiyozli kreditning 242 mlrd so‘mini ayollar oldi. Avvalroq, prezident oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda o‘quvchi xotin-qizlarning 7 yilga foizsiz ta’lim kreditini olishi haqida qaror chiqargandi.
«Agar ko‘p yillar davomida faqat bir kishi eng yuqori lavozimni egallab tursa, bunday vaziyat mamlakatni ham, uning rahbarini ham hurmatli qilmaydi», — dedi Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev. «Biz kelajakka ishonch bilan qarashimiz, halol va iqtidorli siyosatchilarga yo‘l ochishimiz kerak», — dedi u.
Chegara to‘g‘risidagi yangi shartnomani kelishishni boshlagan O‘zbekiston va Qirg‘iziston, paxta yig‘im-terimiga majburiy jalb etilayotganlar, iqtisodiy taraqqiyot vazirining yangi birinchi o‘rinbosari, «Buxoro neft bazasi»ning 7 mansabdoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov prezident qarori bilan o‘zgalarni haqorat qilgani, hokimlarga qo‘yilgan talablarni bajarmagani va o‘z faoliyatini davlat siyosatiga mos ravishda tashkil etmagani uchun jarimaga tortildi.
Asaka va Farg‘ona tumanlari hokimlari yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani uchun lavozimidan ozod qilindi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting