Arxiv

Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchilari o‘z o‘quvchisi va talabasini qanday eslashadi?
1 oktabr 2022, 09:00

Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchilari o‘z o‘quvchisi va talabasini qanday eslashadi?

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Gazeta.uz» O‘zbekiston prezidentining maktab va institutdagi o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi. Ular Shavkat Mirziyoyevni sinfdoshlarini birlashtirgan, tartibli talaba, stol tennisi va texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan shaxs sifatida esga olishdi.

sentabr oyining so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 sentabr 2022, 22:00

sentabr oyining so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini aytgan TIV, Sergelida yoqib yuborilgan 25 ming quti tamaki, kutilayotgan yomg‘ir, odamlarni kaltaklab 15 sutkaga qamalgan blogerlar, texnikum hamda kollejga imtihonsiz kiradigan abituriyentlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Ukraina tezlashtirilgan tartibda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshiradi — Vladimir Zelenskiy
30 sentabr 2022, 20:15

Ukraina tezlashtirilgan tartibda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshiradi — Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish uchun tezlashtirilgan tartibda ariza topshirishini ma’lum qildi. U, shuningdek, Ukraina RF bilan, lekin bu safar boshqa Rossiya prezidenti bilan muloqotga tayyor ekanini aytdi.

Vladimir Putin DXR, LXR, Zaporoje va Xersonni Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi
30 sentabr 2022, 18:31 1

Vladimir Putin DXR, LXR, Zaporoje va Xersonni Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi

Kremlda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Ukrainaning RF nazoratidagi Zaporoje va Xerson viloyatlari hududlari Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Vladimir Putin o‘z nutqida Ukrainani muzokara stoliga qaytishga chaqirdi.

Deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik soliqlardan 2,7 trln so‘m qarzdor — Soliq qo‘mitasi
30 sentabr 2022, 17:57

Deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik soliqlardan 2,7 trln so‘m qarzdor — Soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasi deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik mol-mulk va yer solig‘idan 2,7 trln so‘m qarzdor ekanini ma’lum qildi. Sohalar kesimida eng ko‘p qarzdorlik qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarda ekani ko‘rsatildi.

Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha ichimlik suvi bilan ta’minlangan maktablar soni 16 taga yetdi
30 sentabr 2022, 17:29

Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha ichimlik suvi bilan ta’minlangan maktablar soni 16 taga yetdi

Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha 16 maktab ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlandi. «Gazeta.uz» shu paytgacha maktab ma’muriyati va mahalliy aholi toza ichimlik suvi yetishmasligi sababli qanday noqulayliklarga duch kelgani bilan qiziqdi.

Sinoptiklar oktabr oyida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
30 sentabr 2022, 17:21

Sinoptiklar oktabr oyida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi

oktabr oyi quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida harorat kechalari +13 darajadan 0…+5 darajagacha, kunduz kunlari +18…+23 darajadan +10…+15 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlar yomg‘irli bo‘ladi.

Ikki qizning ota-onasi ularning «o‘zbek millatiga munosib bo‘lmagan» raqsi uchun jarimaga tortildi
30 sentabr 2022, 16:20

Ikki qizning ota-onasi ularning «o‘zbek millatiga munosib bo‘lmagan» raqsi uchun jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Navoiydagi kasb-hunar maktabida 2 o‘quvchi qizning raqsi aks etgan video tarqaldi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi raqsning «o‘zbek millatiga munosib emasligini» aytdi. O‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi.

O‘zbekiston Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 73-o‘rinni egalladi
30 sentabr 2022, 16:14

O‘zbekiston Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 73-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2022 yilda Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egalladi. Indeks mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi kabi masalalar asosida tuzilgan.

Ayollarni fohishalik uchun Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi
30 sentabr 2022, 15:41

Ayollarni fohishalik uchun Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi

Toshkent viloyatida qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborib kelgan 23 va 22 yoshli ayollar aniqlandi. Ular boshqa bir ayolni xorijga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Aybdorlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Jizzaxlik dehqon 65 kglik oshqovoqlarni yetishtirdi — fotoreportaj
30 sentabr 2022, 15:33

Jizzaxlik dehqon 65 kglik oshqovoqlarni yetishtirdi — fotoreportaj

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida Ro‘ziboy Mamatov kichigi 30 kg, kattasi 65 kglik gigant oshqovoqlarni yetishtirdi. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam dehqonning tomorqasidan fotoreportaj tayyorladi.

Zaporojeda raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi
30 sentabr 2022, 15:04

Zaporojeda raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Zaporoje viloyatida avtomobillar karvoniga raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Viloyat ma’muriyati 1 oktabrni viloyatda motam kuni deb e’lon qildi.

Kollej va texnikumda sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar imtihonsiz qabul qilinadi
30 sentabr 2022, 14:47

Kollej va texnikumda sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar imtihonsiz qabul qilinadi

2022−2023 o‘quv yilida kollej va texnikumga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o‘qish uchun hujjat topshirganlar imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Imtihonni faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar topshiradi.

Samarqandda mayning fermasi aniqlandi
30 sentabr 2022, 12:53

Samarqandda mayning fermasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Samarqand viloyatining Qo‘shrobod tumanida 1,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan mayning fermasi aniqlandi.

Sergelida 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi
30 sentabr 2022, 12:38

Sergelida 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Sergelidagi zavodlarning birida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Ular 23 iyun kuni Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuk avtomashinasidan topilgandi.

Tijorat banklari dollarning yangi qiymatini belgiladi
30 sentabr 2022, 12:16

Tijorat banklari dollarning yangi qiymatini belgiladi

Markaziy bank 30 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 14,23 so‘mga qimmatlab, 11 014,01 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib, tijorat banklari ham o‘z takliflarini yangiladi.

Shanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi
30 sentabr 2022, 11:36

Shanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida biroz yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada esa O‘zbekiston bo‘yicha quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +21…+26 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan blogerlar 15 sutkaga qamaldi
30 sentabr 2022, 11:19

Toshkentda odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan blogerlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda ikki nafar bloger 15 sutkaga qamaldi. Ular odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan va jamoat tartibini buzuvchi videolarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan. Blogerlardan biri avval ham 15 sutka qamoq jazosini o‘tab chiqqandi.

Prezident ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
30 sentabr 2022, 11:05

Prezident ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston pedagoglariga 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. «Ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, moddiy ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tariladi», — dedi u.

O‘zbekistonda 1 oktabr kuni 5 ballik magnit bo‘roni kuzatiladi
30 sentabr 2022, 10:17

O‘zbekistonda 1 oktabr kuni 5 ballik magnit bo‘roni kuzatiladi

O‘zbekistonda shanba kuni 5 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting