O‘zbekistonda shanba kuni 5 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.
Rulda sobiq «Ummon» guruhi solisti Zohid Risqiyev bo‘lgan BMW Toshkentda YTHga uchradi. Hodisa oqibatida bir kishi vafot etdi.
TIV Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi. Unda O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga sodiqligi ta’kidlangan. TIV qonunbuzarlik sodir qilmagan chet elliklar, jumladan rossiyaliklar majburiy deportatsiya qilinmasligini ma’lum qildi.
Kitobxonlar orasida g‘aliz jumla, Google translate`ga solingan degan fikrlar tez-tez yangrab turadi. Aslida, tarjima qanday jarayon? Nega tarjima kitoblar ko‘p bo‘lsa-da, ular til tabiatiga yot bo‘lib qolmoqda? 30 sentabr — Xalqaro tarjimonlar kunida “Gazeta.uz” tarjimonlar bilan shu mavzuda suhbatlashdi.
«Angren» erkin iqtisodiy zonasi va Vetnam-yapon Mareven Food Holdings o‘rtasida Big-Bon va Rollton brendlari ostida tez tayyorlanadigan makaron mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi. Investitsiyalar hajmi qariyb 125 mln dollarni tashkil etadi.
Prezident «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Jo‘rabek Mirzamahmudovni bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinladi.
Poytaxtda tezlik 50 km/soatgacha tushirishi mumkinligi , bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan Toshkent viloyati prokurori bo‘lgan Shavkatjon Raximov, Pokistonga gumanitar yordam jo‘natgan O‘zbekiston va BMT, go‘daklar o‘limi, DXM orqali nikohdan o‘tish eksperimenti va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig‘imlar miqdori belgilandi. Mayning faoliyati uchun — BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), kripto-birja faoliyati uchun — BHMning 400 baravari (120 mln so‘m) har oyda to‘lov qilish kerak bo‘ladi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi komissiyasi harakat tezligini Kichik halqa yo‘lida 60 km/soat, poytaxt markazi — A.Navoiy, Mahtumquli, A.Temur, KHAY, I.Karimov, T,Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarida esa 50 km/soatgacha tushirish masalasini muhokamaga qo‘yishni ko‘zlayapti.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya uchrashuvida o‘zbekistonliklar uchun yillik haj kvotasini ikki barobar — 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Shavkatjon Raximov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi.
1 sentabrdan YAIDXP orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron shakldagi ishonchnomalarni rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» Payme bilan hamkorlikda smartfon yordamida buni qanday qilish kerakligi haqida batafsil so‘zlab beradi.
Saudiya Arabistoni dunyo bo‘ylab ziyoratchilarning sayohatini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan Nusuk integratsiyalashgan raqamli platforma bo‘lgan Nusukni ishga tushirdi. U orqali vizaga ariza topshirish, mehmonxona va reyslarni bron qilish mumkin.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida «Moskovich» va unga ulangan pritsep 300 dona press somoni bilan yonib ketdi. Hodisa oqibatida avtomashina egasi kuyish jarohati oldi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, ️davlat organlari va tashkilotlari, mahallalar va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari «Yashil bog‘lar»ni barpo etish bo‘yicha hokimliklarga tashabbus bilan chiqishi mumkin. Taklif bosqichma-bosqich ma’qullansa, «Yashil hudud» davlat unitar korxonasi bilan shartnoma tuzilib, bog‘ yaratiladi.
AQSh o‘zbek paxtasini bolalar va majburiy mehnat orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi. Buning natijasida AQShga paxta eksporti uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Biroq, mamlakatda ipak pilla yetishtirishda hamon majburiy mehnat qo‘llaniladi, deya xabar beradi AQSh mehnat vazirligi.
Toshkent shahriga 2022 yil oxirigacha 190 dona MAN rusumli avtobuslar olib kelinadi. Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritiladi va kam sig‘imli ISUZU larning o‘rnini egallaydi.
Bosh prokurorning o‘rinbosari Shavkatjon Raximov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ishdan olindi.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Orolbo‘yi suv havzalarida uchraydigan baliqlardan tayyorlangan 120 dan ortiq taomlar namoyish etildi (foto).
Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev yirik miqdorda — $110 ming pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi, deb xabar berdi mamlakat IIV. Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi mazkur ish yuzasidan keng qamrovli tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting