Arxiv

Barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish 5 sentabrdan boshlanadi
16 avgust 2022, 12:21

Barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish 5 sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistonliklar mustaqillikning 31 yilligini nishonlash arafasida ish haftasidan qat’iy nazar ketma-ket 4 kun — 1 sentabrdan 4 sentabrga qadar dam olishadi. Shunga ko‘ra, barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish jarayonlari 5 sentabr — dushanba kunidan boshlanadi.

Salom Samadov Qashqadaryo viloyatiga prokuror bo‘ldi
16 avgust 2022, 11:22

Salom Samadov Qashqadaryo viloyatiga prokuror bo‘ldi

Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Salom Samadov Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. U avval ham mazkur lavozimda faoliyat olib borgan.

«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etildi
16 avgust 2022, 11:09

«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etildi

Prezident «Imom Buxoriy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Mazkur orden bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish hamda targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishgan fuqarolar mukofotlanadi.

Quvasoyda 938 kg temir evaziga giyohvand modda sotgan ayollar qo‘lga olindi
16 avgust 2022, 10:48

Quvasoyda 938 kg temir evaziga giyohvand modda sotgan ayollar qo‘lga olindi

Quvasoyda bir gurux ayollar 938 kg temir buyumlar evaziga «gashish» moddasini sotgan vaqtda ushlangan. Gumonlanuvchilarning jinoyat sodir etganligi tasdiqlansa, 20 yilgacha qamalishi mumkin.

Igor Savitskiy haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
16 avgust 2022, 10:05

Igor Savitskiy haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Badiiy akademiya Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi asoschisi Igor Savitskiy haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. 4 avgust kuni Savitskiy tavalludining 107 yilligi nishonlanayotgan vaqtda jamoatchilik e’tibori haligacha muzey asoschisiga haykal o‘rnatilmaganiga qaratildi.

Haftaning ikkinchi yarmida shamol tezligi 27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda
16 avgust 2022, 09:45

Haftaning ikkinchi yarmida shamol tezligi 27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda

O‘zgidromet 18−20 avgust kunlari yettita viloyatda shamol tezligi 17 m/s dan 27 m/s gacha kuchayishi, buning oqibatida ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishidan ogohlantirdi. Shanba kuniga kelib, havo xarorati 27 darajagacha tushib ketadi.

Yer usti metro liniyasi vaqtinchalik soat 23:00 gacha ishlaydi
16 avgust 2022, 09:03

Yer usti metro liniyasi vaqtinchalik soat 23:00 gacha ishlaydi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida poyezdlar harakati 5 sentabrgacha soat 23:00 gacha amalga oshiriladi.

So‘mning real almashuv kursi fevraldan buyon ilk marta 2,1 foizga qimmatladi. Bu nimani bildiradi?
15 avgust 2022, 20:57

So‘mning real almashuv kursi fevraldan buyon ilk marta 2,1 foizga qimmatladi. Bu nimani bildiradi?

Iyul oyida so‘mning real almashuv kursi fevraldan beri birinchi marta 2,1 foizga oshdi. Markaziy bank buni hamkor davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi bilan izohladi. Savdo-hamkor davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

Ikkita arxeologiya yodgorligiga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
15 avgust 2022, 20:44

Ikkita arxeologiya yodgorligiga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Bosh prokuratura Qashqadaryo va Samarqand viloyatidagi ikkita arxeologiya yodgorligiga ziyon yetkazilgani haqida xabar berdi. Zarar 1,8 mlrn so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekistonlik atletlar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 50 ta medalni qo‘lga kiritdi
15 avgust 2022, 20:09

O‘zbekistonlik atletlar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 50 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston sportchilari Islom birdamligi o‘yinlarida turli sport yo‘nalishlarida yana 50 ta medalni — 19 ta oltin, 14 ta kumush va 17 ta bronza qo‘lga kiritdi. Og‘ir atletikachilar Sarvar Zafarjonov va Tursunoy Jabborova eng yaxshi natija ko‘rsatib, musobaqaning mutlaq chempioni bo‘ldi.

O‘zbekiston dzyudochilari jahon chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi
15 avgust 2022, 19:47

O‘zbekiston dzyudochilari jahon chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Ekvadorda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik dzyudochilar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Andijonda talaba yotoqxona hojatxonasida osilgan holda topildi
15 avgust 2022, 19:40

Andijonda talaba yotoqxona hojatxonasida osilgan holda topildi

Andijon mashinasozlik instituti yotoqxonasi hojatxonasida 2-bosqich talabasi osilgan holda topildi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, marhum o‘z joniga qasd qilgan.

Toshkent aeroportida Britaniyaning qalbaki pasportlari bo‘lgan Afg‘oniston fuqarolari qo‘lga olindi
15 avgust 2022, 19:33

Toshkent aeroportida Britaniyaning qalbaki pasportlari bo‘lgan Afg‘oniston fuqarolari qo‘lga olindi

Yetti nafar Afg‘oniston fuqarosi Toshkentdan Londonga soxta Britaniya pasportlari bilan uchib ketishga urindi. Ular qo‘lga olinib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Dunyo aholisi soni 8 mlrddan oshdi
15 avgust 2022, 19:23

Dunyo aholisi soni 8 mlrddan oshdi

Countrymeters loyihasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 15 avgust kuni dunyo aholisining soni 8 mlrddan oshdi. Ularning 4,04 mlrd nafari erkak, 3,96 mlrd nafari ayollardir. Dunyoning qariyb 70% aholisi 20 davlatda yashamoqda. Qit’alar bo‘yicha esa eng ko‘p insonlar Osiyoda — 4,7 mlrd kishi.

Gruziyaga muhabbat bilan. O‘zbekistonliklarning Gruziyaga sayohat qilishga qiziqishi nega ortmoqda? (2-qism)
15 avgust 2022, 19:00

Gruziyaga muhabbat bilan. O‘zbekistonliklarning Gruziyaga sayohat qilishga qiziqishi nega ortmoqda? (2-qism)

O‘zbekiston mediamakonida Gruziyaga qiziqish va sayohat qilish ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biriga aylanmoqda. «Gazeta.uz» ushbu qiziqish nega ortayotganligi, Gruziyaning o‘ziga xos tomonlari va undan nimalarni o‘rganish mumkinligi haqidagi savollarga u yerga sayohat qilganlardan javob oldi.

Jazoni ijro etish tizimi xodimlarining bodikameralardan foydalanish tartibi belgilandi
15 avgust 2022, 17:05

Jazoni ijro etish tizimi xodimlarining bodikameralardan foydalanish tartibi belgilandi

Jazoni ijro etish tizimi xodimlarining shaxsiy videoregistratorlardan foydalanish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, ️bodikamera xodim xizmat vazifasini bajarishga kirishganidan boshlab ishga tushirilishi va naryadni topshirguniga qadar ishlatilishi lozim. Undan shaxsiy maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

Ikki viloyatdan 250 nafarga yaqin xotin-qiz elektron tijorat, SMM va reklama bo‘yicha o‘qitiladi
15 avgust 2022, 16:47

Ikki viloyatdan 250 nafarga yaqin xotin-qiz elektron tijorat, SMM va reklama bo‘yicha o‘qitiladi

USAID tashabbusi bilan Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan 250 nafarga yaqin xotin-qiz elektron tijorat, ijtimoiy tarmoqlar marketingi va reklama bo‘yicha o‘qitiladi. Mashg‘ulotlar yakunida ular onlayn do‘konlarini ochish, global va mahalliy platformalar orqali tovarlarni sotish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Farg‘onada ikki nodavlat OTM fuqarolarning 2,1 mlrd so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi
15 avgust 2022, 15:19

Farg‘onada ikki nodavlat OTM fuqarolarning 2,1 mlrd so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi

Qo‘qon va Farg‘onada nodavlat OTMlar tarmoqlar orqali fuqarolar mazkur muassasada bakalavr darajasini beruvchi xalqaro diplomga ega bo‘lishlari haqida xabar tarqatgan. Oliygohlar rahbar va xodimlari shu orqali 345 kishining 2,1 mlrd so‘mini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda er-xotin tarvuzdan zaharlanish oqibatida vafot etdi
15 avgust 2022, 15:03

Namanganda er-xotin tarvuzdan zaharlanish oqibatida vafot etdi

Norin tumanida katta yoshli er-xotin taxminan tarvuzdan zaharlanish oqibatida olamdan o‘tdi. Ularning ikki qizi va ikki nabirasi shifoxonaga yotqizildi.

Mahkum va uning oilasi IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatishdi
15 avgust 2022, 14:56

Mahkum va uning oilasi IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatishdi

Toshkentda probatsiya xizmatida hisobda turuvchi mahkum pichoq bilan o‘z bilaklarini kesib, profilaktika inspektorlariga ham tahdid qildi. Janjalga mahkumning oilasi qo‘shilib, profilaktika inspektorlarining xizmat kiyimlarini yirtishgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting