Arxiv

Milliy avtomobil zavodimiz shunchalik himoya qilishga arziydimi?
19 fevral 2022, 17:07 1

Milliy avtomobil zavodimiz shunchalik himoya qilishga arziydimi?

Avtomobilsozlik sohasida kutilayotgan o‘zgarishlar iste’molchilarga foyda keltiradimi? «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyevning fikricha, import bojlarining pasaytirilishi ichki bozorga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat eng boy aholi manfaatlariga xizmat qiladi. Iqtisodchi jamiyat haqiqiy foyda ko‘rishi uchun savdoni erkinlashtirish muhimligini ta’kidlaydi.

Sirdaryoda ikki fuqaro ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilganlikda gumonlanmoqda
19 fevral 2022, 16:04

Sirdaryoda ikki fuqaro ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilganlikda gumonlanmoqda

Sirdaryo viloyatida ikki fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik va terrorchilik materiallarini tarqatganlikda gumon qilinmoqda. Ulardan biri Telegram`da virtual guruh ochib, aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi audio va video materiallarni joylashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hokim yordamchilariga ipoteka krediti uchun 150 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
19 fevral 2022, 15:33

Hokim yordamchilariga ipoteka krediti uchun 150 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan hokim yordamchilari va ularning faoliyatini samarali tashkil etishga mas’ul bo‘lgan respublika vakillariga ipoteka krediti uchun uy-joy narxining 50 foizigacha — biroq 150 mln so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya to‘lab beriladi. Qolaversa, ularga mukofot puli, maoshiga ustama to‘lov, uy ijarasi va shaxsiy mashinasida yurgani uchun benzin puli, chiptalar uchun konpensatsiya ham beriladi.

O‘zbekiston Vision Zero elementlarini hayotga tadbiq qilmoqchi
19 fevral 2022, 14:33

O‘zbekiston Vision Zero elementlarini hayotga tadbiq qilmoqchi

O‘zbekiston harakat xavfsizligini ta’minlash uchun 10 dan ortiq xorijiy davlat tajribasi, jumladan, Vision Zero strategiyasini hayotga tadbiq etmoqchi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba Farg‘ona viloyatida yaxshi natija bergan. Endilikda piyodalarga yo‘llarni kesib o‘tish uchun sharoit yaratish bilan birga qoida buzganlarini jazolash ham ko‘zda tutilmoqda. UNICEF hamkorligida esa bolalar uchun video va kitob shaklida qo‘llanmalar ishlab chiqiladi.

Sabrim tufayli muvaffaqiyatga erishdim — Eldor Shomurodov
19 fevral 2022, 12:22

Sabrim tufayli muvaffaqiyatga erishdim — Eldor Shomurodov

Futbolchi Eldor Shomurodov UEFAga bergan intervyusida Italiyagacha bo‘lgan yo‘li, O‘zbekiston terma jamoasi sardorligi qanday kechayotgani, Yevropa futboli va mentalitetining farqi haqida gapirdi. Intervyuning o‘zbek tilidagi to‘liq matni.

Navoiydagi savdo markazida fuqaro 3 yoshli nabirasi bilan eskalatordan tushib ketdi (to‘ldirildi)
19 fevral 2022, 11:36

Navoiydagi savdo markazida fuqaro 3 yoshli nabirasi bilan eskalatordan tushib ketdi (to‘ldirildi)

Juma kuni Navoiydagi «Yangi hayot» savdo majmuasida 52 yoshli fuqaro 3 yoshli nabirasi bilan 5 va 4 qavat oralig‘idagi eskalatorda muvozanatni yo‘qotib, 1 qavatga tushib ketdi. Erkak voqea joyida vafot etdi, bolakay esa shifoxonaga yotqizildi.

Kamilov va Blinken o‘zaro tabrik maktublarini almashdi
19 fevral 2022, 11:22

Kamilov va Blinken o‘zaro tabrik maktublarini almashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘zaro qutlov maktublarini almashdi.

Shaxmat federatsiyasiga budjetdan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilmagan — Antikorrupsiya agentligi
19 fevral 2022, 10:50

Shaxmat federatsiyasiga budjetdan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilmagan — Antikorrupsiya agentligi

Antikorrupsiya agentligi Shaxmat federatsiyasi bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni o‘rganib, federatsiyaga 2020−2021 yillarda budjetdan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilmaganini aniqladi. 2021 yilda faqat Turizm va sport vazirligi 6 ta tadbir uchun federatsiyaga 2,8 mlrd so‘m mablag‘ bergan. Agentlik Shaxmat federatsiyasi NNT bo‘lgani bois, uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish uchun hujjatlarni Adliya vazirligiga yubordi.

Kovidning kunlik holati 200 dan kamaydi
19 fevral 2022, 10:15

Kovidning kunlik holati 200 dan kamaydi

Juma kuni 191 kishining koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bu 5 yanvardan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu kuni 3 kishi kovid asoratlari oqibatida vafot etdi. 42 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Eynshteyn tasvirlangan graffiti bo‘yab ketildi
19 fevral 2022, 09:08

Eynshteyn tasvirlangan graffiti bo‘yab ketildi

Toshkentda Eynshteyn portreti va uning formulalari aks ettirilgan devor bo‘yab ketildi. Asar muallifi, taniqli ko‘cha rassomi Inkuzart buning uchun Chilonzor hokimiga «minnatdorchilik» bildirdi. Chilonzor tumani hokimiyati bino snosga tushgani bois graffiki bo‘yalgani va rassom uchun boshqa «qulay joy tavsiya etiladi».

Xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek oy oxirida to‘lab beriladi
18 fevral 2022, 23:32

Xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek oy oxirida to‘lab beriladi

DSQ Soliq ilovasida yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek fevralning 21 − 25-sanalarida to‘lab berilishini ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 fevral 2022, 22:42

Jahon yangiliklari dayjesti

DXR hukumatining aholini Rossiyaga ommaviy evakuatsiya qilish boshlanganini e’lon qilgani, Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligining badavlat muhojirlar uchun «oltin viza» dasturini to‘xtatgani, Kanadada politsiya namoyishchilarni hibsga olishni boshlagani, Bitkoin narxining 40 ming dollardan pastlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

18 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 fevral 2022, 22:00

18 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Sergelidagi buziladigan 409 ta yog‘och uy, ikkiga ajratilgan Turizm va sport vazirligi, 1 noyabrgacha Toshkentda ishga tushadigan pullik yo‘l bo‘yi «parkovkalari», «Yetti o‘lchab bir kesib» tramvaylar marshrutlari aniqlanishi, poytaxtga olib kelinadigan 18 metrli «garmoshkali avtobuslar», Navro‘zda ketma-ket 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Toshkent viloyatidagi gaz quyish shoxobchacida 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan
18 fevral 2022, 21:20

Toshkent viloyatidagi gaz quyish shoxobchacida 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan

Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Energetika vazirligi bu 35 ming xonadonning bir kunlik iste’moli uchun yetarli ekanini ta’kidladi.

Prezident: «Qiyinchiliksiz oila bo‘lmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning o‘zi yo‘q»
18 fevral 2022, 18:31

Prezident: «Qiyinchiliksiz oila bo‘lmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning o‘zi yo‘q»

Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumaniga tashrifi chog‘ida mahalla davlatning asosi ekani, u obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘lishini ta’kidladi. «Ko‘rayapsizlar, zamon tahlikali bo‘lib turibdi. Qiyinchiliksiz oila bo‘lmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning o‘zi yo‘q. Biz ham sabr bilan, ilm bilan, mehnat va harakatimiz bilan rejalarimizni amalga oshirayapmiz», — dedi u.

Sergelidagi 409 ta yog‘och uy buziladi — prezident
18 fevral 2022, 17:50

Sergelidagi 409 ta yog‘och uy buziladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sputnik» mavzesidagi avariya holatiga kelib qolgan yog‘och uylar buzilib, ularning egalarini zamonaviy ko‘p qavatli turar joylarga ko‘chirish dasturi boshlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, uy egasi ko‘chishni istamagan taqdirda, u ko‘chirilmasligi qo‘shimcha qilingan.

Keyingi yilda Toshkent shahrida 18 metrli “garmoshkali avtobuslar” harakatlana boshlaydi
18 fevral 2022, 17:40

Keyingi yilda Toshkent shahrida 18 metrli “garmoshkali avtobuslar” harakatlana boshlaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yilgacha poytaxtda 1063 ta yangi avtobuslar harakatlanishni boshlaydi. Ulardan 53 tasi 2023-yilda harakatga tushiriladigan katta sig‘imli 18 metrli avtobuslar bo‘ladi. Ushbu “garmoshkali avtobuslar” poytaxtning 11 ta magistral yo‘nalishida harakatlanadi.

Farg‘ona yo‘lidagi ajratilgan yo‘lakning «ishlashini» ta’minlaymiz — Anvar Jo‘rayev
18 fevral 2022, 17:36

Farg‘ona yo‘lidagi ajratilgan yo‘lakning «ishlashini» ta’minlaymiz — Anvar Jo‘rayev

Toshkentda 2025 yilgacha 11 ta ko‘chada tezyurar avtobuslar harakati uchun alohida yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda faqat Farg‘ona yo‘li ko‘chasida avtobuslar yurishi uchun mo‘ljallangan, biroq mashinalar ham yuraveradigan yo‘lak mavjud. Transport boshqarmasi rahbari Anvar Jo‘rayev kameralar o‘rnatgan holda yo‘laklarning avtomobillardan holiligi ta’minlanishini ma’lum qildi.

Dam olish kunlari iliq ob-havo kutilmoqda
18 fevral 2022, 17:35

Dam olish kunlari iliq ob-havo kutilmoqda

Dam olish kunlarida quruq va biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Havo bahorgi qiymatlarga qadar isiydi, yakshanba kuni termometr ustuni +17 darajaga ko‘tariladi.

O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
18 fevral 2022, 17:33

O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi mazkur sport turini ommalashtirishdan iborat.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting