Nukusdagi namoyishlar fakti bo‘yicha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev prezident Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda Qoraqalpog‘istonda «barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi».
1−2 iyul kunlari Nukus shahridagi bo‘lib o‘tgan namoyishlar oqibatida 18 nafar fuqaro vafot etdi, 243 kishi, shu jumladan, 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimi turli jarohatlar bilan shifoxonalarga yotqizildi. Tartibsizliklarda qatnashgan 516 nafar fuqaro hibsga olindi.
O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan salqin va nam havo massasi kirib kelishi hisobiga 5 iyuldan boshlab barcha hududlarda havo harorati +30 darajagacha pasayadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Chirchiqda Olimpiya zaxiralari kolleji o‘qituvchisi hamda talaba Jismoniy tarbiya va sport universitetiga abituriyentni o‘qishga kiritish evaziga 4500 dollar olganlikda gumonlanmoqda. Shu kabi holat Yuqorichirchiqda ham kuzatildi, gumondor 4500 dollarni olganida huquq-tartibot organlari tomonidan ushlandi.
Qonunchilik palatasi deputatlari Konstitutsiyadagi Qoraqalpog‘istonga oid 70, 71, 72, 74, 75-moddalarni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Qolaversa, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 15 iyulga qadar uzaytirildi.
Qoraqalpog‘istondagi favqulodda holat sababli o‘rnatilgan komendantlik soatlarida Nukus aeroportining faoliyati vaqtincha cheklanadi. Shu bois yakshanba kuni qoldirilgan reys yo‘lovchilari dushanba kuni kunduzi manziliga yetkazilishi ma’lum qilindi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqiga murojaatida ma’lum kuchlar «konstitutsiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida… vaziyatni beqaror etish va izdan chiqarishga urinishayotganini» ta’kidladi. Qoraqalpog‘istonning maqomi o‘zgarmasligini yana bir bor aytib, so‘nggi yillarda mintaqada ro‘y bergan o‘zgarishlarni sanadi.
Qariyb bir sutka davomida shovqin chiqaruvchi vosita va o‘q ovozlari eshitilib turgan Nukus bugun tinch. Shifoxonalarda yaralanganlar ko‘p. Aholi yaqinlarini halok bo‘lganlar va hibsga olinganlar orasidan qidirmoqda. Ko‘chalarda yongan shina va qon izlarini ko‘rish mumkin. Shuhrat Latipov fotoreportaji.
Shavkat Mirziyoyev Nukus aholisi bilan suhbatda tashqi kuchlar ta’siri ostida odamlar qo‘liga miltiq olib, Milliy gvardiya xodimlarini otganini ma’lum qildi. U prezident sifatida Qoraqalpog‘istonda tinchlik o‘rnatilishi va hech qanday muammo bo‘lmasligiga kafolat berdi.
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston aholisidan favqulodda holat rejimi va komendantlik soatiga (
Prezident Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ayrim kimsalar organlar xodimlariga hujum qilib, ayovsiz kaltaklagani, qo‘riqlanadigan hududlarga bostirib kirishga uringanini ta’kidladi. «Ming afsuski, tinch aholi va huquq-tartibot organlari orasida qurbonlar bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qozog‘iston TIV qo‘shni qardosh O‘zbekistondagi voqealarni tashvish bilan qabul qilgani va mamlakat rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida videoselektor o‘tkazdi va barcha tumanlar bilan muloqot qildi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston komendanti Rustam Jo‘rayev vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ta’kidladi. «Vaziyat barqarorlashgan, hayot o‘z maromiga qaytmoqda», — deyiladi xabarda.
3 iyul kuni «Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishidagi 647/648-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdining harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga bekor qilindi, deb ma’lum qildi «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi».
O‘zbekiston prezidenti Qoraqalpog‘iston maqomi bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilmasligini ma’lum qilgach, internet deyarli ishlamayotgan hudud aholisi bu haqda SMS orqali xabardor qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlarining o‘zlari Konstitutsiyada respublikaning maqomini o‘zgartish taklifini kiritgani va tasdiqlagani hamda aholining noroziligi haqida xabar bermaganini tanqid qildi. «Qoraqalpoq xalqi norozi bo‘lsa, birorta modda hech qachon o‘zgarmaydi», — dedi u.
O‘zbekiston prezidenti bir kun avval borgan Nukusga yana uchib ketdi. Qoraqalpog‘istonda tundan beri favqulodda holat joriy etilgan.
Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etildi.
«Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos etnik, madaniy xususiyatlari, milliy urf-odat va qadriyatlari, alohida huquqiy maqomini e’tiborga olib, loyihadagi Qoraqalpog‘istonning huquqiy maqomiga oid normalarni o‘zgartirishsiz qoldirish zarur, deb hisoblayman», — dedi Shavkat Mirziyoyev Nukusda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting