Angren IESga qarashli dam olish maskani hududidan oqib o‘tuvchi soydan dam olish maqsadida kelgan 70 yoshli erkakning muzlab qolgan jasadi topildi. Angren shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
O‘zbekistondagi aeroportlarda yo‘lovchilar va bagajni ro‘yxatga olishning yangi tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Birinchi bo‘lib Namangan aeroporti mazkur tizimni joriy etishni boshladi.
2021/2022 o‘quv yilidan texnikumlarni “a'lo” va “yaxshi” baholarga tugatganlar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz OTMlarning 2-bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Ushbu tartib bitiruvchi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yilgacha amal qiladi.
2021-yilda tijorat banklari tomonidan 59,5 mingdan ziyod fuqaroga qariyb 9,8 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Oxirgi 5 yilda esa aholiga jami 35,6 trln so‘m miqdorida shu turdagi kreditlar berilgan. Shuningdek, ipoteka kreditlari qoldig‘i 35,8 trln so‘mga yetgan.
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 400 dollar evaziga qalbaki diplom savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular orasida maktab direktorlari ham bor.
Hozirga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan 9 turdagi ma’muriy ish, shu jumladan yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish, xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlar faoliyatini tekshirish endilikda Biznes-ombudsman, uning o‘rinbosarlari va vakil devoni bosh inspektorlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
10 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlarida 9311 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi. Eng ko‘p hokim yordamchilari Samarqand (1120), Farg‘ona (1055) va Toshkent viloyatlarida (1014) tayinlangan. Hokim yordamchilarining hududlar bo‘yicha taqsimoti.
2022-yilda viloyatlarda umumiy quvvati 1900 MVt bo‘lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 1700 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyiha bitimlari imzolanadi. Joriy yilning I choragida Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Sloveniyada koronavirusga chalindi. Shu sababli, u Dubayda bo‘lib o‘tadigan yig‘inda qatnasha olmaydi, uning o‘rniga yordamchi murabbiylar mashg‘ulot o‘tkazadi. Qolaversa, jamoa yarim himoyachisi Hojimat Erkinovda ham COVID-19 aniqlanib, karantinga olingan.
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ning 2021 yildagi sof foydasi 12,7 foizga o‘sib, 11,3 trln so‘mni, ishlab chiqarish hajmi esa 54,25 trln so‘mni tashkil etdi.
Farg‘ona viloyatida 7 kishi «Turonbank»ning My Turon mobil ilovasidagi xatolikdan foydalanib, qariyb 700 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularning 5 nafari 3,5 yildan 5,5 yilgacha muddatga qamaldi.
Seshanba kuni O‘zbekistonda 604 ta yangi koronavirus infeksiyasi aniqlangan va 4 kishi vafot etgan. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta sentabr oyida qayd etilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyat xavotirli bo‘lib borayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Alixan Smailovni Qozog‘istonning yangi bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi. Alixan Smailov esa Qozog‘iston qardosh O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishda sodiq qolishini ma’lum qildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti kelgusi o‘quv yilidan «super kontrakt» dan voz kechishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, o‘quv yili 3 semestrli bo‘lishi mumkin. Bunda iqtidorli talabalar bakalavr bosqichini 4 yilda emas, 3,5 yilda bitirishi mumkinligi aytilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, karantin ostidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish — fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda omikron shtammi aniqlangach, davlat bolalar bog‘chalarida ham bayram tadbirlarini o‘tkazish vaqtincha cheklandi. Shuningdek, ularning hududiga ota-onalar yoki mehmonlarning kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Toshkent-Chinoz avtomobil yo‘li va poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasi ta’mirlanishi, ikkinchi marta suiqasd uyushtirilgan Yunusuboddagi daraxtlar, Olma-otadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchilar ro‘yxati tuzilgani, QQS imtiyozlari 4 oyga uzaytiriladigan oziq-ovqatlar, Toshkentda Cobalt yukxonasidan topilgan andijonlik taksichining jasadi, niqob taqmaganlar avvaliga ogohlantirilishi, jarimaga esa qo‘pol qoidabuzarlar tortilishi — «Gazeta.uz» ning 11 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shimoliy Koreyaning Yapon dengizi tomonga noma’lum raketa uchirgani, Germaniyada 2021 yilda o‘lim darajasi bo‘yicha mamlakat rekordi o‘rnatilgani, AQShning Ukrainaga yana 200 mln dollar harbiy yordam ajratishi, Yevroparlament rahbari David Sassolining vafoti va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Buxoro neft bazasi» MCHJda muttasadilari xususiy AYOQSHlarga jami 2,6 mlrd so‘mlik neft mahsulotlarini to‘lovsiz yetkazib berib, debitor qarzdorlikni yashirib kelgan. Shuningdek, MCHJ qurilish korxonalariga 298,1 mln so‘m pulni asossiz ravishda to‘lab bergan. Xodimlarga esa 31,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha ish xaqi va mukofot pullari berilgan.
Poytaxt Kengashi tomonidan 2022 yilgi Toshkent shahri va uning tumanlari budjeti 6,04 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi, bu o‘tgan yilga nisbatan 48,5 foizga ko‘proq. budjet daromadlarining asosiy manbai yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan tushumlar bo‘lib, 2,3 barobarga oshadi. Issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilarning yo‘qotishlarini subsidiyalashga 732,2 mlrd so‘m, «Obod mahalla» dasturi uchun 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting