O‘zbekistonda 139 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 94 foizni va davolanayotganlar soni 2297 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
8 sentyabr kuni O‘zbekistonda 443 ta koronavirus holati aniqlandi. Bir kun avval ushbu ko‘rsatkich 312 tani tashkil etgan edi.
«O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko 42 yoshida vafot etdi. Uning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi.
Rossiyaning «Sputnik V» koronavirusga qarshi vaksinasining birinchi partiyasi fuqarolar muomalasiga chiqardi. Xabar berilishicha, yaqin orada aholini emlash tadbirlari boshlanadi. Bundan oldin, ko‘plab farmkompaniyalar Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshmaslikka chaqirayotgan edi.
26 avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 minggacha oshgan. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan.
O‘zbekistonda kuniga 30 mingdan 40 mingtaga koronavirusga test tahlili o‘tkazilayotgani va shundan 200−300 tagacha holatda musbat natija aniqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Xalq ta’limi vazirligi birinchi o‘qish haftasini tashkil etishda ota-onalardan o‘z farzandlarini o‘qish va dam olish vaqtini taqsimlashga yordam berishga, erta yotishlarini nazorat qilishga va televizor oldida va kompyuterda o‘tkazadigan vaqtini cheklashga tavsiya berdi.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov dezinfeksion tunnellardan foydalanishda davom etish kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, hozirga qadar dezinfeksion tunnellarni samarasiz degan ilmiy maqolalar yoki nufuzli idoralarning ko‘rsatmalari berilmagan. Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi dezinfeksiya tunnellarining koronavirusga qarshi kurashda eng foydasiz vosita ekanligi haqida bayonot bergan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbsoari Bahodir Yusupaliyevning aytishicha, agar kasallanish holatlari kamayib borsa, Rossiya bilan aviaqatnovlar tiklanishi mumkin. 5 sentyabrdan keyin karantin choralarining yumshatilishidan so‘ng mamlakatdagi epidemiologik holatni baholash uchun vaqt talab etiladi.
Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori Dehqonboy Abdullayev 46 yoshida ikkitomonlama pnevmoniyadan vafot etdi.
«Navbahor» futbol klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis koronavirusga chalinganligi va shifoxonalar bandligi sababli darhol shifoxonaga yota olmaganligi haqida ma’lum qildi. Kanchelskis bir necha kunni mehmonxonada o‘tkazib, keyin xususiy klinikaga statsionar sharoitda davolanish uchun yotqizilgan. Uning koronavirus bilan kasallanganligi 28 avgust kuni aniqlangan.
O‘zbekiston Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinalarni sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev. Bundan tashqari, Xitoy hamda boshqa davlatlarda ishlab chiqarilayotgan vaksinalar klinik sinovining uchinchi bosqichida ishtirok etish masalalari hukumat va mutaxassislar tomonidan muhokama qilinmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi dezinfeksiya tunnellarining koronavirusga qarshi kurashda foydasiz chora ekanligini tan oldi. Vazirlik ushbu profilaktik chora inson organizmiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini ham ta’kidladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida 293 ta koronavirus holati aniqlanganini xabar qildi. Yangi holatlar 7 ta hududda qayd etildi.
5 sentyabr kuni O‘zbekistonda 295 ta koronavirus holati aniqlandi.
O‘zbekistonda rasman tasdig‘ini topgan koronavirus holatlari soni 43 mingdan oshdi. Kun davomida 278 kishida infeksiya aniqlandi.
O‘zbekistonda 106 ta yangi koronavirus holatlari qayd etildi. 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi. Davolanayotgan bemorlarning 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonda qariyb ikki oydan buyon eng kam — 257 ta koronavirus holati aniqlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 304 ta koronavirus holati ro‘yxatga olinganini xabar qildi. Jami holatlar soni 42,5 mingtadan oshdi.
Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri 1 mln dan ortiq COVID-19 holatlari ro‘yxatga olingan. Dunyo bo‘yicha esa ushbu ko‘rsatkich 25,7 mln dan oshgan. Rossiya ro‘yxatga olingan holatlar bo‘yicha AQSH, Braziliya va Hindiston mamlakatlaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting