O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar, gumon qilinganlar va karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda. O‘rta ahvoldagi har bir bemorga 32 mln so‘m, og‘ir ahvoldagi bemorga esa o‘rtacha 62 mln so‘m sarflanmoqda.
Jahon banki 2020 yilda pandemiya tufayli dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. Xususan, Rossiyada ishlaydigan mehnat muxojirlarning o‘tkazmalarining kamayishi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga salbiy tashqi shoklar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 4 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 454 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Hukumat koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti hamda sement importiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etmoqda.
Donald Tramp AQSHga immigratsiyani 60 kunga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ta’qiq koronavirus pandemiyasi tufayli ishini yo‘qotgan amerikaliklarni himoya qilishga qaratilgan.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 1716 nafar bemor. 22 aprel kuni bu ko‘rsatkich 38 nafarga ko‘paygan edi.
22 aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni yangi qayd etilgan COVID-19 holatlaridan 55 taga ko‘proq bo‘ldi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi uch kun davomida qisqarib bormoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 24 taga ortib, jami 1716 taga yetdi.
Jahon banki O‘zbekistonga «COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga shoshilinch javob» loyihasi uchun 95 mln dollar, «O‘zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta’minlash» loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun esa 200 mln dollar, jami 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi.
Ispaniyaning Barselona futbol klubi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida 2020−2021 mavsumiga “Kamp Nou” maydonining nomini homiylarga sotishga qaror qildi.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.
Buyuk Britaniyadagi Imperial kollej va Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalarni odamlarda sinash boshlanadi.
BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qaratilgan global harakatga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Unga ko‘ra, davlatlar hayotiy zarur dori-darmonlar, vaksinalar va shaxsiy himoya vositalaridagi spekulyatsiyaga chek qo‘yishga hamda haddan tashqari zaxiralarini yaratishdan voz kechishga kelishdi.
Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan yana 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. Mamlakatda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 424 nafarga yetdi.
Ingka Group kompaniyasi karantindan keyin ko‘plab chaqaloqlar tug‘ilishini (bebi-bum) kutayotganligini, shu bois bolalar jihozlarini ishlab chiqarishga investitsiya kiritishini ma’lum qildi. Karantin davrida IKEA do‘konlaridan eng ko‘p xarid qilinayotgan mahsulotlar oshxona jihozlari ekanligi aytilgan.
Xorazmda 35 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 407 kishiga yetdi.
Namanganda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tganlar soni 7 nafarga yetdi.
Telegram koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida 17 ta mamlakat hukumatlari bilan hamkorlikda rasmiy kanallarni tasdiqladi. Kompaniya asoschisi Pavel Durovning fikriga ko‘ra, texnologiya insoniyatga qanchalik foydali ekanligini isbotlash davri keldi. Messenjer axborot ta’minotidan tashqari, ta’lim muammolarini hal etishga ham hissa qo‘shishga harakat qilishini aytdi.
2019 yil yakunlariga ko‘ra, dunyoning 55 davlatida 135 million kishi oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekmoqda. Koronavirus pandemiyasi vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin, deyiladi FAO hisobotida.
Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 372 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting