Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning ma’lum qilishicha, 2020 yilda koronavirus inqirozi sababli davlat xarajatlari keskin o‘sgan. Endilikda uni pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi darajaga — YAIMga nisbatan 27% ga tushirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, hukumat kelgusi yillarda davlat qarzi darajasini 50%, budjet taqchilligini 2% chegarada ushlab turishni rejalashtirmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi respublika hududiga olib kirilgan 11,9 mlrd so‘mlik tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oldin almashtirib qo‘yishga urinish holatini aniqladi. Ma’lumotga ko‘ra, yil boshidan bojxona organlari tomonidan aniqlangan 7700 ta huquqbuzarlik holatida umumiy qiymati 547 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy ko‘chirilishining oldi olingan.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,05 so‘mga pasayib, 10 679,05 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi loyihasining qiymati 174 million dollar. Prezident mazkur qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.
Afg‘onistonda transport va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish ushbu mamlakatning to‘laqonli va barqaror hukumati irodasiga bog‘liq, deyiladi «Valday» klubining yangi hisobotida. O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishi orqali Pokiston portlariga chiqishga intilmoqda, biroq hisobot mualliflari dengiz savdo yo‘llariga chiqish barcha muammolarga yechim bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida videomurojaat bilan so‘zga chiqdi. Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etdi hamda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ma’lum qilishicha, «Biznes yuritish» hisoboti mualliflari va bankning mintaqadagi vakillari 2018 va 2020 yillarda reyting ma’lumotlaridagi nomuvofiqlik bo‘yicha surishtiruvda tilga olingan «O‘zbekiston protokoli»dan xabardor emas.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1,40 so‘mga ko‘tarilib, 10 688,10 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi ham ko‘tarildi.
O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev kelgusi 5 yilda Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 43 trln so‘m yo‘naltirilishini ta’kidladi. Ushbu mablag‘lar davlat budjeti, xalqaro moliya tashkilotlari va bank kreditlari hisobidan ajratiladi.
Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistondagi qishloq joylarini rivojlantirish loyihasi uchun $275 mln miqdorida qarz ajratiladi. Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY hududlarida amalga oshiriladi.
Roodell kompaniyasi ADM Jizzakh zavodida LADA avtomobillarini yig‘ishni boshladi. Birinchi bo‘lib Vesta SW va XRAY modellarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Tez orada ular safiga Largus ham qo‘shiladi.
«Trest-12» qurilish kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. UzAssets investitsiya kompaniyasi «raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali» «Trest-12» ustav kapitalidagi 51,12 foizlik aksiyalar paketi sotilishi haqida e’lon berdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,62 so‘mga ko‘tarilib, 10 686,70 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi esa pasaydi.
O‘zbekiston dunyo bo‘yicha uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida beshinchi o‘rinni band etdi. 2020 yilda mamlakatda qariyb 3500 tonna uran qazib olingan.
Avgust oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdoning sezilarli o‘sishi kuzatildi, deb xabar beradi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Shu bilan birga, yangi avtomobillarni sotish hajmi pasayishda davom etmoqda va o‘sish eski avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi faollik sabab ta’minlanmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,98 so‘mga pasayib, 10 674,08 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kurs ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 6,4 mlrd dollar miqdorida passiv balans kuzatildi.
Jahon banki Doing Business hisobotini oldingi reytinglardagi xatoliklar va manipulyatsiyalar sababli butunlay to‘xtatdi. 2018 yilda O‘zbekiston prezidenti mamlakatda tadbirkorlik uchun sharoitlar yaratish va shu orqali 2022 yilda ushbu reytingda eng yaxshi 20 ta davlat qatoriga kirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov prezidentga taqdim etilgan, biroq IKEA tomonidan rad etilgan mebel fabrikasi qurilishi loyihasi tadbirkorlar tomonidan taklif sifatida aytilganini ma’lum qildi. IKEA kompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi bilan muzokaralar olib borilgan va tomonlar dastlabki kelishuvga erishgani bois taqdimotga kiritilgan.
Qoraqalpog‘istonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Saudiyaning ACWA Power energetika kompaniyasi g‘olib deb topildi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 140 mln dollarga baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting