Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari ro‘yxati qisqartirilishi kutilmoqda. Shuningdek, 2022−2025 yillarda davlat xaridlari sohasini rivojlantirish Strategiyasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
UzAuto Motors bosh direktori Bu Andersson ushbu lavozimdagi vazifalari haqida gapirdi. «Men supermen emasman, lekin ular mendan yanada sifatli mahsulotlar, yangi modellar, jumladan, avtomobillar, qulayroq narxlarda va eng yaxshi xizmatlarni taqdim etishimni xohlashyapti. Aksiyadorlarimiz ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirishni xohlayapti. Bunga erishishning yagona yo‘li esa boshqaruv jamoasi bilan qattiq ishlash va qiymat yaratishdir», — dedi kompaniya bosh direktori.
Moliya vaziri Timur Ishmetov taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida davlat banklarining bo‘lishi mantiqliroq ekani, biroq u har doim xususiy bank sektori tarafdoriligini ma’lum qildi. Hukumat davlat banklari yordamida tayanch bank xizmatlaridan teng foydalanishni ta’minlash, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvatlash imkoniga ega bo‘ladi. Biroq bu fiskal xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin va davlatga qimmatga tushadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining har biri TBC Bank Uzbekistan’ning 20% gacha bo‘lgan aksiyalarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu 2017 yildan beri YeTTBning o‘zbek bank sektoriga kiritgan birinchi sarmoyasi hisoblanadi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 0,09 so‘mga ko‘tarilib, 10 692,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Antimonopoliya qo‘mita rahbari Shaxrux Sharaxmetovning aytishicha, qo‘mita UzAuto Motors shartnomalaridagi avtomobil variantlarining nomuvofiqligi bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar bandini o‘rganadi.
Rossiyaning VTB banki Navoiy kon-metallurgiya kombinatining investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun 1 mlrd dollarlik kredit liniyasini taqdim etdi.
Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi 30 yil muddatga Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirildi. Birinchi ikki yilda Bektemir va Sergeli tumanlarida isitish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi, so‘ngra butun shaharni qamrab oluvchi «ulkan modernizatsiya dasturi»ni ishga tushirish kutilmoqda.
O‘zbekiston hukumati Coca Cola Uzbekistan kompaniyasini to‘liq xususiylashtirish yuzasidan bitimni yakunladi. 57,118 foizlik davlat ulushini Turkiyaning Coca Cola İçecek kompaniyasi sotib oldi.
UzCard bankomatlarida 50 va 100 AQSh dollari qiymatidagi kupyuralarni ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi.
USM Telecom, MegaFon va O‘zbekiston hukumati Digital Holding qo‘shma korxonasini tuzishdi. Unga USM — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan holdingi aktivlari kirdi. Rossiya tomoni korxonani rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi. Unga Ucell`ning sobiq bosh direktori Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.
Senat raisi Qashqadaryo viloyatida mahalliy budjetlarda qo‘shimcha shakllantirilgan 10 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar deputatlar ruxsatisiz sarflab yuborilganini tanqid qildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,30 so‘mga ko‘tarilib, 10 691,91 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Hukumat Navoiy kon-metallurgiya kombinatini xususiylashtirishga tayyorgarlikni boshladi. 2022 yilda aksiyalarning 10 foizi sotilishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov «Ipoteka-bank» davlat ulushining 75 foizini Vengriyaning OTP Bank banki sotib olayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarning birinchi qismini chorshanba kuni, qolganini esa ikki oy davomida imzolash rejalashtirilmoqda.
Buxoroda budjet tashkiloti qariyb 65 mlrd so‘m miqdoridagi xaridlarni tendersiz amalga oshirgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Raqobat to‘g‘risida"gi qonunni buzganlik uchun ish ochdi.
Samarqand avtomobil zavodi 729 avlod Isuzu yuk mashinalari va avtobuslarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi va ekologik standartdagi — 700P avlodiga ga o‘tadi. Eski avlod avtomobillari egalari uchun ehtiyot qismlari yaqin 10 yil ichida mavjud bo‘ladi.
Elsun-Sharob alkogol ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi «Yangi O‘zbekiston» savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi.
Ilon Mask yana dunyoning eng boy milliarderlari reytingida birinchi pog‘onani egalladi. Uning boyligi Forbes Real-Time reytingida 203,4 mlrd dollarga baholanmoqda.
UzAuto Motors 2022 yilgi yangi Chevrolet Captiva krossoverining to‘rtta komlektatsiyada sotilishi boshlanganini e’lon qildi. Narxlar 192,7 million so‘mdan boshlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting