J. P. Morgan investitsiya banki 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining 8,1 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Mamlakat bozorlarni liberallashtirish, keng miqyosli xususiylashtirish orqali iqtisodiyotdagi davlat ulushni qisqartirish kabi islohotlar arafasida turibdi. Shu bilan birga, xususiylashtirishning xatarlardan kafolatlanmagani qayd etildi.
Biznes-ombudsman «Reklama to‘g‘risida"gi qonun loyihasi kelishish uchun taqdim etilmaganini ma’lum qildi. Qonun loyihasi tarkibida shakar, tuz va yog‘ yuqori bo‘lgan mahsulotlar reklamasiga cheklovlarni ko‘zda tutmoqda, biroq hujjat ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda. Ilhom Abdullayev 1998 yildan buyon qonunga tahririy tusdagi yoki har safar reklama bozorini cheklagan 15 ta tuzatish kiritilganini ma’lum qildi.
Moliya vazirligi navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini London fond birjasida joylashtirilishini e’lon qildi. Obligatsiyalardan kelib tushgan mablag‘lar Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Dollarning rasmiy kursi 5,71 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 630,75 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.
Taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar 2021 yil uchun har oylik 150 ming so‘m qat’iy belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliqni to‘laydilar. Berilgan litsenziya varaqasi bo‘yicha bir yilga 245 ming so‘m miqdorida davlat boji undiriladi. 1 sentyabrgacha YATT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlar uchun davlat boji undirilmaydi.
Moody’s agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini «B1» darajasida saqlab qoldi, biroq «barqaror» prognozini «ijobiy»ga o‘zgartirdi. Bunga mamlakatning institutsional salohiyati yaxshilangani va davlat siyosati samaradorligi ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Dollarning rasmiy kursi 22,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 625,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.
Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bug‘-gaz qurilmalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi quvurida gaz sizib chiqdi. Nosozlikni bartaraf etish ishlarini xavfsiz bajarish uchun gaz ta’minoti to‘xtatilmoqda. «Shu sababli respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin», — deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.
Saydullo To‘xtasinov Samarqand xalqaro aeroportining yangi direktori etib tayinlandi. Shu bilan birga u Andijon xalqaro aeroporti direktori vazifasida faoliyat yuritadi.
Dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 602,56 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi biroz pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.
Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodlari va «O‘zKlaas Agro» Chirchiqqa ko‘chirilib, sanoat klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. Klasterni tashkil etishga 500 milliard so‘m ajratiladi. Bu mablag‘ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auksion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.
«Moya mechta», «Dushka» va boshqa nomlar ostida yog‘, margarin, mayonez kabi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan Toshkent yog‘-moy kombinati ustav kapitalidagi 55,96 foizlik davlat ulushi birja savdolariga qo‘yildi.
O‘zbekistonda benzin narxi olti oy ichida 17 foizga, propan esa iyunning o‘zida 8,7 foizga qimmatlashdi.
Iyun oyida mavsumiy omillar hisobiga 0,2 foizlik mavsumiy deflyatsiya kuzatildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 0,9 foizga arzonlashdi, meva-sabzavot mahsulotlari va tuxum narxi sezilarli pasaydi. Nooziq-ovqat mahsulotlar 0,5 foizga, xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatlashdi.
Davlat kompaniyalari uchun individual tarzda davlat xaridlarini tendersiz o‘tkazishning mavjud talablari bekor qilindi. Ularga davlat xaridlari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonlar va davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portali va OAVda e’lon qilish majburiyati yuklatildi.
Dollarning rasmiy kursi 19,94 so‘mga pasaydi va jami 10 593,60 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.
Hukumat jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlarni tasdiqladi. Banklar, fond birjalari, advokatlar va notariuslar shubhali operatsiyalar to‘g‘risida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limiga xabar berishlari majburiy etib belgilandi.
Ikkilamchi bozorda uy-joylar narxi II chorak davomida o‘rtacha 5,7 foizga ko‘tarildi. Narxlar eng ko‘p Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qimmatlashdi, barcha oldi-sotdi shartnomalarining uchdan biri esa Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtdagi ko‘chmas mulk narxlari aholi jon boshiga daromadi yuqoriroq bo‘lgan dunyoning boshqa poytaxt-shaharlaridan balandroq, deyiladi MB mutaxassisi sharhida.
Dollarning rasmiy kursi 25,95 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 613,54 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
O‘zbekistonda shu yilning birinchi yarmida 478 ta davlat mulki 1,1 trln so‘mga sotildi. Prezident videoselektorda sotilishi belgilangan 288 ta mulk savdolarga chiqarilmaganini tanqid qildi. Qolaversa, davlat korxonalari va banklari ixtiyoridagi ularning faoliyatiga xos bo‘lmagan 511 ta obyekt haligacha sotilmasdan turgani aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting