Afg‘oniston Qo‘shtepa kanali orqali 600 ming gektar yerni sug‘ormoqchi ekani haqidagi gaplar asossiz. O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayevning aytishicha, “Tolibon” taxminan 300 ming gektarni sug‘ormoqchi, bunga 4−5 mlrd kub metr suv yetadi. O‘zbekiston mana shu miqdor saqlanib qolishiga intiladi.
O‘zbekistonga Xitoyning Siyamen portidan Eronning Bandar-Abbos porti orqali tovarlar yetkazib berish boshlandi. Birinchi konteyner poyezdida mamlakatga maishiy texnika olib kelindi. Konteynerlar Eron portida temiryo‘l platformalariga ortilib, Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keldi.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 3 baravar — 139,6 ming tonnadan 46,2 ming tonnagacha qisqardi. Buning fonida neft va neft mahsulotlari importi keskin o‘sdi. Dizel ishlab chiqarish o‘sishda davom etmoqda.
Tijorat banklari 26-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 410−11 465 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 500−11 540 so‘m.
YI Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketini qabul qildi. Energetika, transport va savdo sohalarida yangi cheklovlar joriy etilmoqda. Rossiya mudofaa kompleksini qo‘llab-quvvatlagani uchun uchinchi davlatlarning 87 ta korxonasi, jumladan, O‘zbekiston kompaniyalari ham sanksiyalarga uchradi.
Sentabr oyidan Olmaotada avtoturargohlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov joriy etilishi rejalashtirilmoqda — narx markazga nisbatan joylashuvga bog‘liq bo‘ladi. Shaharda, shuningdek, ko‘chalar bo‘yidagi to‘xtash joylari qonuniylashtirilishi kutilmoqda.
E-auksion platformasida sobiq Algoritm zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor kompaniya egasi Havas supermarketlar tarmog‘ining ham yirik aksiyadori hisoblanadi.
Litva poytaxti Vilnyus shahrida UZ Euro Trade House savdo uyi ochildi. Uning faoliyati ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi sheriklik va mazmunli muloqotni sezilarli darajada faollashtirishi kutilmoqda.
O‘zbekiston hududida kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berildi. Litsenziya olgan korxonaning ta’sischisi Dubay kompaniyasi hisoblanadi.
Statistika agentligi “Gazeta.uz” e’lon qilgan yanvar oyidagi inflyatsiya rasmiy ko‘rsatkichi to‘g‘risidagi maqolaga munosabat bildirdi. Agentlikka ko‘ra, rasmiy statistik ko‘rsatkichlar “obyektiv kuzatuvlarda to‘plangan fakt hisoblangan ma’lumotlar hamda ilmiy asoslangan metodologiya” asosida shakllantiriladi.
Turkiya regulyatori foiz stavkasini 8,5 foizdan 15 foizga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi. So‘nggi yillarda Turkiyada past foiz stavkalari chuqur inflyatsiya va investorlarning mamlakatni tark etishiga olib keldi. Yangi iqtisodiy rahbariyat, shuningdek, “erkin valyuta rejimi” qayta tiklanishini va’da qilmoqda.
Tijorat banklari 23-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 425−11 480 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 520−11 540 so‘m.
UzAuto Motors yilning dastlabki 5 oyida eng ko‘p Cobalt, Gentra va Damas ishlab chiqardi. Bu modellarning hech biri sotuvda mavjud emas. Dekabr oyida kompaniya avval buyurtma qilingan avtomobillarni yetkazib berish uchun Lacetti, Cobalt, Damas`ga buyurtma qabul qilishni to‘xtatgandi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi oldingi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi qaratilgan 11-sansiyalar paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ittifoq o‘z mahsulotlarining Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi mamlakatlarga eksporti keskin ortgani va keyinchalik Rossiyaga yetib borishidan xavotir bildirdi.
2023-yilning dastlabki 5 oyida AQSh O‘zbekistonning asosiy eksport hamkorlari orasida 22-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakatning Qo‘shma Shtatlarga eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravar (301,6 foizga) yuqoriladi, import deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Turkiyaga eksport kamaydi.
Tijorat banklari 22-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 440−11 490 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 520−11 565 so‘m.
Anomal sovuq kuzatilgan yanvar oyida aholi o‘z tanasida his etgan sezilarli inflyatsiya negadir rasmiy inflyatsiya ko‘rsatkichida aks etmadi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev real voqelikda inflyatsiya darajasi rasmiy inflyatsiya ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lganiga ishora qiluvchi bir qator statistik raqamlarni tahlil qiladi.
O‘zbekiston may oyida Xitoyga tabiiy gaz eksportini oshirdi. Qiymat jihatidan yetkazib berish 78,16 mln dollargacha oshgan, bu aprel oyiga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘pdir. Mamlakatda gaz qazib olish hajmi esa, avval xabar qilganimizdek, pasayishda davom etmoqda.
Avstriyaning Raiffeisen Bank International guruhining Rossiyadagi sho‘basi “Rayffayzenbank” mijozlari oluvchi bank O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlarda joylashgan bo‘lsa, yevroda chiquvchi to‘lovlarni amalga oshira olmaydi.
O‘zbekistonda 5 oy davomida gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kamaydi. Ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda — may oyida u 11,2 foizga kamaygandi. May oyidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting