Prezident davlat korxonalari hamda banklarning asosiy faoliyatga xos bo‘lmagan va bo‘sh turgan obyektlarini to‘liq qaytadan xatlovdan o‘tkazib, ularni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat mulklarini «1 so‘m» qiymatda savdoga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi. obyektlar bozor bahosida elektron savdolarga chiqariladi.
Suv va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchilari markirovka bo‘yicha tajriba loyihasini to‘xtatishga chaqirmoqda, ularning fikricha, bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Soliq qo‘mitasi kompaniyalar xavotirlarini asossiz deb atab, ularning loyihada qatnashish haqidagi kelishuvni imzolab bo‘lganlarini ma’lum qildi.
Dollarning rasmiy kursi 3,41 so‘mga pasaydi va jami 10 587,59 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Yosh oilalarga ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun 2 mingta kvota ajratilib, byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar forumida. Ularning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, «Daftarlar»ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan biror kasb yoki hunarni egallash majburiy etib belgilanishini ma’lum qildi. Shuningdek, kengash va idora rahbarlarigiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlanishi belgilanmoqda. Xalqaro nufuzli reytinglarda minggtalikka kirgan oliygohni tugatgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanadi. 2021 yilning yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston va bir qator viloyatlarda yoshlar texnoparklari foydalanishga topshiriladi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi agrobiznes sohasidagi korxonalar uchun biznes g‘oyalar tanlovini o‘tkazmoqda. Unda ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta’minlovchi korxonalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun ariza topshirish sanasi 16 iyulga qadar.
Toshkent uchun BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida elektrobuslar sotib olish rejalashtirilmoqda. Pilot loyiha shaharda «yashil transport yo‘lagini» joriy etishni nazarda tutadi. Olti yillik loyihaning donorlari 3,9 mln dollar ajratdilar.
Dollarning rasmiy kursi 14,30 so‘mga pasaydi va jami 10 591,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
1994 yilda O‘zbekiston milliy valyutasi qabul qilingan. Shu yilda 1 dan 100 gacha bo‘lgan nominalda so‘m banknotalari muomalaga chiqarilgan. So‘nggi 5 yil ichida esa yana besh xil nominalda banknotalar joriy qilindi. «Gazeta.uz» o‘zbek so‘mining 1994 yildan keyin chiqarilgan barcha banknotlarini eslaydi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yil O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etgan. Marakaziy Osiyoning boshqa davlatlarida esa bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq. Tojikiston YAIMda yashirin iqtisodiyot 40,7 foizni, Qozog‘istonda 36,6 foizni va Qirg‘izistonda esa 30,5 foizga to‘g‘ri kelgan.
Qozog‘iston cavdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov O‘zbekistonga safari davomida ikkita shartnoma imzolashga erishdi. Xususan, Qozog‘iston kompaniyasi o‘zbek gilosini keyinchalik Dubay savdo tarmoqlarida sotish uchun xarid qilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 1 iyunda 4,7 foiz yoki 14 trln so‘mga yetdi, o‘tgan yil boshida bu ko‘rsatkich 2,1 foizni tashkil etgan edi. NPL O‘zMB, «Agrobank», «O‘zsanoatqurilishbank», Xalq banki, «Qishloq qurilish bank» va boshqalarda o‘sdi.
Dollarning rasmiy kursi 18,47 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 605,30 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
Poytaxt YHXBga ORA IQ rusumli elektromobillar foydalanishga topshirildi. Tajribaning maqsadi ushbu transport vositasining ichki ishlar idoralarida ishlatiladigan avtoulovlarga nisbatan ustunligi yoki kamchiliklarni o‘rganishdan iborat, deya qayd etdi boshqarma.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6% ga va 2020 yilda 6% ga o‘sishini prognoz qilmoqda.
O‘zbekiston bugungi kunda misdan 2,5 mlrd dollar daromad ko‘rmoqda. Kelgusi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnagacha yetkazish orqali, bu ko‘rsatkichni turdosh tarmoqlar bilan birga 7−8 milliard dollarga yetkazish mumkin, deyildi prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda. Buning uchun mis sanoati klasterlarini tashkil etish va boshqa choralarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
UzAuto Motors yanvar-may oylarida Qozog‘istonda 11,7 ming dona avtomobil sotib, savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Jahon banki O‘zbekistonga elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.
Senatorlar «Bank siri to‘g‘risida» va «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga Markaziy bank ma’lumotlar bazalaridagi hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berildi.
Dollarning rasmiy kursi 10,83 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 586,83 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting