Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 18 iyundan Toshkentdan Dehliga amalga oshiriladigan reyslar sonini qisqartirdi — juma kunli parvozlar bekor qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlariga oid e’lonlar bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda may-iyun oylarida 101,5 mlrd so‘m miqdoridagi 324 ta tanlovda qonun buzilish holatlari aniqlandi. Byudjet buyurtmachilarining 101,5 mlrd so‘mlik 324 ta tanlovini bekor qilish haqida vazirlik va idoralarga 268 ta taqdimnoma kiritildi.
Dollarning rasmiy kursi 9,43 so‘mga pasaydi va jami 10 581,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz pasaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi innovatsion issixona va «Rustamjon Zamin rivoji» fermer xo‘jaligi dalasiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari «g‘alla hosildorligini 100 sentnerga chiqarish choralarini ko‘rish kerakligini va shunda fermerning ham, ishchilarining ham daromadi oshishini» ta’kidladi. «Yanada ko‘proq ishchi joylar, mahallalarda sharoitlar qilishimiz kerak. Islohotlarning kuchi — mahallada», — dedi u.
Jahon banki O‘zbekistondagi soliq ma’muriyatchiligi tizimini isloh qilish uchun 60 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi. Loyiha doirasida Davlat soliq qo‘mitasining operatsion, institutsional va texnologik salohiyatini rivojlantirish hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorini qisqartirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘riladi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Quadro IH DMCC kompaniyasi poytaxtdagi «Ichan qal’a» mehmonxonasini sotib olish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. OAV xabarlariga ko‘ra, mehmonxona ilgari Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Izboskan tumanidagi mahsulotlari 100 foiz eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan tikuv-trikotaj korxonasi bilan tanishdi. Fabrikada 830 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. «Qachon Izboskanda mana shunday zamonaviy korxona bo‘lgan? Xotin-qizlarimiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi», — dedi davlat raxbari.
Toshkent markazidagi gazeta ishlab chiqarish majmuasi binosini sotib olish bo‘yicha tenderda Metro Plaza kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Asoschilar orasida aka-uka Mamasaidovlar va Mirodil Fazilov bor.
Tashqi ishlar vaziri o‘g‘li Doniyor Kamilov asoschisi sifatida ko‘rsatilgan Metropol Group kompaniyasi 210 mlrd so‘mga «Sayilgoh»da joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini xususiylashtirmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi «Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi 2019 yilda 31,4 mlrd va 2020 yilda 33,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini auksion va tendersiz amalga oshirganligini aniqladi.
1 iyundan QQS to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi. Parrandachilar uchun uch yil davomida qator soliqlar, jumladan, daromad va mol-mulk solig‘ida kamaytirilgan stavkalar qo‘llaniladi
Dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga pasaydi va jami 10 590,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz pasaydi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi. Mazkur hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
Joriyning yilning besh oyi mobaynida auksion orqali boshlang‘ich narxi 422,8 mlrd so‘m bo‘lgan 11 918 ta mulk 570,6 mlrd so‘mga sotildi. Ushbu mulk egalariga 3,4 trln so‘m investitsiya kiritish majburiyati ham yuklatilgan.
O‘zbekistonda qozonxonalarni modernizatsiya qilish jarayoniga Tataristonning «KER-Holding» kompaniyasi jalb qilinadi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Xidoyatovning so‘zlariga ko‘ra, 1970 yillarda qurilgan mamlakatdagi ko‘plab qozonxonalar allaqachon eskirgan. Birinchi loyiha doirasida Toshkentdagi «Vodnik» qozonxonasi 42 mln dollarga modernizatsiya qilinadi.
Dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 616,02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz ko‘tarildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi yutuqlarga qaramasdan, pandemiya biznesga qiyinchiliklar tug‘dirdi. Tadbirkorlarning davlat oldidagi qarzi 3,4 barovarga, muddati o‘tgan kreditlar miqdori 63%ga oshdi. Respondentlarning 44% majburiy homiylik bilan shug‘ullangan.
Dollarning rasmiy kursi 11,96 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 609,00 so‘m etib belgilandi. Rubl va yevro kurslari esa biroz pasaydi.
Jahon banki Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi shaharlarning munitsipal xizmatlari va infratuzilmalarini yaxshilash ishlari uchun $100 mln ajratadi.
O‘zbekistonda 1 aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etgan. Shu jumladan, aholida 24 mln. 795,4 mingta abonentni tashkil etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting