Toshkent hokimiyati tashkil etgan «Texnopark» kompaniyasi kir yuvish mashinalari va tijoriy muzlatkichlar, mis quvurlari, sanoat suv isitkichlari, HPL-panel va boshqalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi anorchilikka ixtisoslashgan bog‘lar bilan tanishdi. Viloyatda qishloq xo‘jaligini innovatsion yo‘naltirish bo‘yicha institut tashkil etish, anor bilan birga limon, xurmo yetishtirishni ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. «Bizda anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilm yo‘q, kitob yo‘q, laboratoriya yo‘q. Anor jaydari usulda yetishtirilyapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga pasaydi va jami 10 559 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa biroz ko‘tarildi.
Toshkent hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev prezidentga Chirchiq daryosining toraytirish va yangi ochilgan hududda turli infratuzilma obyektlarini barpo etishni ko‘zda tutadigan Daryo bo’yi Business City loyihasini taqdim etdi. Uzunligi 5 km bo‘lgan (16 km dan) birinchi uchastkada ishlarni 2021 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 100 million dollarga baholanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi tashrifi chog‘ida Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishi munosabati bilan uning poydevoriga kapsula qo‘ydi. Mazkur elektr stansiya loyihasini Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi amalga oshiradi va 260 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qiladi.
May oyida inflyatsiya 0,5% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,7 foizga qimmatladi.
Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga pasaydi va jami 10 568 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa biroz ko‘tarildi.
O‘zbekistonda ilk bor minimal iste’mol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, bir kishi uchun minimal iste’mol xarajatlari 440 ming so‘mni tashkil etadi. Bunda, jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kkal) va zarur bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol xarajatlar hisobga olingan.
Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar bilan boshqaruv shartnomalarini imzoladi. Shu tariqa, aeroportlarni yagona markazdan rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratildi, dedi kompaniya rahbari Ra’no Jo‘rayeva.
2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1 trln 268,2 mlrd so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28 trln 271,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Dollarning rasmiy kursi 8,38 so‘mga pasaydi va jami 10 580,65 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaygan.
O‘zbekiston hukumati aholi jon boshiga YAIMni hozirgi paytdagi 1700 dollardan 2025 yilgacha 2500 dollarga va 2030 yilgacha bo‘lgan muddat ichida 4200 dollarga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Toshkentda reklama bannerlarining buzilishi masalasini o‘rgangan biznes-ombudsman poytaxt xalq deputatlari kengashining bu to‘g‘risidagi qarorining loyihasi adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganligini aniqladi.
Moliya vaziri Timur Ishmetov 2020 yilda davlat byudjetiga qancha daromad tushganini ochiqladi. Yil boshidagi prognozga nisbatan davlat byudjetiga QQSdan 13 trln so‘m kam mablag‘ tushgan. Vazir kamomadlar nimaning hisobiga qoplanganligini ham ma’lum qildi.
2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 21,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Senat majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov tashqi qarz nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi.
Senatning 15-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva qarzdor korxona va tashkilotlardan qarzni undirishning o‘rniga, mukofot puli uchun ularni bankrot deb e’lon qilishga intilayotgan sud boshqaruvchilarini tanqid qildi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa mazkur tartib o‘tgan chorakdan to‘xtatilgani va qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Ushbu tartib, prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi qarori bilan belgilab berilgandi.
Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston davlat qarzi miqdori $23,2 milliardni tashkil etib, yil boshiga nisbatan $133,7 millionga kamaygan.
Bank kassalari orqali naqd pul aylanmasining ko‘payishi pul muomalasining bir qismi sifatida muomaladagi naqd pul miqdorining ko‘payganini anglatmaydi, deya izoh berdi Markaziy bank. 2021-yil boshidan buyon muomaladagi naqd pullar hajmi kamayib, depozitlar ulushining ortishi kuzatilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 20,88 so‘mga pasaydi va jami 10 589,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaygan.
24 maydan boshlab Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent muntazam aviaqatnovlari qayta tiklandi. Aviaqatnovlar haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting