O‘zbekiston yanvar-aprel oylari davomida xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628 ming 885 dona mobil telefonlar import qilgan.
Markaziy bank hududlardagi banklarda plastik kartalari mavjud fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda kuzatilgan qoidabuzarliklar sababli 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 597 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa pasaydi.
Energetika vaziri Alisher Sultonovning xabar berishicha, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari qurilishi haqida kelishib olgan ikkita gidroelektrostansiyaning qiymati 550 mln dollardan oshishi kutilmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, GESlar O‘zbekiston ehtiyoji uchun 1,4 milliard kVt/soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ma’lum qilinishicha, may oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etib, aprel (10,7 foiz) oyiga nisbatan biroz tezlashgan.
Qonunchilik palatasining ikki nafar deputati iqtisodchi Yuliy Yusupovning O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish qachon boshlanishi so‘rab, e’lon qilgan postini tanqid ostiga oldi. Xalq vakillarining ta’kidlashicha, mamlakat energetika sohasida allaqachon, salmoqli ishlar bajarilgan, hozirgi uzilishlar esa — «yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning oqibati».
O‘zbekiston va Qatar «Doha-Toshkent-Doha» yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladi.
10 iyundan boshlab seshanba va payshanba kunlari Toshkentdan Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘shimcha reyslar seshanba kuni Uzbekistan Airways tomonidan va payshanba kuni «Aeroflot» tomonidan amalga oshiriladi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 31 dekabrgacha e’lon qilingan tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriyni bekor qildi. Kengash 4 iyunda avvalgi qaroriga o‘zgartirishlar kiritgan, ammo bu haqda hali e’lon qilinmagan.
Dollarning rasmiy kursi 16 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 571 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Birinchi O‘zbekiston — Tojikiston investitsiyaviy forumi Boxtarda bo‘lib o‘tdi. Unda 50 mln dollarlik ustav kapitaliga ega O‘zbekiston — Tojikiston jamg‘armasi tashkil etilgani ma’lum qilindi. Forum yakunida avtomobil va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha bitimlar ham imzolandi.
Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasiga Turkiston — Toshkent — Turkiston va Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishlarida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Jahon bankining prognoziga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 4,8 foizni tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasida esa iqtisodiy o‘sishning 3,7 foizgacha tiklanishi kutilmoqda.
Hukumat davlat xaridlarida ishtiroki taqiqlangan 529 turdagi tovar ro‘yxatidan o‘simlik yog‘ini chiqardi. 2020 yilda O‘zbekistonda 450 ming tonna o‘simlik yog‘i sotilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi import qilingan.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari may oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshgan bo‘lib, 1 iyun holatiga ko‘ra 35,5 mlrd dollardan ortiqni tashkil qilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 22,84 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 554,96 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.
Turkiyalik bir guruh tadbirkorlar, shu jumladan Mexmet Zeki Obuz, O‘zbekistonga qarshi Investitsiya bo‘yicha nizolarni hal qilish xalqaro markaziga da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi. Obuz 2007 yilda O‘zbekistonda 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Namangan viloyatining uchta tumanida suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini qurish uchun 70 mln dollar miqdorida kredit ajratadi.
O‘zbekistonda har birining maydoni kamida 20 sotix bo‘lgan uy-issiqxonalar tashkil etiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tayyor holdagi issiqxonalar 2021 yil 31 dekabriga qadar bojxona bojidan ozod qilindi.
Hukumat O‘zbekistonga import qilishda bojxona to‘lovlari va QQSdan ozod qilingan 676 turdagi texnologik uskunalar ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasida yadro reaktorlari, qandolatchilik sanoati, kakao kukuni yoki shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar, yo‘lovchi samolyotlari, tibbiy asbob-uskunalarning ayrim turlari va boshqalar bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting