«Tashqi qarzlardan voz kechish kerak emas, ammo ularni milliy valyutada va iloji boricha xo‘jalik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish ma’qul» — Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov monetar siyosatda miqdoriy yumshatish instrumentini qo‘llash ma’qul ekanini bildirdi.
Qonunchilik palatasi deputatlari “xufiyona iqtisodiyot"ni legallashtrish uchun kapital amnistiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni taklif etishdi. Shuningdek, parlament a’zolari mamlakatda fuqarolar daromadlarini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatladilar.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) “Ipoteka-banki” ning xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni kreditlash ko‘lamini kengaytirish uchun 35 mln dollar ekvivalentida, milliy valyutadagi zayomni taqdim etadi.
1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari orqali AOKAga xabarnoma yuborishi kifoya bo‘ladi.
Coca-Sola Uzbekistan kompaniyasi ommaviy savdo asosida xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Hozirda kompaniyaning 57,1 foiz ulushi davlatga tegishli.
Dollarning rasmiy kursi qariyb 20,86 so‘mga qimmatladi va 10172 so‘m etib belgilandi.
Prezident farmoniga binoan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yosh oilalarning ipoteka kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lari daromad solig‘idan ozod qilinmaydi.
O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan taqdirda, ularga 3000 dollar tovon puli to‘lab beriladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari etib turkiyalik mutaxassis Orxan Sivrikaya tayinlandi. 2017 yildan beri u aviakompaniyaning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi edi.
Prezident qarori bilan Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.
Markaziy bank O‘zbekistondagi faoliyat yuritayotgan to‘lov tizimlari haqidagi tahliliy ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, may oyida UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari orqali 10 trln so‘mdan ortiq to‘lovlar amalga oshirilgan. Shuningdek, mamlakatda naqd pulsiz tranzaksiyalarning hajmi 22,6 foizga ortdi.
O‘zbekistondagi 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foizi) ehtiyojmand hisoblanadi. Ularni kambag‘alikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.
Davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga xalqaro standartlarga bo‘yicha moliyaviy ma’lumotlarni e’lon qilish talabi qo‘yiladi. Jumladan, daromad va xarajatlar, qarzdorlik, kreditlar bo‘yicha majburiyatlar va boshqa statistik ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.
Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin bir kecha-kunduzda 181 mingta reys amalga oshirgan aviakompaniyalar hozirda kuniga 118 mingta reysni amalga oshirishmoqda.
May oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy xajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 1,1 barobarga pasaydi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 3,306 trln so‘mga teng bo‘ldi. Ushbu mablag‘lar Toshkent hokimligi byudjetini qo‘llab-quvvatlash, Prezident maktablarini qurish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Surxondaryoda kasalxonalar hamda karantin markazlari qurish va boshqa maqsadlarda sarflandi.
«O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi Buxoroda bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan ziyon ko‘rganlar uchun qariyb 5,5 mlrd so‘m sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.
Markaziy bank 1 iyul kunidan boshlab 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotishini ma’lum qildi.
Davlat ulushi bor korxonalarni sotishdan oldin bozorga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi UzAssets investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi. Kompaniya, shuningdek, korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish (due diligence), «benchmarking» usulida taqqoslash orqali rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash bilan ham shug‘ullanadi.
AQSH hukumati O‘zbekiston moliyaviy shaffofligini ta’minlashda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilganiga qaramay, haligacha bu soha minimal talablarga javob bermaydi deya baholadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting