Dollarning rasmiy kursi 8,37 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 609,91 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaygan.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sentyabr oyidan yaxshi o‘zlashtirgan maktab o‘quvchilariga 500 ming so‘m miqdorida hokim stipendiyasi joriy etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ularning o‘qituvchilariga 1 mln so‘mdan berilishi belgilandi.
Toshkent viloyatida 9 ming 614 ta holatda 1618 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishidan oldin yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmagani qayd etildi.
Dollarning rasmiy kursi 4,78 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 601,54 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
UzReport TV o‘z mobil ilovasida telekanallarning qayta translyatsiyasi tufayli Unitel (Beeline) kompaniyasini mualliflik huquqini buzganlikda ayblab, unga qarshi sudga murojaat qildi. Beeline Uzbekistan ushbu ayblov bilan rozi emasligini va o‘z pozitsiyasini qonunlar doirasida himoya qilishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri Amazon`da savdo qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. Sotishni boshlash uchun tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z shaxsiy kabinetlarini o‘rnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qo‘shishlari, bank hisob-raqami va xalqaro to‘lov kartalarini ochishlari kerak.
Dollarning rasmiy kursi 18,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 596,76 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarilgan, rubl esa biroz pasaygan.
Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli avtoyo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi qiymati 280 mlrd so‘mdan 518,3 mldr so‘mgacha oshirildi. Qurilish ishlari Grand Road Tashkent tomonidan olib boriladi. Hukumat loyihani tendersiz o‘tkazishga ruxsat berdi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 156 ta elektromobil import qilindi — bu 2020 yilgi jami ko‘rsatkichdan ham ko‘proq va 2019 yilga qaraganda to‘rt baravarga ortgan. Ularning ko‘p qismi Xitoydan keltirilgan.
To‘rt oy davomida tashqi savdo aylanmasi 3,5 foizga kamayib, 10,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport 19,1 foizga — 3,5 mlrd dollargacha qisqardi, biroq oltin hisobga olinmagan eksport hajmi 26,7 foizga o‘sdi. Import 7 foizga — 4,7 foizgacha o‘sdi. O‘zbekiston rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlari va avtomobillar eksportini hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importini keskin oshirdi.
Avstraliyaning 45 shahrida iqlim o‘zgarishlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgani, Ilon Maskning xalqaro oy bazasini yaratishni taklif qilgani, Tailandda favqulodda holatning 31 iyulgacha uzaytirilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Dollarning rasmiy kursi 19,47 so‘mga pasaydi va jami 10 578,28 so‘m etib belgilangan. Shuningdek, rubl va yevro kursi esa biroz ko‘tarilgan.
Navoiy viloyatida tadbirkorlarga BMTTDning texnik ko‘magi asosida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish yoki mavjdudlarini kengaytirishlari uchun 37 dona ishlab chiqarish dastgohlari va maxsus texnikalar topshirildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Poytaxt Bank» va «O‘zagroeksportbank» ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari sotilayotganini e’lon qildi. Xalqaro Deloitte va Grant Thornton konsalting kompaniyalari xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlandi.
Dollarning rasmiy kursi 11,75 so‘mga qimmatladi va jami 10 597,75 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ko‘tarilgan, yevro esa biroz pasaygan.
O‘zbekiston prezidenti va RJD bosh direktori “Mozori Sharif — Kobul — Peshovar” temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish masalasini muhokama qildi. RJD temir yo‘llar qurilishlariga o‘zbekistonlik ishchilarni jalb qilishga tayyorligini bildirdi.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va jami 10 586 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.
Avtomobil bozoridagi talab aprel oyida martga nisbatan 14,1 foizga oshib, o‘sishda davom etdi. Shartnomalar soni ortadi, biroq narxlarning keskin ko‘tarilishi kutilayotgani yo‘q. Ilk bor xorij avtolari haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Elektromobillarni sotib olish va (yoki) O‘zbekiston hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im bekor qilinadi. Qonunchilik palatasi Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qildi.
Dollarning rasmiy kursi 10,89 so‘mga qimmatladi va jami 10 577 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting