Dollarning rasmiy kursi 11 qimmatlab, jami 10 173 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi ham deyarli 45 so‘mga ko‘tarildi va rubl kursi esa 3 so‘mga (142 so‘m) arzonladi.
Hukumat sementni import qilish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Sementga bo‘lgan talab va narxlarning oshishiga amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining faollashuvi va jadallashuvi hamda sement mahsuloti importi hajmining kamayganligi sabab bo‘lmoqda.
Yil boshidan buyon o‘zbek korxonalari 6,1 mlrd dollarlik mahsulotlarni eksport qildi, biroq global bozorda talab va taklifning pasayishi qayd etilmoqda. Prezident pandemiyaning tashqi iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Ushbu choralar hisobiga eksport yil yakunlari bo‘yicha 17,1 mlrd dollarga yetishi mumkin.
Andeli elektr texnik jihozlarining O‘zbekistondagi rasmiy dilleri hisoblangan Stab.uz internet do‘koni o‘z mijozlariga 30 ta toifadagi 1500 dan oshiq mahsulot bilan tanishish, osongina sotib olish va uygacha yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Xaridor nafaqat qulay narx va sifat, balki rasmiy kafolatga ham ega bo‘ladi.
“Sergeli” avtomobil bozorini Toshkent viloyatiga ko‘chirib, uning hududida Car Box Service avtomobillarga xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun iste’mol kreditlari berishni, shu bilan birga, kreditning o‘zini naqd va xorijiy valyutada berilishini taklif qildi.
“Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK negizida Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tashkil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri davlat mulki ob’ektlarini ijaraga berishni tashkil etishdan iborat.
Ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda ishsizlik ko‘rsatkichi 15 foizgacha o‘sdi. Bunga karantin cheklovlari sabab bo‘ldi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ayrim korxonalardan, shu qatorda «O‘zmetkombinat» va «O‘zavtorsvetmet"lardan eksklyuziv huquqlari va preferensiyalaridan mahrum qilishni taklif etdi.
Yilning ikkinchi choragida ish vaqti hajmi 14 foizga kamaydi, bu — 400 mln ish joyining yo‘qolishiga tengdir. XMT ekspertlari ish o‘rinlari yana 11,9 foizga, ya’ni 340 million ish joyiga qisqarishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Prezident qaroriga binoan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ faoliyati tugatiladi. Aksiadorlik jamiyatning tugatish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ikki hafta muddatda tasdiqlanadi va bajarilishi ta’minlanadi. Xoldingga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qolinadi.
Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihasiga 1 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Xususan, poytaxtda 656 km piyodalar va velosiped yo‘llarini qurish, Ishbilarmonlik markazlari va biznes-inkubatorlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Jahon bankining katta iqtisodchisi Uilyam Zeyts O‘zbekiston iqtisodiyotidagi holat va uning istiqbollarini tahlil qildi. Ekspertning fikriga ko‘ra, hozir mamlakatga tezkor “yutug‘i kafolatlangan” investitsiyalar, moliyaviy ahvoli tang fuqarolarga ijtimoiy yordam dasturlarini kengaytirish va koronavirusning yangi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Markaziy bank 2020 yilning birinchi yarim yilligida «Agrobank» va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlarini aniqladi. Shu sababli ushbu banklarga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Dollarning rasmiy kursi deyarli 1 so‘mga qimmatlab, jami 10 173 so‘m etib belgilandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Sijjak” dam olish oromgohini ommaviy savdolar orqali, shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo‘yilishini bildirib o‘tdi. Ushbu oromgoh O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanish uchun berilishi rejalashtirilayotgandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “Yagona umum respublika protsessing markazi” (Uzcard) MCHJga nisbatan olib borilayotgan o‘rganishlarda tegishli ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagani sababli o‘rganish muddati cho‘zilayotganini ma’lum qildi.
UzAuto Trailer kompaniyasi 1 avgustga qadar davom etadigan «3 tasi 1 da» aksiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya «KAMAZ» rusumli barcha texnikalarini foydali shartlarda va katta chegirmalar bilan sotib olishni taklif etmoqda.
2020−2021 yillarda O‘zbekistonga Volkswagen va Škoda avtomobillarini tayyor holatda olib kirish, 2022 yildan to‘liq ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Volkswagen Caddy savdosi iyuldan boshlanadi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasi va global inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting