Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi yana savdoga chiqarildi. 2019 yilda FNQIZni Indoneziyaning PT Trans Asia Resources kompaniyasi sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq kelishuv amalga oshmagan va boshqaruv Jizzakh Petroleum kompaniyasiga berilgan edi. FNQIZ O‘zbekistondagi ikkinchi yirik neftni qayta ishlash zavodi bo‘lib, yillik sof foydasi 19 mln dollarni tashkil etadi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotlar parkini birlashtirish doirasida bir nechta Boeing avialaynerlarini lizing beruvchiga qaytarib, Airbus samolyotlarini qabul qilib olishni rejalashtirmoqda. 1999−2013 yillarda ishlab chiqarilgan 17 ta samolyot esa sotuvga qo‘yildi.
Dollarning rasmiy kursi 14 so‘mga qimmatladi va jami 10 523 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.
Prezident o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danaginining importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritilmoqda.
Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya tashkil etilishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi transport vaziri va Uzbekistan Airways rahbari Ilxom Maxkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar allaqachon fuqarolik aviatsiyasi agentligiga ariza topshirishgan va lizing asosida samolyotlarni sotib olish ustida ish olib borishmoqda. Aviakompaniyalardan biri Air Marakanda bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston fuqarolariga kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga arzonladi va jami 10 509 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
May oyida O‘zbekiston va Ukraina to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, haftasiga 2−3 ta reys amalga oshiriladi. Vazir Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlariga reyslar bekor qilinganiga ham izoh berdi.
Dollarning rasmiy kursi 14 so‘mga arzonladi va jami 10 515 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.
UzAuto Motors London fond birjasida o‘zining birinchi xalqaro evrobondlarini chiqardi. Buyurtmalar hajmi 1,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Obligatsiyalar Buyuk Britaniya, AQSH va Germaniyaning 130 ga yaqin investorlari o‘rtasida taqsimlandi.
Farg‘onada yil oxirigacha elektromobillarni yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. 520 mlrd so‘mlik qiymatga ega investitsion loyiha prezident ishtirokidagi yig‘ilishda taqdim etildi.
Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga arzonladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi birinchi Airbus A320 samolyotini qabul qilib oldi. Bir oy ichida yana bir xuddi shunday bortning yetib kelishi kutilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga qimmatladi va jami 10 548 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Senatorlar o‘simlik yog‘i, kungaboqar, zig‘ir va soya urug‘i importiga QQSni bekor qilishni ma’qulladi. Bundan tashqari, kungaboqar va paxta yog‘i hamda ularning urug‘lariga eksport bojlari joriy etiladi. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov soliq imtiyozlari sababli byudjetga 267 mlrd so‘mlik tushum bo‘lmasligini hamda yo‘qotish o‘rni qanday qoplanishini ma’lum qildi.
Qonunchilik palatasi yil oxirigacha o‘simlik yog‘i va kungaboqar urug‘i importiga hamda ichki bozorda realizatsiyasiga belgilangan QQSni bekor qilish bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, Senatga yubordi. Hukumat ham o‘z choralarini ishlab chiqmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 539 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
2020 yilda 2,5 mingdan ziyod byudjet muassasasida 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan. Qurilish sohasida 124 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 41 ta va ta’lim sohasida 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi. Karantin muassasalarini qurishda 367 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m,172 ta do‘kon, ko‘p qavatli uylardagi 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina va boshqa ko‘chmas mulklar zararni undirish uchun xatlanganini ma’lum qildi. Sobiq hokim o‘rinbosari va yana 10 kishi hibsga olingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 mln dollar, shundan 1 iyulgacha 150 mln dollar ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting