Dollarning rasmiy kurli 7,6 so‘mga arzonlashdi va 10129 so‘m etib belgilandi. Xorijiy valyutalar kursi o‘tgan hafta ko‘tarilgan edi.
Sirdaryo viloyatidagi suv toshqinida ko‘rilgan zararlar hisoblab chiqilmoqda. Jumladan, 4351 ta xonadon, 19,593 ming ga ekin maydonlari zarar ko‘rgan, 31,7 ming boshdan ziyod uy hayvonlari yo‘qolgan. Ushbu talafot oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat byudjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratiladi.
Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi 16 maydan ochiladi. Biroq bolalar maydonchasi, kinoteatr va umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopiqligicha qoladi.
Markaziy bank aholi o‘rtasida xarajatlar va daromadlar bo‘yicha so‘rov o‘tkazib, ularga inflyatsiyaning ta’sirini o‘rgandi. Kam daromadli aholi xarajatlarining katta qismi oziq-ovqat, kam qismi ta’lim va transport kabi xizmatlarga sarflangan. Shuningdek, 2019 yilda aholining 38,7 foizi oyiga 2−4 mln so‘m daromadga ega bo‘lgan — to‘liq hisobot va takliflar.
Qurilish vazirligi narxi 1,4 mlrd so‘mdan boshlanadigan Land Cruiser 200 avtomashinasini istisno tariqasida tanlovlarsiz sotib olishni rejalashtirmoqda. Moliya vazirligi bu haqdagi farmoyish loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi.
«O‘zagrosug‘urta» AJ karantin vaqtida hamda tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararlar uchun 4 milliard so‘mdan oshiq to‘lovlarni amalga oshirdi. Shundan 2,5 milliarddan ortiq to‘lov Buxorodagi kuchli shamoldan zarar ko‘rganlarga to‘landi.
Jahon banki koronavirusga qarshi kurash doirasidagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga 370 mln dollar ajratdi. Shundan O‘zbekistonga davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 200 mln, sog‘liqni saqlash milliy tizimini yaxshilash va kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 95 mln, hamda tezkor tibbiy yordam tizimini isloh qilishga 17 mln dollar taqdim etilgan.
«Navoiy» EIZ hududida Xitoyning Oshan avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Eron-O‘zbekiston qo‘shma korxonasining yillik quvvati 30 ming donani tashkil etadi.
Oybek Tursunov Uzcard ustav fondidagi 75 foiz ulushga ega bo‘ldi. Oldinroq bu ulush kompaniya direktori Axror Maxmudovga tegishli edi.
UzAuto Trailer kompaniyasi 30 foizdan 60 foizgacha birlamchi badal bilan muddatli to‘lovga «KAMAZ» texnikalarining butun assortimentini taklif qilmoqda.
Kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasining tushirilishi, yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilish, bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat berish, nafaqa oluvchilar sonini ko‘paytirish, Toshkent shahrida aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va ta’mirlash uchun kredit berish tajribasini joriy etish va boshqa choralar. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.
Aholi murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalarning, karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilishi belgilandi.
O‘zbekistonda Toshkent bilan Nukus, Urganch va Termiz o‘rtasidagi aviaqatnovlar, shuningdek, ayrim viloyatlarda poyezdlar harakatini qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi. Shaharlarda shaxsiy avtomobilda harakatlanish cheklovlarini olib tashlash masalasi o‘rganilmoqda.
UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 15 may kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilanadi.
Buxoro viloyatida 27 aprel kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol natijasida ko‘rilgan zarar 141,6 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Aholi turar joylari va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazilgan zararni bartaraf etishda jami 32 530 nafar quruvchilar va maxsus texnika jalb etilgan. Viloyatda elektr energiyasi, tabiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti tiklangan.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yili O‘zbekiston YAIM 1,5 foizga o‘sishini, 2021-yilda esa 6,5 foizga qayta ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.
Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda 2020−2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025 yilgacha bir qator banklarda davlat ulushi xususiylashtiriladi va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda bank ishining zamonaviy standartlarini bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi.
Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda hududlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Eksperiment tariqasida 2020−2022 yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Prezident ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish hamda 30 million dollarlik «data sentr» qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlari tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkaziladi.
AQSHda ishsizlik darajasi 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya” davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetmoqda — 14,7 foiz. Donald Trampning ikki yuqori darajali iqtisodiy maslahatchilari AQSHda koronavirus pandemiyasi davom etavergan holda ishsizlik darajasi ko‘tarilashi va iyun oyida ishsizlik ko‘rsatgichi 20 foizgacha yuqorilashi mumkinligini ma’lum qilishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting