Makro Toshkent shahridagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan do‘konini sotdi. Endi u yerda Carrefour brendi ostida gipermarket ochilishi kutilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 16,77 so‘mga arzonladi va jami 10 535,24 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Markaziy bankning prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda YAIM o‘sishi yuqori prognoz chegarasida (5,5%) kutilmoqda.
O‘zbekistonning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi. Sentyabrgacha 77 ta shunday zona ochiladi.
Birinchi chorakda tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizga kamayib, 7,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport chorak baravardan ko‘proqqa kamayib, 2,4 mlrd dollarni, import esa 1,3 foizga kamayib, 4,7 mlrd dollarni tashkil etdi.
Dollarning rasmiy kursi 14,25 so‘mga qimmatladi va jami 10 552,01 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari biroz pasaydi.
UzAuto Motors zavodidagi ishlab chiqarishning yanvar oyidagi keskin to‘xtashidan so‘ng avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlariga yetkaza olganicha yo‘q. 2021 yil fevral oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 9 873 ta avtomobil kam ishlab chiqarilgan, mart oyida esa 4543 taga kamroq. Eng ko‘p chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt, eng kam ishlab chiqarilgan model Spark.
Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga qimmatladi va jami 10 537 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz pasaydi.
Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi transformatsiya qilinib, xizmatning gibrid modeliga o‘tkaziladi. Xarajatlarni kamaytirish uchun shtatlar qisqartiriladi, xorijdagi samarasiz 20 ta vakolatxona yopiladi. May oyidan 9 ta norentabel reyslar (Parij, Rim, Milan, Tokio, Bangkok va boshqa shaharlarga) bekor qilinadi. Arzon reyslar ochilishi va ichki reyslar soni haftasiga 17 dan 49 gacha ko‘payishi kutilmoqda.
4 ta A320 samolyotida loukoster tashkil etish, uzoq masofali yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun 3 ta A321 NEO LR samolyotini lizingga olish, mahalliy aviaqatnovlar sonini oshirish rejalashtirilmoqda. Prezident «Uzbekistan airways» va «Uzbekistan airports» kompaniyalarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi apelsin, limon va banan narxlari MDH va Yevropaning London, Berlin va Rim kabi bir qator markazlaridagi narxlardan baland bo‘lib turibdi. Shuningdek, boshqa turdagi oziq-ovqat narxlari bo‘yicha Toshkent shahridagi minimal narxlar MDH davlatlari poytaxtidagi narxlardan ancha baland ekanligi aniqlandi.
Dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga qimmatladi va jami 10 525 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz pasaydi.
Yilning ilk choragida YAIM o‘sishi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 103%dan iborat bo‘lgan. Ko‘rsatkichlar transport, qurilish va chakana savdo sohalarida tiklanish og‘ir ketayotganini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida avtomobil bozorida aholi talabi fevral oyiga nisbatan 7,7%ga oshib, qatorasiga ikkinchi oy barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda, avtomobillar savdosi o‘sishi 47,4%ni tashkil qildi.
Shavkat Mirziyoyev transafg‘on temir yo‘lining qurilishi O‘zbekiston uchun qo‘shimcha bozorlar paydo bo‘lishi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlar tannarxining 60−70 foizga kamayishiga imkon yaratishini ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga Rossiya va qo‘shni davlatlar ham qiziqish bildirmoqda.
Yaponiya O‘zbekistonga elektr energiyasi sohasidagi siyosiy masalalarni hal qilish uchun 195 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 512 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Uzbekistan Airways, «O‘zmetkombinat», «O‘zbekneftegaz», «O‘zmilliybank» va «O‘ztransgaz» kabi boshqa kompaniyalar 2021−2023 yillarda aksiyalari fond birjasida ommaviy savdo uchun joylashtiriladigan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritildi.
Prezident Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida barpo etilayotgan turizm markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda 8 ta mehmonxona, karvonsaroy, dam olish maskanlari bo‘ladi. Markazni 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqotlari aksariyat tadbirkorlar mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini ijobiy baholashini, biroq ularning biznesini yanada qo‘llab-quvvatlash zarurligini ko‘rsatdi. Yer uchastkalari ajratish, soliq stavkalarini va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirish va boshqa muammolar tadbirkorlarni tashvishga solayotgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting