Shavkat Mirziyoyev Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etadi va u yerda mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari bo‘yicha so‘zga chiqadi.
Markaziy bankning xabar berishicha, PayPal O‘zbekistondagi faoliyatiga cheklovni mustaqil ravishda o‘rnatgan va bu biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishilmagan. Yechim sifatida internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda Visa, Mastercard, Unionpay xalqaro to‘lov tizimlari, shuningdek, muqobil elektron hamyonlar — WebMoney, QIWI, Yandeks.Dengi xizmatlaridan foydalanish maslahat berildi.
Prezident farmoni bilan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish Maxsus komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda. Davlat idora va tashkilotlarida komplayens-nazorat tizimi joriy etiladi. Jarayonlar OAVda keng yoritiladi.
Yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 180,1 trln so‘mni tashkil qilib, YAIM tarkibida ushbu sohaning ulushi 25,7 foizga yetdi. Respublika bo‘yicha eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqand viloyatida yetishtirilgan.
Mobiuz va Perfectum uyali aloqa operatorlari xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida investitsion sharoitlarini oshiradi va Ucell operatsion samaradorligini oshirishi bilan o‘zgaradi.
274 ta korxona, 109 ta gazeta va nashriyotlar, 26 ta axborot texnologiyalari korxonasi, 27 ta tibbiyot muassasalari, 12 ta yog‘-moy sanoati korxonasi va 31 ta vinochilik korxonasi to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladi.
«Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida"gi yangi qonun loyihasida «jamoaviy issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik energiyasi iste’molchisi xonadonning bir qismini issiqlik ta’minoti tizimidan uzib qo‘yishga haqli emas» mazmunidagi avvalgi norma saqlanib qoldi.
KoronaPay mobil ilovasi orqali Yevropadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalarini komissiyasiz amalga oshirish mumkin. Buning uchun faqat KoronaPay mobil ilovasini smartfonga o‘rnatish kerak bo‘ladi. Xizmat orqali O‘zbekistonda chiqariladigan barcha turdagi kartalarga o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin. Bu oddiy va qulay, pandemiya sharoitida esa — yana xavfsiz ham.
Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil olib kelingan. Shundan 52 tasi Xitoydan import qilingan.
2020 yilda O‘zbekistonning byudjet tashkilotlariga 405,4 ming tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan 18,3 foizga ko‘proq ko‘mir yetkazib berildi. Bu gaz qazib olish hajmining qariyb 20 foizga pasayishi sababli yuz bermoqda.
Prezident elektr energiyasi raqobatli bozoriga o‘tish bosqichlari va qoidalarini belgilovchi hujjat ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Hozirda investorlar bilan energiyani qat’iy narxlarda xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolanmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi go‘sht narxining o‘zgarishiga uchta omil ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozog‘istondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi go‘sht narxining o‘sishiga olib kelgan.
Dollarning rasmiy kursi deyarli 12 so‘mga arzonladi va jami 10 359 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Qurilish ishlarining 95,8 foizi nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi import va eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning bank ma’lumotlariga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritish uchun bank siri to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimcha kiritishni taklif qilmoqda.
416 ta IT Park rezidentidan 52 ta IT-kompaniya shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlari uchun doimiy rezident maqomi va soliq imtiyozlaridan mahrum etildi. To‘liq ro‘yxat bilan sayt sahifasida tanishsa bo‘ladi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 217 mingdan ortiq yengil hamda 2936 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Umumiy hajmda eng ko‘p Cobalt va Nexia avtomobillari ishlab chiqarildi.
Markaziy bank kelgusi uch yil davomida O‘zbekistonning makroiqtisodiy rivojlanishining asosiy, optimistik va xavfli ssenariylarini taqdim etdi. Optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanish oltin narxining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Prezident farmoni bilan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Ijobiy kredit tarixiga ega eksportchilarga kredit bo‘yicha qarzdorligi bo‘lsa ham kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi. Buning uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga $100 mln ajratiladi.
9 oyda 55 ta hududiy loyiha ijrosi kechikkan, 144 ta loyihada ishlab chiqarish hajmi ta’minlanmagan. Oqibatda 720 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlash imkoniyati yo‘qotilgan. Davlat rahbari qolgan 3 oyda $7 mlrdlik 80 ta tarmoq va 44 ta hududiy loyihani ishga tushirish muhimligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting