Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
2020 yilning birinchi yarim yilligidan boshlab Namangandagi «Hyundai» zavodidan kichik yuk mashinasi, mikroavtobus hamda avtobuslar ishlab chiqarila boshlaydi.
Toshkentda Carrefour xalqaro brendining supermarket va gipermarketlari tarmog‘i ochiladi.
Qashqadaryodagi «Yormok» konidan tabiiy gazning sanoat oqimi olindi
Pensiya ta’minoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
«O‘zbekneftgaz» korxonalari tomonidan 350 tadan ortiq neft va gaz quduqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 2019 yilning oxirigacha 207 ta neft va gaz quduqlarida ta’mirlash mo‘ljallangan.
Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan ishlar va xizmatlar ko‘rsatishni belgilangan muddatlarda ta’minlamagan importyorlar tomonidan jarimalar to‘lashda ayrim imtiyozlar belgilandi.
Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan investorlar ishtirok etayotgan «Invest in Tashkent Region» forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning 10 ga yaqin qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Jahon bankining «Biznes yuritish 2020» yillik hisobotida O‘zbekiston 7 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.
Shavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’molchilarga muntazam yetkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Hukumat qarori bilan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Prezident «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Jismoniy shaxslar endilikda O‘zbekistondan 100 mln so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi naqd pulni o‘zlari bilan olib chiqib ketishlari mumkin.
Saudiya Arabistonining Alqusaier company kompaniyasi bilan 78 gektar maydonda Namangan Sity barpo etish bo‘yicha memorandum imzolandi.
100 dollargacha bo‘lgan xorijiy valyutani pasport taqdim etmasdan sotib olishga ruxsat berildi.
Surxondaryoda yiliga 1,1 mln tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega 144 mln dollarlik sement zavodi ishga tushirildi.
O‘zbekistonga kelayotgan investorlarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zLiDeP Investitsiya kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surmoqda.
Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi qisqarishda davom etmoqda, biroq avvalgiga qaraganda ancha sekin. Jahon banki aholining zaif qatlamlari uchun ish o‘rinlarini ochish, ichki migratsiyadagi huquqiy cheklovlarni olib tashlash va arzon uy-joy bilan ta’minlashni tavsiya qilmoqda.
Qozog‘iston yirik shoxli tirik chorva mollarini olib chiqishni olti oy muddatga taqiqladi.
Hukumat un narxini boshqarish amaliyotiga barham berishga qaror qildi. Davlat tomonidan don yetishtirish, un va non ishlab chiqarish sohalariga berilayotgan imtiyozlar kutilgan natijani bermayotganini ko‘rsatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting