Energetika vazirligi 95 kilometr uzunlikdagi yangi «Yangiyer-Ohangaron» magistral gaz quvuri qurilayotganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, gaz quvuri vodiy viloyatlarining gaz ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.
DSQ taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kompaniyalar 44,8 mlrd so‘m soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Bunda, to‘langan soliqlarning 98 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Samarqand aeroportida 2023 yil 1 fevralgacha turistik axborot markazi tashkil etiladi. 2026 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlar 4 va undan yuqori yulduzli mehmonxonalar faoliyati uchun tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
ITIM tahliliga ko‘ra, 2022 yil davomida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 12−15 foizga oshdi. Bunda elektromobillar ulushi 2,3 foizni tashkil etdi. Sotuvdagi mashinalarning 70 foizi mahalliy avtomobillar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Joriy yilning 25 dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von ($12 mln) miqdoridagi grant ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Mazkur mablag‘lar hisobidan o‘zbek-koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Tijorat banklari 28 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 145 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 225 so‘m.
Turkiyaning «ŞA-RA ENERJĪ» va Xitoyning «Xian Electric Engineering» kompaniyalari Energetika vazirligining Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida 213 kilometr va 72 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish tenderlarida g‘olib bo‘ldi.
27 dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Senatning 36-yalpi majlisida yuqori palata vakillari «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi.
1 yanvardan soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlarda «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi. Aholining mol-mulk va yer solig‘ini mahallaning o‘zi undirib oladi. Mablag‘larning 10 foizi keyingi oyning 10-sanasigacha tuman budjetlari orqali tegishli jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.
Tarmoqlarda «Turkistonbank» va Hi-tech bank lizensiyalari qaytarib berilishi haqida xabarlar tarqaldi. MB bunga izoh berib, litsenziyasi chaqirib olingan Hi-tech bank ma’muriyati regulyator qarori yuzasidan sudga murojaat qilgani va ushbu murojaat protsessual tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Tijorat banklari 27 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 150 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 250 so‘m.
O‘zbekistonning 11 oylik tashqi savdo hisobotida noyabrda 173 mln dollarlik ko‘mir importi qayd etildi. Statqo‘m ko‘mir va gaz ko‘rsatkichlari almashib qolgani, shuning uchun bunday katta miqdorda ko‘mir olinganday ko‘ringanini ma’lum qildi. Qozog‘iston statistikasi bilan farq bo‘yicha ham tushuntirish berildi.
Termiz xalqaro aeroporti yana ishga tushirildi. 26 dekabr kuni aeroport birinchi reysni qabul qildi.
Tijorat banklari 26 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 170 — 11 230 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 260 so‘m.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 6,4 mlrd dollarlik hujjatlar imzolandi. Neft-gaz va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.
Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurishi bo‘yicha Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan shartnomalar imzolandi.
Tijorat banklari 23 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 170 — 11 270 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 280 so‘m.
Noyabrda Rossiya Xitoyni ortda qoldirib, O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylandi. O‘zbekiston yetti oy ichida ilk bor oltin eksportini yo‘lga qo‘yib, bir oy ichida 556,7 mln dollarlik qimmatbaho metall sotdi. Mamlakat MDH davlatlari eksport bozorlariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib bormoqda.
Moliyaviy piramida nima va u qanday ishlaydi? Uning tarmoqli marketingdan qanday farqi bor? Aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak? «Gazeta.uz» islom moliyasi bo‘yicha ekspert, qator xalqaro tashkilotlar kengashi a’zosi Xondamir Nusratxo‘jayev bilan hamkorlikdagi materialida ushbu savollarga javob beradi.
Moliya vazirligi 2023-yilgi davlat budjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi. Unda YAIM 5,3%ga o‘sishi, inflyatsiya darajasi esa 9,5% atrofida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting