Hukumat un narxini boshqarish amaliyotiga barham berishga qaror qildi. Davlat tomonidan don yetishtirish, un va non ishlab chiqarish sohalariga berilayotgan imtiyozlar kutilgan natijani bermayotganini ko‘rsatdi.
Tadbirkorlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar va yaqindan yordam berilishi natijasida 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qayta tiklandi. Viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlarining soni 52 900 dan ortdi.
Toshkentdagi Qatortol savdo majmuasida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari davomida kunlik tushum oldingi kunlarga qaraganda 3 barobarga, «O‘rikzor» bozorida esa 2 barobarga oshdi.
Senatorlar yangi tahrirdagi Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunni ma’qullab, uning maqsadlari va vazifalarini kengaytirdi. Markaziy bank endilikda Senatga hisob beradi.
Prezident qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tariladi.
1 yanvarda joriy etilgan qimmatbaho chet el avtomobillari importidagi imtiyoz 2020 yildan bekor qilinadi. Dvigatel hajmiga ko‘ra hisob-kitob qilish tartibi qaytmoqda.
Transport vaziri o‘rinbosari Germaniyadagi xalqaro ko‘rgazma doirasida Myunxen xalqaro aeroportining boshqaruvchi direktori Ralf Gaffal bilan muzokaralar olib bordi.
1 yanvardan qandolat mahsulotlari va shokolad importi uchun bojxona boji stavkalari 30 foizgacha oshiriladi. Hozirda ular mos ravishda 20 va 15 foizni tashkil etadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan navbatdagi parlament eshituvida g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining yo‘llangan murojaatnomasi muhokama qilindi.
Hukumat qarori bilan zargarlik markazlarini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga foydalanilmayotgan bino va inshootlar «nol» xarid qiymatida sotilishi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat MTTga homiylik shaklida xayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari belgilandi.
Hukumat qarori bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari huzurida Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etildi.
Buxoro viloyatidagi 12 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab kelayotgan 40628 nafar xodimning faoliyati legallashtirildi.
Jizzax viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xamda tuman xokimliklari tomonidan «Turizm magistrali» turizm transport koridorini tashkil etish bo‘yicha xududlarda o‘rganishlar olib borildi.
Toshkent metropolitenining o‘nta stansiyasida Humo kartasi bilan aloqasiz to‘lov imkoniyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan mintaqaviy gaz ta’minoti korxonalarining 188,2 mlrd so‘mlik noqonuniy harakatlariga barham berildi.
Shavkat Mirziyoyev fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident qarori bilan 2019−2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlandi.
Sentyabr oyida Toshkent soliq xizmati organlari tomonidan 109,4 mln so‘mlik tamaki va 57 mln so‘mlik alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
BAAning Masdar Navoiyda quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiya qurilishi bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Kompaniya O‘zbekiston uchun eng maqbul tarifni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting