Samarqanddagi eshkak eshish kanali hududida turistik markaz qurilishi boshlandi. Kanalning tabiiy shart-sharoitlari saqlab qolinadi va sport tadbirlari davom ettiriladi.
Moliya vazirligi va hokimiyat «Toshshahartransxizmat» va metropolitenning 47,7 mlrd so‘mlik zararlarini qoplaydi, ushbu mablag‘lar dizel yoqilg‘isi va elektr energiyasi uchun qarzlarni to‘lashga sarflanadi.
2020 yil 1 martdan 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalar va banknotlar muomaladan chiqariladi.
Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2019−2020 yillarda Samarqand xalqaro aeroportida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun yangi terminal quriladi.
Namanganda o‘tkazilgan «XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikaning rivojlanishida investitsiyalar va innovatsiyalarning roli» mavzuida xalqaro konferensiyada 92,7 mln. dollarlik kelishuvga erishildi.
Prezident qaroriga asosan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yo‘l jamg‘aramasiga amalga oshiriladigan yig‘im ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadi.
Qashqadaryo viloyatida iqtisodiy sudlar tomonidan olti oyda 483 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ davlat byudjetiga undirildi.
Qashqadaryo viloyatida «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.
O‘zbekiston Markaziy banki moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish bo‘yicha AFI deklaratsiyasini qabul qildi.
2020 yilning oxirigacha Qashqadaryo viloyatida ikkita yangi mikroGESni quriladi. Ikki inshoot xarajatlari 1 million 460 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish rejalashtirilmoqda. Bu Davlat budjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trln so‘mga kamaytirishi hisob-kitob qilinmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etiladi. U reklama bozorini tartibga soladi va tovarlar xaridi ustidan nazorat o‘rnatadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda o‘rta biznes toifasini joriy etish, QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Yaponiyaning «JTB Sorroration» kompaniyasi Buxoro, Xiva, Samarqand shaharlarida turizmni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shib, soha istiqbolini o‘rganish va zarur tavsiyalarni ishlab chiqishi rejalashtirilmoqda.
2019 yilgi paxta hosilini mashina va qo‘lda terish uchun narxlar belgilandi.
«O‘zto‘qimasanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov 9−13 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan «Global to‘qimachilik kunlari Toshkent 2019» ko‘rgazmasi haqida ma’lumot berdi.
5 oktyabrdan «Toshkent — Kiyev — Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha haftalik charter reysi ochiladi. Ikki shahar o‘rtasida samolyotlar qatnovi 2015 yil may oyidan buyon amalga oshirilmayotgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting