Litsenziyalash tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, bu omil mamlakatda biznes yuritish va rivojlantirishga jiddiy to‘siq bo‘ladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni isloh qilish bo‘yicha xalqaro ekspert Giorgiy Sxakaya o‘z kolonkasida islohotlarni qanday to‘g‘ri olib borish haqida hikoya qiladi.
“O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha o‘z majburiyatlarida sobit, bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. JSTning rasmiyga tayanib bildirishicha, O‘zbekiston 2026-yilgacha tashkilotga a’zo bo‘lishni reja qilmoqda.
Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu modda bo‘yicha jarima choraklik sof tushumning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi.
“Asakabank” biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yilda 2,1 mlrd dollar jalb qilishni, “Biznesni rivojlantirish banki” esa investitsiya loyihalariga 1,5 mlrd dollar ajratishni reja qilmoqda. Bank faqat kredit beradigan markaz emas, zamonaviy investitsiya-tijorat tuzilmasi bo‘lishi kerak, dedi prezident.
Davaktivga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB), “Asakabank” va “Aloqabank"ning Tashkent City`dagi yangi binolari investorlarga sotiladi. Banklar ushbu “premium toifa"dagi loyihalarga kamida 339 mln dollar mablag‘ kiritgan. SQB filiallaridan biri o‘rnida 21 qavatli bino qurmoqchiligini ma’lum qilgandi.
Toshkentdagi Qatortol bozori yonida joylashgan Xalq banki bosh ofisi binosi salkam 120 milliard so‘mga sotildi. Auksionda yagona taklif Oazis Samarkand umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan taqdim etildi.
Markaziy bank e’lon qiladigan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket besh savdo kunidirki, pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta qariyb 84 so‘mga mustahkamlanib, 12 640 so‘mni tashkil qildi.
2022-yilning may oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi 100 foiz davlat ulushi Saneg kompaniyasiga 100 mln dollarga sotilgani xabar qilingan edi. Ammo hozirda 58,5 foiz ulush davlat hisobida saqlanib qolmoqda. Davaktiv buni investor ko‘chmas mulk uchun mablag‘ni hali to‘liq to‘lamagani bilan izohladi.
Oxirgi 5 yilda Rossiya rublining O‘zbekiston eksportdagi ulushi 0,8 foizdan 5,3 foizgacha, importdagi ulushi esa 4,2 foizdan 7,6 foizgacha oshdi. 2023-yilda eksportning 79,5 foizi dollarda, 9,9 foizi yevroda amalga oshirilgan. So‘mdagi eksport va import ulushi mos ravishda 0,2 va 0,3 foizni tashkil etdi.
Prezident farmoni bilan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. U imtiyozlarning iqtisodiyotga va sog‘lom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilib, takliflar tayyorlashi kerak.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kun tartibida O‘zbekiston ko‘llarida quvvati 1 GVt bo‘lgan gidro to‘plash elektr stansiyalarini (GTES) qurish bo‘yicha ikkita yirik loyiha turganini ma’lum qildi.
2025-yilda Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazi yetkazib berish hajmini 11 mlrd kub metrgacha oshirish rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentda. Rossiya energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, nafaqat gaz, balki elektr yetkazib berish masalasi ham muhokama qilinmoqda.
O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilaridan bo‘lgan “O‘ztransgaz” kompaniyasining soliq tushumlari aprelda 6,6 baravarga kamaydi. Kompaniya martda 127 mlrd so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, aprelda tushumlar 19 mlrd so‘mgacha pasaydi. Shuningdek, 2024-yil 1-choragidagi tushum kutilganidan 87 mlrd so‘m kam bo‘ldi.
Davaktiv Toshkentdagi International mehmonxonasini xususiylashtirish boshlanganini e’lon qildi. Mehmonxona “ochiq muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish” usulida sotilishi rejalashtirilmoqda. Prezident qarorida esa davlat ulushi xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangandi.
O‘zbekistonda 2023-yilda davlat tashkilotlari jami 6,6 mlrd so‘mlik 3400 dan ortiq smartfon sotib oldi. Ular orasida eng so‘nggi rusumdagi iPhone 15 Pro Max smartfonlari ham bor. budjet tashkilotlarining bu xaridlari bosh vazirning 2023-yil 5-yanvardagi topshirig‘iga zid ravishda ro‘y bergan.
Toshkentda prezidentlar raisligida O‘zbekiston va RF hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev “hududlar o‘rtasidagi hamkorlik salohiyati va imkoniyatlarining yarmidan ham foydalanilmayotganini” qayd etib, hududlararo hamkorlikning oltita ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi.
Yozda Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha kam quvvatli (330 MVt) AES qurilishi boshlanadi. “Rosatom” uchun bu shu turdagi stansiya qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi hisoblanadi. “Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan, yaroqliligi va xavfsizligi tasdiqlangan”, — deyiladi rasmiy xabarda.
EastFruit portali tahlilchilari sabzavot va mevalar eksportiga minimal narxlar joriy etilishi O‘zbekiston eksportiga zarar yetkazadi, deb hisoblamoqda. SSP rahbari buni tadbirkorlar eksport narxlarini pasaytirish orqali daromadlarini yashirishga urinayotgani bilan izohlagandi.
Chevrolet Lacetti avtomobillarini ishlab chiqarish davom etmoqda, deb xabar berdi “O‘zavtosanoat”. Ta’kidlanishicha, bunga sabab ishlab chiqarish uchun zarur ehtiyot qismlari hali ham mavjud ekani.
Tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi. Tadbirkorlarning reyting darajasi pasaygan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting