Iqtisodiyot

2025-yilning fevralidan avtoturargohlarning kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlanadi
5 noyabr 2024, 16:34

2025-yilning fevralidan avtoturargohlarning kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlanadi

2025-yil fevralidan O‘zbekistondagi barcha avtoturargohlarda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish boshlanadi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar yaqinida, jumladan, ularga eng yaqin avtoturargohlar yaqinida maksimal quvvati 22 kVt bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

InfinBank kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergani uchun moliyaviy jarimaga tortildi
5 noyabr 2024, 12:09

InfinBank kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergani uchun moliyaviy jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi “Invest Finans Bank” AJga kredit xizmati reklamasida qo‘shimcha shartlar va muhim ma’lumotlarni ko‘rsatmagani uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Avvalroq, Davr Bank ham shu kabi kamchilik uchun jarimaga tortilgandi.

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi
5 noyabr 2024, 11:08

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi

O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod ishga tushadi. Qurilish jarayonlari 2025-yil yanvardan boshlanib, zavodlar 2026-yil dekabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda shamol turbinalari uchun parrak ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
4 noyabr 2024, 23:02

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda shamol turbinalari uchun parrak ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Xitoyning Sino-Wind Energy kompaniyasi O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun parraklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 50 mln dollarga baholanmoqda.

Energetika korxonalarining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish — prezident
4 noyabr 2024, 22:46

Energetika korxonalarining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish — prezident

Prezident elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. U 2025-yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishini ta’kidladi. Har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish, dedi davlat rahbari.

2025-yilda davlat qarzi 45 mlrd dollarga, unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari esa 1,4 barobar oshishi mumkin
4 noyabr 2024, 21:50

2025-yilda davlat qarzi 45 mlrd dollarga, unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari esa 1,4 barobar oshishi mumkin

2025-yilda O‘zbekiston davlat qarzi 39,7 milliarddan 45 milliard dollarga (+13,3 foiz), unga xizmat ko‘rsatish qiymati esa 48,1 trillion so‘m yoki 3,5 milliard dollarga (+42,8 foiz) o‘sishi prognoz qilinmoqda.

O‘zbekiston Xitoy bilan kichik yadroviy reaktorlarni qo‘llash va uranni qayta ishlashni o‘rganadi
4 noyabr 2024, 20:39

O‘zbekiston Xitoy bilan kichik yadroviy reaktorlarni qo‘llash va uranni qayta ishlashni o‘rganadi

O‘zbekiston va CNNC kompaniyasi O‘zbekistonda Xitoyning kichik modulli yadroviy reaktorlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Ikki davlat delegatsiyalari uran rudasini qazib olish quvvatlarini kengaytirish, uni qayta ishlash va keyinchalik yoqilg‘idan AESlarda foydalanish masalalarini ham muhokama qildi.

Raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlar uchun javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda
4 noyabr 2024, 19:41

Raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlar uchun javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda

Prezidentga tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Raqamli markirovkalash va fiskal belgilarni aks ettirish qoidalarini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun javobgarlikni, shuningdek, YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmay ishlash uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda.

“3 marta chaqirib, ogohlantirganmiz”. Markaziy bank — UPay faoliyati cheklangani haqida
4 noyabr 2024, 19:23

“3 marta chaqirib, ogohlantirganmiz”. Markaziy bank — UPay faoliyati cheklangani haqida

Markaziy bank raisi UPay`ga cheklov kiritilishidan oldin kompaniya 3 marta ogohlantirilganini ta’kidladi. Avvalroq regulyator to‘lov tashkiloti faoliyatini 6 oy muddatga cheklagan, korxonaning ona kompaniyasi hisoblangan Humans esa cheklovlar sababidan OAV orqali xabardor bo‘lganini qayd etgandi.

“Bizda nazorat nisbatan kuchli”. Markaziy bank raisi — AQShning O‘zbekiston kompaniyalariga nisbatan sanksiyalari haqida
4 noyabr 2024, 18:14

“Bizda nazorat nisbatan kuchli”. Markaziy bank raisi — AQShning O‘zbekiston kompaniyalariga nisbatan sanksiyalari haqida

Mahalliy banklar yozdayoq AQSh sanksiyalariga uchragan O‘zbekiston kompaniyalari bilan operatsiyalarni to‘xtatdi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, nisbatan kuchli nazorat mamlakatga sanksiyalar xavfini kamaytirish imkonini bermoqda.

2025-yilda dollarning o‘rtacha yillik kursi 13 250 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda
4 noyabr 2024, 15:36

2025-yilda dollarning o‘rtacha yillik kursi 13 250 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilda dollarning so‘mga nisbatan o‘rtacha yillik kursi 13 250 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu 2024-yil kutilayotganidan 4,8 foizga ko‘p. Milliy valyuta kursining 100 so‘mga qadrsizlanishi budjet xarajatlari 240 mlrd so‘mga oshishiga olib keladi.

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi
4 noyabr 2024, 15:01

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi qaroriga muvofiq, tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi.

“Bu xatar”. Markaziy bank rahbari O‘zbekistonning gaz va neft ta’minotida Rossiyaga qaramligi haqida
4 noyabr 2024, 14:59

“Bu xatar”. Markaziy bank rahbari O‘zbekistonning gaz va neft ta’minotida Rossiyaga qaramligi haqida

O‘zbekiston gaz, neft va benzinning asosiy qismini Rossiyadan import qiladi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov ta’minotdagi bir mamlakatga qaramlik haqidagi savolga javob berib, bu xatar ekanini tan oldi va logistikadagi uzilishlar ichki narxlarga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha AQSh bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
4 noyabr 2024, 11:51

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha AQSh bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston AQSh bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning aytishicha, muzokaralar 14 oy davom etgan. “Bu oson bo‘lmagan yo‘l, umr bo‘yi esda qoladigan tajriba bo‘ldi”, — deb ta’kidladi u.

2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshirish rejalashtirilmoqda
4 noyabr 2024, 10:53

2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshirish rejalashtirilmoqda

2025-yilda O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirish rejalashtirilmoqda (inflyatsiya prognozi 7 foiz). 2024-yilda ish haqi va pensiyalarni oshirish uchun rejalashtirilganidan kamroq mablag‘ ajratildi.

Chorsu maydonini keng ko‘lamli rekonstruksiya kutmoqda. “Chorsu” mehmonxonasi qaytadan quriladi
2 noyabr 2024, 19:07

Chorsu maydonini keng ko‘lamli rekonstruksiya kutmoqda. “Chorsu” mehmonxonasi qaytadan quriladi

Toshkentda 2025-yilda Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Eski mehmonxona o‘rnida 29 qavatli yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar-joy binolaridan iborat loyiha qad rostlaydi. U 170 mln dollarga baholangan. Loyiha Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Partiya ro‘yxati bo‘yicha deputatlikka saylangan barcha vazirlar deputatlik mandatidan voz kechdi
1 noyabr 2024, 19:14

Partiya ro‘yxati bo‘yicha deputatlikka saylangan barcha vazirlar deputatlik mandatidan voz kechdi

Partiya ro‘yxati bo‘yicha deputatlikka saylangan bosh vazir o‘rinbosari, vazir yoki davlat organi rahbarlarining birortasi ham Qonunchilik palatasi deputati bo‘lish uchun o‘z lavozimini tark etmaydigan bo‘ldi.

Oktabr oyida inflyatsiya kamida 14 yil ichida birinchi marta 1 foizdan past bo‘ldi
1 noyabr 2024, 18:31

Oktabr oyida inflyatsiya kamida 14 yil ichida birinchi marta 1 foizdan past bo‘ldi

Oktabrda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,84 foizni tashkil qildi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu oydagi inflyatsiya 2010-yildan beri hech qachon 1 foizdan pastga tushmagan. Yillik inflyatsiya 10,24 foizgacha pasaydi. Oy davomida go‘sht (1,2 foiz), pomidor (16,5), bodring (33,2) qimmatladi.

Valyuta kursi 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi mumkin — MB
1 noyabr 2024, 17:42

Valyuta kursi 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi mumkin — MB

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator hisob-kitoblariga ko‘ra, valyuta kursi 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi mumkinligini aytdi. U, shuningdek, kelasi yil oltin narxi hozirgidan qisman pasayishi kutilayotganini ta’kidladi.

Navoiy viloyatida 3 ta korxona ishga tushirilib, 12 ta loyihaning qurilishi boshlandi
1 noyabr 2024, 14:02

Navoiy viloyatida 3 ta korxona ishga tushirilib, 12 ta loyihaning qurilishi boshlandi

Prezident Navoiy viloyatida yangi loyihalarni ishga tushirish marosimida qatnashdi. Xususan, Konimexda yonuvchi slanetslarni qazish va qayta ishlash, Karmanada quyosh foto elektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimi loyihalari qurilishi boshlandi. Navoiy shahrida paxta sellyulozasi korxonasi ishga tushdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting