Iqtisodiyot

Davlat monopoliyalarining xususiy monopoliyaga aylanishi riski bor — Farrux Karabayev
19 iyun 2024, 13:16

Davlat monopoliyalarining xususiy monopoliyaga aylanishi riski bor — Farrux Karabayev

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev yangi o‘yinchilarning kirib kelishidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali ichki bozorlarni ochishga chaqirdi. Uning aytishicha, samarasiz davlat korxonalarining ulushlari xususiy kompaniyalar qo‘liga o‘tganda, monopoliyaning yanada yomonroq versiyasi yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi — Jahon banki
18 iyun 2024, 13:50

O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi — Jahon banki

O‘zbekistonda ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi. Bu Jahon banki tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonda gender tengligi tahlili” hisobotida keltiriladi.

O‘zbekistondan Rossiyaga borayotgan mehnat migrantlari oqimi qisqarishda davom etishi mumkin
17 iyun 2024, 19:31

O‘zbekistondan Rossiyaga borayotgan mehnat migrantlari oqimi qisqarishda davom etishi mumkin

Ish haqi Rossiyadagi maoshlar bilan raqobatlasha oladigan O‘zbekistonda qurilish sanoatining rivojlanishi ushbu mamlakatga mehnat muhojirlari oqimining yanada qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili ma’lum qildi.

Senatning aralashuvidan so‘ng O‘zbekistonga liftlarni olib kirish muammosi hal bo‘la boshladi
15 iyun 2024, 14:27

Senatning aralashuvidan so‘ng O‘zbekistonga liftlarni olib kirish muammosi hal bo‘la boshladi

Mart oyida tadbirkorlar avval berilgan muvofiqlik sertifikatlari amal qilishi to‘xtatilgani sababli O‘zbekistonga liftlarni olib kirishda muammolarga duch kelgandi. Bojxona omborlarida 9,5 mln dollarlik 332 ta lift va eskalator ushlab turilgandi. Senator so‘rovidan so‘ng sertifikatlar berish qayta tiklandi.

O‘zbekiston Koreyaning infratuzilma va shaharsozlik sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganishdan manfaatdor — Shavkat Mirziyoyev
14 iyun 2024, 21:10

O‘zbekiston Koreyaning infratuzilma va shaharsozlik sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganishdan manfaatdor — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston-Koreya biznes forumida Shavkat Mirziyoyev “yuqori texnologik va innovatsion hamkorlikning yangi davri” boshlanayotganini aytdi. Infratuzilma va shaharsozlik, transport, mashina butlovchi qismlarini mahalliylashtirish, xomashyoni qayta ishlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Hyundai Rotem elektropoyezdlar xaridi bo‘yicha shartnoma imzolaydi
14 iyun 2024, 07:20

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Hyundai Rotem elektropoyezdlar xaridi bo‘yicha shartnoma imzolaydi

Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Toshkent — Urganch — Xiva” yangi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanuvchi Hyundai Rotem elektropoyezdlarini yetkazib berish to‘g‘risida kelishuv imzolanadi. Jami oltita poyezd sotib olish rejalashtirilmoqda.

Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish bo‘yicha konsultant tanlovi e’lon qilindi
14 iyun 2024, 06:59

Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish bo‘yicha konsultant tanlovi e’lon qilindi

“Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo to‘lov tizimi) ustav kapitalidagi davlat ulushining 100 foizini ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishni tashkil etish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini tanlash yuzasidan tanlov e’lon qilindi.

Uzum Click bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi
13 iyun 2024, 23:26

Uzum Click bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi

Uzum direktorlar kengashi Click bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi. Kompaniya o‘z ekotizimiga asoslangan fintex xizmatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqchi.

Xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxiralash me’yori 4 foiz bandga pasaytirildi
13 iyun 2024, 17:51

Xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxiralash me’yori 4 foiz bandga pasaytirildi

Markaziy bank xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxiralash me’yorini 4 foiz bandga pasaytirdi va 14 foiz darajasida belgiladi. Qaror banklarning likvidlik holatidan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirishga sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.

Toshkent aeroportida yangi fudkort maydoni kimoshdi savdosiga qo‘yildi
13 iyun 2024, 16:08

Toshkent aeroportida yangi fudkort maydoni kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalidagi iyul oyi oxirigacha foydalanishga topshiriladigan yangi qismidagi joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, u yerda turli toifadagi uchta umumiy ovqatlanish shoxobchasi — Yevropa taomlari restorani, milliy taomlar restorani va fast fud joylashadi.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
13 iyun 2024, 13:23

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Stavkani o‘zgartirmaslik bo‘yicha qaror energiya tariflari o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’sirini jilovlash maqsadi bilan izohlangan.

Jahon banki O‘zbekistonga 7,5 mln dollar grant ajratdi
13 iyun 2024, 11:21

Jahon banki O‘zbekistonga 7,5 mln dollar grant ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga energotariflar islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamiga ta’sirini yumshatish maqsadida 7,5 mln dollar miqdoridagi 1-transh mablag‘ini ajratdi. Grant xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgani uchun berilgan.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi — AQSh savdo vakili Ketrin Tay
12 iyun 2024, 17:48

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi — AQSh savdo vakili Ketrin Tay

AQSh savdo vakili Ketrin Tay Toshkentda qator vazirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Elchi AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash va GSP tizimi doirasida savdo imtiyozlarini berishni qayta tiklash niyatini tasdiqladi.

May oyida O‘zbekiston uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi
12 iyun 2024, 13:02

May oyida O‘zbekiston uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi

May oyida O‘zbekistonda 21,6 mingta uy-joy sotildi, bu aprel oyiga nisbatan 9 foizga ko‘proq hisoblanadi. Ikki oylik o‘sishga qaramay, faollik darajasi hali ham bir yil oldingi darajadan past bo‘lib qolmoqda.

May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 14 foizni tashkil etdi
12 iyun 2024, 11:23

May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 14 foizni tashkil etdi

May oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi aprelga nisbatan biroz tezlashib, 14 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatildi (17,4 foiz). Oy davomida aholi eng ko‘p dorilar, benzin va yonilg‘i, shuningdek, qurilish mollari narxi ko‘tarilganini sezdi.

“Navoiyazot” narx manipulyatsiyasi orqali 20,5 mlrd so‘m daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
11 iyun 2024, 18:00

“Navoiyazot” narx manipulyatsiyasi orqali 20,5 mlrd so‘m daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot” ishlab chiqargan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja orqali sotilishida narx manipulyatsiyasi holatlarini aniqladi. Mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega jamiyat jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olgan.

May oyida aholining inflyatsion kutilmalari o‘zgarishsiz qoldi, biznesniki esa pasaydi
11 iyun 2024, 17:37

May oyida aholining inflyatsion kutilmalari o‘zgarishsiz qoldi, biznesniki esa pasaydi

O‘zbekistonda aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari may oyida 14 foizni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Tadbirkorlarning kutilmalari esa pasaydi. Aholi uchun ham, biznes uchun ham kutilmalardagi asosiy omil kommunal xizmatlarning qimmatlashishi bo‘lib turibdi.

Prezident: “Energiyani tejash yo‘qotishlarni kamaytirish hisobiga bo‘lishi shart”
10 iyun 2024, 22:26

Prezident: “Energiyani tejash yo‘qotishlarni kamaytirish hisobiga bo‘lishi shart”

Prezident issiq oylarda obyektlarni sovutishga qishdagi bilan bir xil energiya sarflanayotganini ta’kidlab, ayrim binolar uchun energiya samaradorligi bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqishni topshirdi. “Tejash yo‘qotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bo‘lishi shart”, — dedi u.

Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar berish rejalashtirilmoqda
10 iyun 2024, 21:29

Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar berish rejalashtirilmoqda

Prezident elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra, mazut va ko‘mir 2 yilga bojdan ozod qilinadi, ko‘mir importi uchun 3 yilga revolver kreditlar beriladi. 1-oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.

O‘zbekistonda elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiruvchi tungi tarif joriy qilinadi
10 iyun 2024, 19:55

O‘zbekistonda elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiruvchi tungi tarif joriy qilinadi

O‘zbekistonda elektromobilni xonadonda quvvatlantirish uchun rag‘batlantiruvchi tungi tarif joriy etiladi. Bunda quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatganlar mashinasini tungi vaqtda quvvatlantirgani uchun elektr energiyasiga arzon tarifda haq to‘laydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting