Iqtisodiyot

Oktabrda O‘zbekistondagi AYOQSHlarda 6,1 mln litr sifatsiz benzin aniqlandi
6 noyabr 2023, 13:02

Oktabrda O‘zbekistondagi AYOQSHlarda 6,1 mln litr sifatsiz benzin aniqlandi

O‘zbekistonda oktabr oyida AYOQSHlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

Open Budget`da 1,5 mingdan ko‘p ovoz to‘plab, yutmagan ayrim loyihalarni 2024-yilgi davlat budjetidan moliyalashtirish taklif etildi
6 noyabr 2023, 11:36

Open Budget`da 1,5 mingdan ko‘p ovoz to‘plab, yutmagan ayrim loyihalarni 2024-yilgi davlat budjetidan moliyalashtirish taklif etildi

Tashabbusli budjet loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarga 2024-yil uchun mo‘ljallangan davlat budjetidan mablag‘ ajratish taklif etilmoqda.

O‘zbekistonga elektromobillar importi 6 barobardan ko‘proqqa oshdi
6 noyabr 2023, 10:11

O‘zbekistonga elektromobillar importi 6 barobardan ko‘proqqa oshdi

Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga elektromobillar importi 22,5 mingtaga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 barobardan qo‘pdir. Yetkazib berish miqdori 582 mln dollardan oshdi.

Orano O‘zbekistonda uran qazib olishga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi
6 noyabr 2023, 09:54

Orano O‘zbekistonda uran qazib olishga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi

Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistonda geologiya-qidiruv va uran qazib olish ishlariga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi. Navoiy viloyatidagi ikkita hududda qidiruv ishlari olib boriladi. Emmanuel Makronning mamlakatga tashrifida ham bu masalalar ko‘rilgandi.

O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi
5 noyabr 2023, 20:29

O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi

“Gazprom” bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 7-oktabrdan beri O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U import qilingan “moviy yoqilg‘i” narxini yana oshkor qilmadi.

Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yillik gaz shartnomasi tuzishi mumkin
5 noyabr 2023, 20:09

Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yillik gaz shartnomasi tuzishi mumkin

2024-yil o‘rtalariga qadar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yil davomida gaz yetkazib berish va tranzit bo‘yicha hamkorlik majburiyatlarini belgilashni rejalashtirmoqda, dedi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller. Kompaniya ulardagi boshqa gaz quvurlari tizimidan foydalanishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekistonga yil boshidan buyon telefon importi 178 mln dollardan oshdi
5 noyabr 2023, 14:54

O‘zbekistonga yil boshidan buyon telefon importi 178 mln dollardan oshdi

To‘qqiz oy davomida O‘zbekistonga 2,58 mln donaga yaqin mobil telefon import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘pdir. Yetkazib berish hajmi 178,2 mln dollardan (+23,3 foiz) oshdi.

Energetika vaziri O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘qligini ma’lum qildi
5 noyabr 2023, 12:06

Energetika vaziri O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘qligini ma’lum qildi

O‘zbekistonda benzin taqchilligi mavjud emas, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U nima sababdan birjada yoqilg‘i sotib olishga cheklov kiritilganini tushuntirdi.

Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 mln tonnagacha oshirish kutilmoqda
4 noyabr 2023, 18:08

Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 mln tonnagacha oshirish kutilmoqda

Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatga ko‘ra, Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 million tonnaga oshirish rejalashtirilmoqda.

Oktabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich
4 noyabr 2023, 11:29

Oktabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich

Oktabr oyi oxirida O‘zbekistonda 1 foizlik inflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya yana 9 foizdan tushdi. Energiya tariflari oshishiga qaramay, bu oxirgi 7 yildagi eng past oylik ko‘rsatkichdir. Iqtisodchining taxmin qilishicha “iqtisodiy haroratni o‘lchaydigan termometr buzilib qolgan”.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti va budjeti uchun xavflar haqida
3 noyabr 2023, 11:33

Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti va budjeti uchun xavflar haqida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi budjet barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar va xavflarni sanab o‘tdi. Ular qatorida so‘mning qadrsizlanishi, oltin va mis narxining pasayishi, energiya tariflari oshirilmasligi, oziq-ovqat mahsulotlari jahon narxlarining oshishi va boshqalar bor.

AQSh O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
3 noyabr 2023, 11:24

AQSh O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh “Rossiya armiyasi uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olish va yaratish kabi faoliyat bilan shug‘ullangan” 13 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekistondan Mvizion kompaniyasi ham bor.

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi
3 noyabr 2023, 09:57

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi

UzAuto Motors Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 sotuvi boshlanganini e’lon qildi.

Gaz, elektr va boshqa sohalarga subsidiyalar uchun davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratiladi?
2 noyabr 2023, 18:12

Gaz, elektr va boshqa sohalarga subsidiyalar uchun davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratiladi?

2023-yilda davlat budjetidan aholiga gaz, elektr, issiqlik ta’minoti va jamoat transporti narxlarini subsidiyalash uchun 31 trln so‘mdan ortiq (2,53 mlrd dollar) ajratish rejalashtirilgan. Bu nafaqa, moddiy yordam, ilm-fan, sport va madaniyat uchun ajratilgan jami mablag‘dan ko‘proq.

SHHT yangi transport yo‘laklari izlamoqda. Toshkentda tashkilotga a’zo davlatlarining birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi
2 noyabr 2023, 18:11

SHHT yangi transport yo‘laklari izlamoqda. Toshkentda tashkilotga a’zo davlatlarining birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda SHHT davlatlarining birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida “Belarus — Rossiya — Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston” va “Rossiya — Kaspiy dengizi — Turkmaniston — O‘zbekiston — Qirg‘iziston” yangi xalqaro transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

O‘zbekistonda shaharlarning yashash uchun qulaylik reytingi tuzildi
2 noyabr 2023, 17:33

O‘zbekistonda shaharlarning yashash uchun qulaylik reytingi tuzildi

Ekspertlar O‘zbekiston shaharlarining yashash uchun qulaylik reytingini tuzdi. Indeks ta’lim, tibbiyot, atrof-muhit, infratuzilma, madaniyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. Natijalarga ko‘ra, kuchli uchlikni Toshkent, Urganch va Buxoro shaharlari, quyi o‘rinlarni Yangiyer, Ohangaron va Quvasoy shaharlari band etgan.

2024-yilda ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdori oshirilishi rejalashtirilmoqda
2 noyabr 2023, 17:14

2024-yilda ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdori oshirilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2024-yilda davlat budjetining ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar miqdorini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari 9,6 trln so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisobda ish haqi, pensiya va stipendiyalarga davlat budjeti xarajatlarining yarmidan ko‘pi yo‘naltiriladi.

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
2 noyabr 2023, 14:30

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Rossiyaning Fly and See Agro kompaniyasi O‘zbekistonda dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 80 mln dollarlik bo‘lgan besh yillik loyiha Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshiriladi.

Toshkent markazidagi AKT vazirligi va “Aloqabank” binolarini “Mikrokreditbank” sotib oldi
1 noyabr 2023, 23:50

Toshkent markazidagi AKT vazirligi va “Aloqabank” binolarini “Mikrokreditbank” sotib oldi

“Mikrokreditbank” Toshkent markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” binolari xaridoriga aylandi. Bitimlarning umumiy summasi 387 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekistonda 2024-yildan boshlab soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
1 noyabr 2023, 18:38

O‘zbekistonda 2024-yildan boshlab soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2024-yilgi soliq o‘zgarishlariga ko‘ra, bir qator soliq imtiyozlari bekor qilinadi, shakarli gazlangan ichimliklar uchun aksiz solig‘i, shinalar uchun utilizatsiya solig‘i, og‘irligi 10 tonnadan ortiq yuk avtomobillariga yo‘l yig‘imi va boshqalar joriy etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting