Prezident bandlik tizimiga kiruvchi kasbga tayyorlash muassasalari faoliyati talab darajasida emasligini ta’kidladi. Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari bilan kelishuvlar doirasida 150 ming ishchiga buyurtma berilgan bo‘lsa-da, bu mamlakatlarga bor-yo‘g‘i 9 ming ishchi yuborilgan.
Shavkat Mirziyoyev “Donmahsulot” tarkibidagi savdoga chiqarilgan 43 ta korxonadan bor-yo‘g‘i 10 tasi sotilganini, ayrimlari 2−3 yildan beri sotilmasdan turganini, bunga sabab esa xususiy sektorga bermaslik uchun narxi sun’iy oshirib yuborilganini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev bozor mexanizmlari asosida kredit stavkalarini kamida 2−3 foizga tushirish muhimligini qayd etdi. “Banklar resurs yo‘qligi sababli kredit foizi yuqori, deyishga o‘rganib olgan. Vaholanki, muammoli kreditlarni undirishning o‘zidan 25 trln so‘mlik kreditga resurs topsa bo‘ladi”, — dedi u.
Toshkentda tramvay yo‘llarini loyihalash va qurish ko‘p vaqt talab etadi, shuning uchun kattaroq effektga chiqish uchun avvaliga ko‘p sig‘imli avtobuslar sotib olindi, dedi Transport vazirligi vakili. U, shuningdek, transport harakatlarining noto‘g‘ri tashkil etilishi va boshqa masalalar haqida ham gapirdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda budjetdan 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklar bo‘lgani qayd etildi. Qo‘shib yozish, pul o‘zlashtirish, o‘ziga o‘zi bir necha karra ko‘p mukofotlar yozish shular jumlasidan.
Shavkat Mirziyoyev budjet mablag‘larini iqtisod qilish ish hajmini qisqartirish emas, balki loyihani to‘g‘ri qilish, “shishirilgan” xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Prezident Bojxona qo‘mitasiga imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqish topshirig‘ini berdi. 2023-yilda import qilingan 20 mlrd dollarlik tovarlarga salkam 60 trln so‘mlik imtiyoz berilib, ularning 3,2 trln so‘mi o‘rganilganda 13 foizi maqsadsiz qo‘llangani aniqlandi.
Davlat soliq qo‘mitasida budjet tashkilotlari inspeksiyasi tashkil etilib, 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan unga o‘tkaziladi. Qo‘mita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya tarkibida esa yangi tuzilma tashkil qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev 2024-yil iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili bo‘lishini ta’kidladi. Prezident YIMni kamida 6 foizga ko‘paytirish, shuningdek, yirik tarmoqlarda tannarxni 20 trln so‘mga kamaytirish zarurligini qayd etdi.
Prezident raisligidagi yig‘ilishda iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etilishi ma’lum qilindi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi.
Prezident “zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayotgani” sabab hukumatning iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga (hozir ular 40 nafar) qisqartirish to‘g‘risida topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani ma’lum qilindi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘yicha hukumat komissiyasiga 2027-yilgacha O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish va ularni amalga oshirish uchun budjetdan mablag‘ olish huquqi beriladi.
O‘zbekistonda bahorgacha tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda. U elektron shaklda bo‘ladi va yuqori reytingga ega tadbirkorlarga qator imtiyoz hamda preferensiyalardan foydalanish imkonini beradi.
O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev “Paxtakor” va “Surxon” futbol klublari xususiylashtirish arafasida ekanini aytdi. “„Surxon“ aslida bir yil oldin xususiylashtirilishi kerak edi, lekin klubda bundan avval ishlagan odamlarning ba’zi xatolari bor, prokuratura buni o‘rganmoqda”, — dedi u.
Ohangarondagi texnopark negizida Eltech Industrial texnoparki tashkil etilmoqda. Maqsad — “yangi turdagi elektrotexnika mahsulotlari va ularning butlovchi qismlarini o‘zlashtirish”. Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni oshxona havo tortish qurilmalari ishlab chiqarish uchun ajratiladi.
O‘zbekiston hukumati xorijiy tovarlarning (hozirda 520 dan ortiq tovarga taqiq qo‘yilgan) davlat xaridlarida ishtirok etishiga cheklovlarni kuchaytirishni va mahalliy kompaniyalarga, jumladan, elektrotexnika ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq imtiyozlar berishni rejalashtirmoqda.
Ispaniyadagi Santander bankining mintaqaviy menejeri David Plaza O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, bank O‘zbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratishga tayyorligini ma’lum qildi.
1-fevraldan O‘zbekistonga muzlatkich, radiator, changyutkich, kir yuvish mashinasi, televizor va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari yoki rasmiy dilerlari bo‘lishi talab qilinadi. Ular, shuningdek, xizmat ko‘rsatishlari ham kerak bo‘ladi.
Tadbirkorlar tomonidan sakkiz turdagi o‘zaro takrorlanuvchi hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish talabi bekor qilindi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobotlar va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting