Forbes Russia qisman safarbarlik e’lon qilingach, qo‘shni davlatlar mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni tahlil qildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, rezyumelar soni oshishi Qozog‘iston (65%), Gruziya (48%) va O‘zbekiston (47%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi statistikaga ko‘ra, 1 oktabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan. Ma’lumotlar tahlili Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qilishini ko‘rsatdi.
Markaziy bank 12-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 084,06 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
AQSh savdo vazirining o‘rinbosari Marisa Lago bir qator vazirliklarda uchrashuvlarda qatnashish, sanoat obyektlariga tashrif buyurish, shuningdek, O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi a’zolari bilan muloqot qilish uchun Toshkentga keladi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,23 so‘mga qimmatlab, 11 084,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi.
Prezident sohada tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan qo‘shma korxona tashkil qilib, ommabop elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni topshirdi. Elektromobillarning narxi arzon bo‘lishi kerakligi, mahalliy elektromobil xaridi uchun olingan kredit foizining bir qismi qoplab berilishi ham belgilandi.
Markaziy bank 10-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 051,27 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
QQSni 3% ga tushirish inflyatsiyani 0,8% ga kamaytirishi mumkin, ammo bu soliq tushumlari bo‘yicha yo‘qotishlarni teng miqdorda kompensatsiya qilishi dargumon, demoqda PMTI ekspertlari. Ularning fikricha, QQSning real va standart stavkalari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish choralarini ko‘rish istiqbolliroq.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Sarimoy (Xorazm) va Jonkeldi (Buxoro) aholi yashash punktlari o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish uchun $47,1 mlnlik moliyaviy yordam berildi. Yangi liniya umumiy quvvati 1 GVtli ikkita shamol elektr stansiyasini milliy tarmoq bilan bog‘laydi.
Sentabr oyida aholida import va oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi hamda narxlarning sun’iy oshishi bo‘yicha xavotirlar kamaydi. Biroq, ishbilarmonlar valyuta kursining o‘zgarishi, ish haqi va nafaqalarning oshishi, shuningdek, yoqilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashuvidan xavotirda.
Markaziy bank oktabr oyining ikkinchi yarmida xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilinishini kutmoqda. Shu munosabat bilan regulyator asosiy stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qildi.
UzAuto Motors jismoniy va yuridik shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalarini birjaga joylashtirish boshlanganini ma’lum qildi. Bu O‘zbekistondagi yirik davlat kompaniyalarini amalga oshirgan ilk IPO bo‘ladi.
Markaziy bank tomonidan «Fuqarolik kodeksi»da belgilangan pul majburiyati bo‘yicha talablarni qondirish navbatiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif berildi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar mavjud kreditning dastlab muddati o‘tgan qismi va foizini, so‘ngra joriy qarzdorlik summasi va foizini to‘lashadi.
Markaziy bankning 7 oktabrdagi tegishli qarorlari bilan «Turkiston» va Hi-tech bank`dan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar chaqirib olindi. Shuningdek, banklarni tugatish komissiyasi tarkibi tayinlandi. Omonatchilarining barcha mablag‘lari 2 oydan so‘ng to‘liq qaytariladi.
Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekistonda YAIM o‘sishi prognozini 5,3 foizgacha yaxshiladi. Biroq 2023 yilda o‘sish 4,9% bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, maqsadli ijtimoiy himoya dasturlari orqali qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tushishi kutilmoqda.
AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistondagi paxta korxonalari salohiyatini xalqaro mehnat standartlari va munosabatlariga moslashtirish maqsadida $2 mln grant ajratadi.
Milliy valyutadagi kredit stavkalari ketma-ket uchinchi oy pasayib, 22,2% ni tashkil etdi. Aholi kreditlari bo‘yicha foizlar 5 oy ichida minimal darajaga tushdi, biroq biznes qarzlari yana ko‘tarila boshladi. Xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020 yil may oyidan beri maksimal darajaga yetdi.
Tarmoqlarda iste’molchilar bank xizmatlari, xususan, kartadan pul yechilganda bankomat naqd pul bermagani, kredit yopilgan bo‘lsa-da, kartadan pul yechib olingani yuzasidan shikoyat qilmoqda, deya ma’lum qildi MB. O‘rganishlar natijasida 15 ta bankka ko‘rsatma xatlari yuborildi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,69 so‘mga qimmatlab, 11 028,14 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana pasaydi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston hukumatiga aholini barqaror narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, yil oxirigacha 8,9 mln nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga to‘lovlar to‘lash va qaytgan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar kredit ajratadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting