Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida qoldirdi. Ushbu qaror yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasini 10 foizgacha pasaytirish va kelgusida 5 foizlik inflyatsion targetga erishish maqsadida qabul qilindi. Bu yilgi inflyatsiyaning o‘zgarishiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishi sabab bo‘ldi.
O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda mamlakat sanoatida tabiiy gazga talab kattaligini ta’kidladi. «Gaz kelajak avlodga qoladigan boylik, har xil shartnomalar bilan sotib yuboraverish kerak emas», — dedi davlat rahbari.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Prezident qarori bilan 2024 yil 1 yanvargacha sun’iy mo‘yna, zig‘irpoya va sun’iy tolalardan to‘qilgan gazlamalar, shisha iplar hamda shisha tolali matolarga import boji qo‘llanilmaydi.
Uzbekistan Airports xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflar va to‘lovlarni o‘rtacha 15 foizga pasaytirmoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga va aviachiptalar narxini pasaytirishga imkon yaratadi. Bahorda tariflar 27 foizga pasaytirilgan edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha savdo balansi manfiy saldosi 10,1 mlrd dollarni, birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi 4,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Natijada savdo balansi manfiy saldosi xorijdan pul o‘tkazmalari hisobiga qisman qoplangan.
Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 maygacha banan, plantaynlar, anjir, ananas, avokado, mango, guayyava, mangostan, olma, nok, kivi va boshqa sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi.
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdolari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshdi. Ko‘chmas mulk bitimlarining umumiy sonining qariyb 40 foizi Toshkentga to‘g‘ri keladi. Toshkentda kvartira narxlari o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5−7% ga oshgan.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oktabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 1,02 mlrd dollarga qisqardi. Yo‘qotishlarning yarmi oltin-valyuta zaxirasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan yarmi valyutadagi aktivlarning qisqarishi hisobiga yuz bergan.
Toshkent metropoliteni boshlig‘iga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga chet ellik mutaxassis, yer osti yo‘llari samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1,67 so‘mga ko‘tarilib, 10 702,31 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Deputatlar 10 oktabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht, qoramol va parranda, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekistonga olib kirish va realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishga oid qonunni qabul qildi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Tashqi savdo saldosi 7,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Uchinchi chorakda import hajmida eksport hajmiga qaraganda jadalroq o‘sish kuzatildi.
Hukumat 2022 yilda YAIMning 5,9 foizga o‘sishini prognoz qildi. Inflyatsiya darajasini 2022 yilda 9 foizgacha, budjet defitsitini esa YAIMga nisbatan 3% pasaytirish ko‘zda tutilmoqda. 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM miqdorini 4000 dollardan oshirish ko‘zda tutilmqoda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,36 so‘mga pasayib, 10 700,64 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Toshkentda uchta Burger King restoranlari ochilishi kutilmoqda. Ular Bobur bog‘i, Ekobozor yonidagi Atlas majmuasi va Chilonzor 25-mavzesida joylashadi.
Prezidentning ma’lum qilishicha, keyingi 5 yilda paxta terimi mexanizatsiyasi 15%dan 60 ga yetkaziladi. 2013 yilda bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev 2016 yildan 80−90% paxta hosilini mashinada terishga o‘tilishi rejalashtirilganini aytgan edi. Bir necha yildan buyon mamlakatda paxta terimi mashinalarining tanqisligi kuzatilmoqda.
«Toshkent metropoliteni» kompaniyasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi va Transport vazirligi tizimiga o‘tkaziladi. Metro temir yo‘llar tizimiga 2016 yilda o‘tkazilgan edi, undan oldin «Toshshahartransxizmat» tarkibiga kirardi.
Davaktiv Tashkent city bog‘ini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bog‘ni xususiylashtirish va foydalanishga topshirish uchun «master reja»ni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan kompaniyani tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati qishloq xo‘jaligi, biologiya, tibbiyot, filologiya, IT va boshqa sohalarda 12 ta startap loyihasini ma’qulladi. Ular orasida 1,2 mlrd so‘mlik Google va «Yandeks» qidiruv tizimlari uchun o‘zbek morfologiyasi dasturiy analizatorini ishlab chiqish loyihasi ham bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting