Moliya vazirligi o‘qish va imtihon xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasiga ACCA va CIMA sertifikatlari kirgan. Shuningdek, kimning o‘qish va imtihon xarajati kompensatsiya qilinishi ma’lum qilindi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,63 so‘mga pasayib, 10 705 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Roodell kompaniyasi O‘zbekistonda Renault avtomobillarini ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish tafsilotlarini ma’lum qildi. Birinchi avtmobil noyabr oyidayoq tayyor bo‘ladi. Dastlab sotuvga ikkita krossover, so‘ngra yo‘ltanlamas chiqariladi.
Safia qandolat mahsulotlari tarmog‘i asoschisi Bekzod Samigjonov kompaniyaning yaqinda qurilgan yangi zavodini qutqarishni so‘rab prezidentga murojaat yo‘lladi. Zavod qurilgan yer prezident topshirig‘i bilan berilgandi. Biroq, yerning avvalgi ijarachisi sud orqali yer ajratish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga erishdi.
O‘zbekiston derivativlar bozorini rivojlantirish orqali xorijiy valyutaga bog‘liqlikni kamaytirishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda mamlakat YeTTB bilan ilk sinov svop operatsiyasini o‘tkazishga kelishib oldi.
To‘qqiz oy mobaynida elektron xizmatlarni ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda 15,2 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘ladi. To‘lovlarning aksariyati Facebook, Google va Apple hissasiga to‘g‘ri keladi.
UzAuto Motors zavodida mikrochiplar yetishmovchiligi tufayli deyarli tayyor Lacetti avtomobillarini qo‘yish uchun joy tugadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi chiplar yetkazib berilguniga qadar mashinalarni un omborida saqlab turishga majbur bo‘lmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,60 so‘mga ko‘tarilib, 10 710,63 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
2021 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha, Cobalt va Nexia avtomobillari Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi. Mamlakatda xarid qilingan mashinalarning 28,17% ushbu modellar hisobiga to‘g‘ri keladi. UzAuto Motors kompaniyaning Qozog‘iston bozoridagi avtomobillar sotuvi o‘tgan yilga nisbatan 5 barobarga oshganligini ma’lum qildi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosi rekonstruksiyasi tenderida Discover Invest kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Loyiha qiymati 35,4 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Google LLC va Microsoft Ireland Operations Limited kompaniyalari O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Endi xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda 15 foiz QQSni hisobga olish talab etiladi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2021 yilda O‘zbekiston YAIMining o‘sish suratlari bo‘yicha prognozini yaxshilab, ushbu ko‘rsatkich joriy yilda 6,1%ni tashkil etishini ta’kidladi. Jamg‘arma mutaxassislari 2022 yilda mamlakat YAIM 5,4%ga o‘sishini kutishmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 700,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi 2017 yil dekabrda tahminan 413,5 mlrd so‘mga baholangan edi. Bugungi kunga kelib qurilish ishlari bahosi 4 baravar — 1,7 trln so‘mgacha ($161,8 mln) oshib ketdi. Loyiha «Trest-12» tomonidan amalga oshirilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,01 so‘mga ko‘tarilib, 10 684,01 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
Fitch O‘zbekistonning suveren reytinglarini «BB-» darajasida barqaror bashorat bilan saqlab qoldi. Reyting agentiligining kutilmalariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,2%ga, inflyatsiya 9,8%ga va davlat qarzi YAIMning 42%gacha o‘sadi. Shu bilan birga, pandemiya va vaksinatsiya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha kechikishlar O‘zbekistonga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
O‘zbekiston bank sektorida aktivlar sifatining yomonlashishi xavfi ortib bormoqda, deya qayd etdi Fitch. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda aktivlarning sifat ko‘rsatkichlari pasaygan va bundan keyin ham yomonlashishi kutilmoqda. Bunga sabab — kredit ta’tillari muddati nihoyasiga yetganligi va ko‘p sonli kreditlar uchun imtiyozli davrlar yakunlanganligi.
UzAuto Motors Onix avtomobilini seriyalari ishlab chiqarish sinov tugagach boshlanishini, sotuvlar esa 2022 yilning oxiri — 2023 yil boshidan amalga oshirilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston mis mahsulotlarini sotishdan 2,5 milliard dollar daromad oladi, bu metalning qariyb 60 foizi xomashyo sifatida eksport qilinadi. Elektr transport vositalari va elektrotexnika ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga 2030 yilga borib global talabning 40 foizga o‘sishi kutilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi OKMK mis klasteri bazasida elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari hamda elektromobillar va elektr avtobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni tavsiya qildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,37 so‘mga pasayib, 10 666 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting