O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy korxonalar sonidagi ulushi 27 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining esa 30 foizi ishlamayapti. 2022-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 6 va 7 foizni tashkil etgan.
O‘zbekistonda 2030-yil yakunigacha iste’molchilarga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi.
Berlin Economics mustaqil konsalting kompaniyasi maslahatchisi Veronika Movchan JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimiga ega bo‘lishi ma’muriy jihatdan foydasiz ekanini ta’kidladi. Bojlar 80 foizga kamaytirilsa, YAIMning har yili 0,4% ko‘proq o‘sishi ta’minlanadi, dedi ekspert.
Tijorat banklari 21-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 435−11 490 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490−11 545 so‘m.
O‘zbekistonning 11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanda tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi qonun loyihasini deputatlar konseptual jihatdan qabul qildi.
Davlat aktivlari agentligi “O‘rta Osiyo Trans” korxonasidagi 51 foiz davlat ulushini Hyper Partners MCHJga 65 mlrd so‘mga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Savdo doirasida Hyper Partners va uning tegishli shaxslaridan hech biri sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagani to‘g‘risida xulosa taqdim etilgan.
Tijorat banklari 20-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420−11 475 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 500−11 535 so‘m.
O‘zbekiston transport vaziri va Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Eron-O‘zbekiston logistika markazini tashkil etish, shuningdek, Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlarida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida terminallar va omborlar qurishga kelishib oldi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazprom” bilan gaz kelishuvi tafsilotlarini e’lon qildi. Hujjat ikki yilga tuzilgan, yetkazib berish hajmi kuniga 9 million kub metrni, yillik hajm deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi. Avvalroq “Kommersant” hajm bundan ikki baravar ko‘proq bo‘lishi haqida yozgandi.
O‘zbekiston hukumati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib jismoniy shaxslar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini sotish tartibini tasdiqladi.
Tijorat banklari 19-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 405−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490−11 520 so‘m.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tashabbusli budjetlashtirish orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tanqidlarga uchradi. Nizomga ko‘ra, dasturlar bo‘yicha faqat mahalla raisi loyihalar to‘plamini kiritish huquqiga ega, fuqarolar esa bunday qilolmaydi.
Turkiya Markaziy bankining tarixdagi ilk ayol rahbariga aylangan Hafiza Erkan dunyo bo‘ylab markaziy banklarni boshqarayotgan kam sonli ayollar qatoridan o‘rin oldi. Prinston bitiruvchisi va AQSh bank-moliya sohasida katta nufuzga ega bo‘lgan Erkan xonim o‘z faoliyatida ilk bor davlat sektorida ish boshladi.
Yangi shartnoma bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga quvur orqali qariyb 6 mlrd kub metr gaz yetkazib beriladi, deb yozmoqda “Kommersant’”. Tahlilchilarga ko‘ra, “Gazprom” gazi O‘zbekistonga o‘z ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi, biroq Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha shartnomani bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Uzbekistan Airways parki o‘n sakkizinchi Airbus — A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi. Samolyotda bitta klass bo‘ladi — ekonom. Keyinroq salon ikki toifaliga aylantiriladi. Fyuzelaj rangi ham soddalashtirilgan — kompaniya tez orada samolyotlar tashqi ko‘rinishini yangilashni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonga olib kelingan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari kamaytirilgani ular narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishi taxminiy hisob-kitob qilindi. Jumladan, dvigatel hajmi 1000 kub sm gacha, narxi 10 ming dollar bo‘lgan avtomobilning yakuniy narxi 14 mingdan 12 ming dollargacha pasayadi.
OTP Bank “Ipoteka-bank”dagi 75% davlat ulushini sotib olib, boshqaruv huquqini qo‘lga kiritdi. Davlatning qolgan 25 foizi 3 yil ichida xarid qilinadi.
O‘zbekiston hukumati va “Gazprom” o‘rtasida Rossiya gazini mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma, shuningdek, respublika gaz uzatish tizimini gazni qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritadi.
Deputat Bekmirza Eshmirzayev iqtisodiyot va moliya vaziridan davlat budjeti ijrosi bo‘yicha hisobot Qonunchilik palatasiga belgilangan muddatdan 15 kun kechikib kiritilganining sababini so‘radi. Vazir bu shaxsan uning kamchiligi ekanini aytib, bu holat boshqa takrorlanmasligiga umid qilishini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting