O‘zbekistonda Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi hamda Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etiladi.
«O‘zagroservis» AJ korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Inflyatsiyani targetlashga o‘tish uchun alohida sohani emas, balki butun iqtisodiyotni demonopolizatsiya qilish lozim, dedi MB departamenti rahbari Behzod Hamroyev.
«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasida belgilangan «to‘lov» qonunchiligi talablarini buzganligi uchun MBning operatoriga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash tartibi mavjud.
Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga to‘liq tatbiq qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
«E-IJRO AUKSION» savdolarida 1955ta bo‘sh yer uchastkalari 596 mlrd. 585 mln. so‘m investitsiya kiritish, 7668 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 13 mlrd. 813mln. 600 ming so‘mga sotildi.
O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari bir oy davomida 425 mln dollarga kamayib, 25,29 mlrd dollarni tashkil etdi.
Jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini ularning bank kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi bo‘yicha qonuniy va shaffof mexanizm mavjud emasligi sababli Markaziy bank loyihaga e’tiroz bildirdi.
Alisher Usmonov Forbes jurnaliga bergan intervyusida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, prezident Shavkat Mirziyoyev va mamlakatga investitsiya kiritish rejalari haqida so‘zladi.
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.
«O‘zbekenergo» tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi har bir xonadonda bir yilda o‘rtacha 400 kVt. soatgacha elektr energiyasini tejash imkoniyati borligi aytildi.
QHTBT portalida Jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan soliq qarzini so‘zsiz hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda.
YeTTB Toshkentdagi kafe va restoranlar tarmog‘ini boshqaruvchi kompaniyalar guruhiga biznesni kengaytirish uchun 2 mln dollar kredit ajratishni tasdiqladi.
«Tadbirkorlar ham, aholi ham narxlar faqat o‘sadi, deb o‘ylaydi», — dedi MB departamenti rahbari. Aholi kutayotgan inflyatsiya darajasini pasaytirish rejalashtirilmoqda.
Jahon banki Kogon, Chortoq va Yangiyo‘lda shahar infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Niderlandiya agrotexnologiyalar markazida yerga ishlov berish, chorvachilik va pishloqlar ishlab chiqarish bo‘yicha golland texnologiyalaridan foydalaniladi.
«O‘zavtosanoat» va PSA Groupe avtozavod loyihasini qayta ko‘rib chiqadi. Zavodni 10 dekabrda ishga tushirish rejalashtirilgan edi.
Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda tashqi savdo saldosi minus 6,016 mlrd dollarni tashkil etdi.
Vazirlar Mahkamasining «Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.
O‘tkazilgan xatlov natijasida respublika bo‘yicha 48 ming 150 bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan ob’ektlar mavjudligi aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting