Soliq xizmatiga soliq qarzlarini so‘zsiz undirish huquqini beruvchi norma 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Markaziy bank banklarda naqd xorijiy valyuta sotilishi masalasini valyutani nazorat qilish to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinganidan so‘ng ko‘rib chiqadi.
Poytaxtning tuman hokimliklari huzurida ish boshlaydigan Investorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi xorijiy investorlarga ko‘maklashadi.
Zangiota termal sog‘lomlashtirish majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirishga belgiyalik maslahatchi jalb qilinadi.
DSQ ham Moliya vazirligi kabi gaz quyish shoxobchalarida narxlarni oshirishga asos yo‘q deb hisoblaydi. Soliq organlari narxlarni asossiz oshirgan gaz quyish shoxobchalari faoliyatini nazorat qilib boradi.
MB banklardan kreditlar va depozitlar foiz stavkalarini hamda tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qildi.
Joriy yilda mamlakat mudofaasini boshqarish milliy markazini yaratish va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirish rejalashtirilmoqda.
Eng qimmat go‘sht Chirchiqda, eng arzoni — Nukusda. Bozorlardagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari haqidagi ma’lumotlar.
DSQ ish beruvchilarga soliq yuklamalari kamaytirilishi hisobidan ozod qilingan mablag‘lar hisobidan oyliklarni oshirishni tavsiya qildi.
Toshkent tumanlari hokimliklari huzurida Investorlarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi. Ular qurilishga ruxsat olish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keluvchi masalalarni hal etishda ko‘maklashadi.
OTB Markaziy Osiyo energotizimi ichida energiya savdosini kengaytirish, Turkmanistonning unga qo‘shilishini o‘rganish va tizimni Afg‘onistonda kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Prezident qarori bilan shahar va shaharlararo yo‘lovchi tashuvchi xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha litsenziya olish talablari bekor qilindi.
Prezident qarori bilan xostellarni reyestrga kiritish talabini belgilagan holda xostellarning mehmonxona xizmatini majburiy sertifikatsiyalash talabi bekor qilindi.
Prezident qarori asosida 2019−2021 yillarda O‘zbekistonda mehmonxonalar qurilishining maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
Prezident tasdiqlagan turizmni rivojlantirish konsepsiyasida ichki va xalqaro aviaqatnovlar, temir yo‘l va avtomobil tashuvlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Toshkentda arzon uylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashgan «Poytaxt bank» Markaziy bank litsenziyasiga ega bo‘ldi.
Yanvar-fevral oylarida Toshkent avtobus saroylari 60 da ortiq MAN va SAZ LE 60 avtobuslariga ega bo‘ladi.
Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi mustaqil alohida organ tashkil etish rejalashtirilmoqda.
2019 yil uchun Davlat dasturi loyihasida Soliq kodeksining yangi tahriri sentyabr oyiga kelib ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting