O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga solish talablari soddalashtiriladi, sohadagi tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Adliya vazirligi DSQ va SES bilan birga 1 sentabrgacha tegishli hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 34,29 so‘mga arzonlab, 10 908,11 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida 174 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotildi. Tuzilgan bitimlarning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etgan.
Xalqaro plastik kartalardan naqd pul yechib olish uchun «Kapitalbank» 0,7 foiz, «Ipak Yo‘li» banki esa 1 foiz miqdorda komissiya o‘rnatdi. Banklar buni naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish bilan izohladi. Iqtisodchi Otabek Bakirov qolgan banklar ham komissiya o‘rnata boshlashi mumkinligini ta’kidladi.
Biznes-ombudsman tadbirkorlarni tekshirish jarayoni qonuniyligi va hujjatlar ijrosi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy hokimiyatlarda ham tekshiruvlar o‘tkazadi. Qolaversa, hududlarda sayyor qabullar tashkil etilib, tadbirkorlar muammolarini joyida hal qilish choralari ko‘riladi.
Prezident farmoni bilan «Business.gov.uz» portali «Tadbirkor virtual ofisi» axborot portaliga aylantirildi. U orqali tadbirkorlarning murojaati 24 soat davomida qabul qilinadi, onlayn muhokamalar va so‘rovnomalar o‘tkaziladi, yakuni bo‘yicha esa biznes-ombudsman prezident va hukumatga takliflar kiritadi.
O‘zbekistonning bir qator viloyatlaridagi gaz quyish shoxobchalarida ikki oy davomida 41 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Jizzax viloyatidagi 17 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi gaz o‘lchov tizimlariga tashqi ta’sir etish holatlari kuzatilgan.
Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2,6 mln so‘mni tashkil etganini ma’lum qildi. Avvalroq qo‘mita (qishloq xo‘jaligi va kichik biznes subyektlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni kiritmay) 2021 yilda yuridik shaxslarning o‘rtacha oylik maoshi 3,2 mln so‘m bo‘lganini qayd etgan edi.
Rothschild & Cie kompaniyasi maslahatchilari kapital bozorlarining yuqori o‘zgaruvchanligi sababli «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga IPO`ni chiqarish muddatini keyinroqqa qoldirishni tavsiya qildi.
Soliq qo‘mitasi iyun oyi uchun iste’molchilarga 61,9 mlrd so‘m keshbek to‘lab berdi. Shunday qilib, 2022 yilning olti oyi davomida fuqarolarga qaytarilgan summa 248,6 mlrd so‘mga yetdi.
Afg‘onistonda «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish tarmog‘i qurilishini boshlash muddatini 31 avgustga qadar uzaytirishga kelishib olindi. Hozirda O‘zbekiston hududida tarmoqning faqat bir qismi qurilgan, loyiha 2021 yil iyulidan to‘xtatilgan.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker-2 uchun shartnoma tuzishni avgustdan, Onix uchun esa oktabrdan boshlashni rejalashtirmoqda.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,89 so‘mga arzonlab, 10 960,17 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Ukrainadagi urush oqibatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda korxonalar xarajatlarning oshishi va kreditlash imkoniyatlarining qisqarishi kabi muammolarga duch kelmoqda. Jahon bankiga ko‘ra, bu biznesning yopilishi, ish joylarining yo‘qotilishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishi mumkin.
Jahondagi iqtisodiy va geosiyosiy vaziyat oqibatida qashshoqlik darajasi o‘sib borayotgani uchun imtiyozli kreditlarni bekor qilishni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keldi, dedi MB raisi Mamarizo Nurmuratov. Shunga qaramasdan regulyator hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 47,08 so‘mga qimmatlab, 10 967,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi.
Humo va Uzcard to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiya asosida ishlamoqda, biroq jarayon ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti, deya ta’kidladi MB rahbari Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim Uzcard shartlari Humo`ga tushmaydi.
20-avgust — Tadbirkorlar kunida prezident ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazadi. Taklif va savollar iyul oxiriga qadar qabul qilinadi.
UzAuto Motors kompaniyasiga berilgan kredit Rossiyaning Transkapitalbank (TKB) va Credit Suisse o‘rtasidagi sud jarayoniga sabab bo‘ldi. Sud Shveysariya bankining Rossiyadagi aktivlarini, jumladan 10 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ini muzlatib qo‘ydi.
Mart oyidan Markaziy bank naqd xorijiy valyutani olib kirish va tijorat banklariga taqdim etishni boshladi. Ilgari chet el valyutasi asosan Rossiya banklaridan olib kelingan, biroq hozirda bu imkoniyat cheklangan va Yevropa banklari «naqd pul»ni «biroz xavotir va ehtiyotkorlik bilan» bermoqda, dedi MB rahbari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting