“Davlat belgisi” DUK tomonidan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarining tanlovi e’lon qilindi. Komissiya dizayn loyihalarini o‘rganib chiqib, 15 ta g‘olibni tanlab oladi. 1-o‘rin uchun 20 mln, 2-o‘rin uchun 15 mln, 3-o‘rin uchun 10 mln va 4−15 o‘rinlarga 3 mln so‘mdan mukofot puli beriladi.
“Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi 6-iyuldan boshlanadi. Loyihalarni 26-iyulga qadar kiritish mumkin. Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Andijon viloyati prokurori sifatida ishlab kelayotgan Marufxon Xodjayev “Hududgazta’minot” AJning yangi rahbari bo‘ldi. Kompaniya ochilganidan buyon unga Bahodir Eshmuratov raislik qilib kelayotgandi.
“O‘zbekneftgaz” UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neftni qayta ishlash zavodini Daniyar Kamilov kompaniyasiga 519 mlrd so‘mga (42,3 mln dollar) sotgan bo‘lishi mumkin. Davaktiv va “O‘zbekneftgaz” haligacha kelishuv tafsilotlari haqida ma’lumot bermadi.
Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel-may oylarida O‘zbekiston xorijga oltin sotishni sezilarli darajada qisqartirgan. Fevral-mart oylarida 23 tonna oltin eksport qilingan bo‘lsa, aprel-mayda ko‘rsatkich 1 tonnani tashkil etgan.
Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligi subyektlariga ekinlar hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining 50 foizi, biroq sug‘urta summasining 4 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
2024-yilda gaz subsidiyasiga 9,5 trln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ ajratilgan, biroq uning 85 foizi birinchi chorakda o‘zlashtirib bo‘lindi, dedi hukumat a’zolarining so‘zlariga tayangan deputat Doniyor G‘aniyev. Ammo unda subsidiyalar hajmi va ijtimoiy sohada o‘zlashtirilmagan xarajatlarga oid savollar tug‘ilgan.
BYD O‘zbekistonga kirgach, narxlar tushib bormoqda, dedi BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov. Unga ko‘ra, Jizzaxdagi zavoddan chiqadigan mashinalar narxi chetdan olib kelinadiganlari narxidan arzon bo‘ladi. Zavod 3 ta yangi modelni ishlab chiqarmoqchi, mahalliylashtirishni 60 foizga yetkazmoqchi.
Prezident energiya samaradorligini oshirishga doir yig‘ilishda enegriya iste’molida o‘g‘irliklar ko‘payganini ta’kidladi. U buni noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, oqibatiga qarshi kurashilayotgani bilan izohladi. Energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullar javobgarligini oshirish zarur, dedi u.
O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun 14 kunga vizasiz rejim joriy qildi. Ushbu muddatdan ko‘proqqa qolishni istaganlar aeroportga kirishda viza olishlari mumkin.
Iyun oxirida O‘zbekistonda sabzavot va mevalar hamda deyarli barcha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining mavsumiy pasayishi fonida 0,2 foizli deflyatsiya qayd etildi. Shu bilan birga, yillik inflyatsiya 10,6 foizgacha tezlashdi. Dori-darmonlar narxi oshishda davom etmoqda, davlat bog‘chalari to‘lovi esa oshdi.
Davaktiv agentligi radioelektron jihozlar uchun elektron texnika va integral mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi “Foton” korxonasining 85,58 foiz davlat ulushi Havvo Group MCHJga 151 mlrd so‘mga sotilganini ma’lum qildi.
IT-tadbirkor elektr ta’minotining tez-tez uzilishidan shikoyat qildi, shu sababli u xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini buzmoqda. Tadbirkor elektr tarmoqlari korxonalariga nisbatan javobgarlik joriy etishni taklif qildi. Biznes-ombudsman hozirda shunday taklif ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga qilgan safari taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U mamlakatda aholining 70 foizdan ortig‘i va deyarli barcha korxonalar foydalanadigan platformaning mashhurligidan faxrlanishini ta’kidladi.
Yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 26,73 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘p. So‘nggi oylar dinamikasi o‘sish sekinlashganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, gaz importi keskin — 643,2 mln dollarga oshdi, oltin eksporti esa deyarli 4,2 mlrd dollarga yetdi.
Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan Yoshlar ishlari agentligiga o‘tkaziladi. Jamg‘arma yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab, ularga “biznes paket” qilib beradi. Shuningdek, 14 ta tumanda “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochiladi.
O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi, dedi “O‘zatom” rahbari maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov. Shuningdek, u atom energetikasini rivojlantirish va kichik modulli reaktorlarni tanlash zarurligini tushuntirdi.
Yanvar-may oylarida O‘zbekistondan Xitoyga qilingan gaz eksportiga oid ma’lumotlar kamida 94 mln dollarga (2,6 marta) farq qilmoqda. “Gazeta.uz” bu bo‘yicha ikkala davlatning 2020−2024-yillarda bergan ma’lumotlarini solishtirdi va tafovut 538 mln dollarga yetganini aniqladi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi. Yangi, sovitilgan yoki muzlatilgan parranda go‘shti importi uchun bojxona to‘lovi bekor bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev BYD prezidenti Van Chuanfu bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” transportni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish rejalarini muhokama qildi. U innovatsion tadqiqot markazini yaratish, Blade batareyalari va BYD elektrobuslarini ishlab chiqarish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting