O‘zbekistonda 1-apreldan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar 68 baravar (34 ming so‘mdan 2,32 mln so‘mgacha), elektromobillar uchun esa 15 baravarga oshadi. Ichki ishlar vazirligining bu bo‘yicha buyrug‘i to‘lovlar miqdori oshishidan bir kun oldin qabul qilindi.
1-apreldan O‘zbekistonda avtomobillar importi tartibi kuchaytirilishi, muvofiqlik sertifikati boshqa shaxs nomiga berilgan bo‘lsa, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish taqiqlanishi kutilmoqda. O‘zgarishlar haqida rasmiy xabar berilmadi. Rasmiy dilerlar orqali sotish tartibi ham tiklanishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda “zararli” toifadagi avtomobillarni “toza” toifadagi avtomobillarga almashtirish uchun subsidiya berish rejalashtirilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bir oy muddatda mazkur tashabbusni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
2023-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti defitsiti rekord daraja — 59 trln so‘mni tashkil etib, avvalgi yillardagi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘ldi. O‘tgan yil oxirida hukumat xarajatlar chegarasini ushlab turolmagani sababli parlament orqali limitni oshirgandi.
Birinchi chorakda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6 foizga, sanoat esa qariyb 10 foizga o‘sadi, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. U korxonalarning debitor qarzdorligini kamaytirish va xarajatlar asossiz o‘sishining oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2023-yilda Afg‘onistonga 91,2 mln dollarlik elektr energiyasi eksport qildi va 9,6 mln dollarlik elektr energiyasi tranzitini amalga oshirdi. Shuningdek, tashkilot yil davomida magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt•soat elektr energiyasi uzatdi.
Fitch agentligi O‘zbekiston bank sektoridagi o‘sishni qayd etdi — urg‘u ko‘proq bozorga asoslangan yondashuvga ko‘chgan. Ammo tashkilot, shuningdek, chuqur tuzilmaviy zaifliklar va yangi risklar tufayli keyingi yaxshilanishlarga erishish uchun ko‘proq vaqt talab qilinishi mumkin, deb hisoblaydi.
Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasiga qiziqish bildirmoqda. Uni ta’mirlash 2022-yil boshida muhokama qilingandi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda pulli yo‘llar qurishni reja qilmoqda.
Jahon banki O‘zbekistondagi gender holati bo‘yicha hisobotining asosiy xulosa va tavsiyalarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, agar ayollar iqtisodiy hayotda erkaklar bilan teng ishtirok eta olsa, O‘zbekiston yalpi milliy daromadi (YMD) taxminan 29 foizga oshishi va 700 mingdan ortiq odam kambag‘allikdan chiqishi mumkin.
O‘zbekiston hukumati 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini uch baravar oshirishni reja qilmoqda, deb yozmoqda “TASS”.
Prezidenti Namangan viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqdi. Viloyatda Turkiya tajribasi asosida zargarlik markazi qurish, tog‘ turizmi va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, Qamchiq dovoni yonida logistika markazi ochish va boshqalar rejalashtirilmoqda.
Psixolog va iqtisodchi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman 90 yoshida vafot etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva avtomobilining narxi tuman hokimlari uchun belgilangan limitdan yuqori ekanini aniqladi. Avtomobil Surxondaryo viloyati hokimligi balansiga o‘tkazildi. Sobiq deputat Rasul Kusherbayev bu muammoning yechimi emas, deb hisoblamoqda.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollarga (+10,5 foiz) yetdi. 2,66 mlrd dollarni tashkil etgan import va eksport o‘rtasidagi farq fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin sotilishi hisobiga biroz qisqardi. Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi.
2024-yilning ilk ikki oyida O‘zbekistonga gaz importi 166,7 mln dollarni tashkil qildi. Bu davrda mamlakat 26,7 mln dollarlik gaz eksport qilgan bo‘lsa-da, Xitoy O‘zbekistondan 57,3 mln dollarlik gaz import qilganini bildirdi, bu O‘zbekiston tomoni bergan raqamlardan ikki baravar ko‘pdir.
“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi.
“20 000 00 00” mobil raqami auksionda rekord darajadagi 1,07 milliard so‘mga (85 ming dollar) sotildi. Auksionda 10 nafar talabgor ishtirok etib, 87 ta taklif kiritdi, shu bois raqamning boshlang‘ich bahosi 5 barobarga oshdi.
Xitoy Pop tumanida joylashgan Pungan qishlog‘i va Namangan shahri o‘rtasidagi yo‘lni rekonstruksiya qiladi va kengaytiradi. Prezident loyihani ma’qullab, bu “Yangi O‘zbekistonga yangi yo‘l” bo‘lishini ta’kidladi. Uni amalga oshirish 2013-yildan beri rejalashtirilayotgan, biroq 2016-yilda to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Prezident Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi. O‘tgan yili uchib kelish terminali rekonstruksiya qilingandi. Quvvatni yana 3 barobar oshirish rejalashtirilgan. Yuk terminali, umumiy ovqatlanish va yoqilg‘i quyish majmualari qurish ko‘zda tutilgan.
Xitoyning China Mining Energy Group kompaniyasi Namangan viloyati Chust tumanida mis rudalarini qazib olish va qayta ishlashni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 200 million dollarga baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting