“O‘zavtosanoat” bilan birgalikda Jizzax viloyatida gibrid va elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘ygan BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillarning “tartibsiz” importini cheklashni so‘radi. Bu so‘rov import qilingan modellarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitiga moslashtirilmagani bilan izohlangan.
O‘zbekistonda bosh vazir rahbarlik qiladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi. Prezident savdo uylarini tadbirkorlar boshqaruviga berish, tomorqasida meva-sabzavot yetishtirayotganlarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ko‘rish va boshqalarni qo‘llab-quvvatladi.
Prezident yana bir bor eksport muhimligini ta’kidladi. “Bir haqiqatni aniq tushunib olish zarur. Inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini ta’minlash eksport bilan chambarchas bog‘liq. Qanchalik ko‘p mahsulot ishlab chiqarmaylik, eksport uchun kerakli shart-sharoitni yaratmasak, o‘zgarish bo‘lmaydi”, — dedi u.
O‘zbekistonda tabiiy va suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha monopoliyani bekor qilish va past bosimli gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarishga xususiy biznesni jalb qilish rejalashtirilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” 2024-yil oxirigacha 29,3 mlrd metr kub gaz qazib olish uchun gaz quduqlarini burg‘ilashga 320 mln dollardan ortiq, ularni ta’mirlashga 45 mln dollar sarflash va 79,6 mln dollarlik geologik qidiruv ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. Bu hajm avvalgi prognozlardan 4,8 mlrd kub metrga kam.
O‘zbekistonda budjet jarayoni va ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. Loyiha, jumladan, Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda emas, har yarim yilda axborot berishini nazarda tutadi. Asosiy ma’lumotlar.
Raqobat qo‘mitasi Humo Air 2024-yilda 284 ta aviareysni bekor qilgani va yo‘lovchilar chipta pulini qaytarib ololmayotganini bildirdi. Oqibatda iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi qonun buzilgan. Kompaniya pulni qaytarish bo‘yicha arizalar ko‘pligi, ammo barchasi ham to‘g‘ri va to‘liq emasligini aytmoqda.
Raqobat qo‘mitasi Humo Air 2024-yilda 284 ta aviareysni bekor qilgani va yo‘lovchilar chipta pulini qaytarib ololmayotganini bildirdi. Oqibatda iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi qonun buzilgan. Kompaniya pulni qaytarish bo‘yicha arizalar ko‘pligi, ammo barchasi ham to‘g‘ri va to‘liq emasligini aytmoqda.
“O‘zaviatsiya” Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berdi. 15-mart kuni aviatashuvchi Turkiston va Samarqand o‘rtasida qatnovlarni boshladi.
Bahodir Burxanovich Usmonov hammuassisi bo‘lgan Reach Impex kompaniyasi McDonald’s savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ikkita ariza topshirdi.
Hukumat kungaboqar va o‘simlik yog‘i eksportiga cheklovlarni yumshatdi. Korxonalarga import qilingan urug‘lardan tayyorlangan mahsulotlarning 50 foizgacha qismini eksport qilishga ruxsat berildi.
Hujjatlarga ko‘ra, Toshkentdagi “Qo‘yliq” qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori aksiyadorlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan va hatto 53,9 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqarish bo‘yicha qaror ham qabul qilgan.
O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat berayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi. Hududlarda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.
Prezident qarori bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etildi. Undagi va “O‘zbekekspertiza”dagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi.
Fevral yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha turdagi avtomobillar savdosi oy davomida 20,4 foizga, yillik hisobda esa 6,3 foizga qisqardi. Yengil avtomobillarga bo‘lgan talab 14 foizga kamaydi.
O‘zbekistonda fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Aholi va tadbirkorlar eng ko‘p valyuta kursi o‘zgarishi hamda yoqilg‘i va energetika narxi oshishidan xavfsiramoqda.
O‘sh shahri hokimligi Samarqand avtomobil zavodidan (SamAuto) 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusini xarid qiladi. Xarid O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
LOT Polish Airlines Polshadan O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Varshavadan ilk reys 14-mart kuni tongda Toshkentga yetib keldi. Parvozlar haftada 3 marta amalga oshiriladi. Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayev buni Yevropa bilan havo aloqalarini o‘rnatishda muhim qadam, deya atadi.
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyator iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish bo‘yicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganini qayd etdi.
Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyida 1,6 foizga oshib, kvadratiga 1140 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning uchta tumani — Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroyda narxlar oshdi, Bektemir va Uchtepa tumanlarida esa pasaydi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting