Yangi yil bayrami arafasida bozorlarda arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bosh prokuratura narxlarni asossiz ravishda oshirishga urinishlarni nazorat qiladi, deya ta’kidlandi prezident yig‘ilishida.
Toshkent shahri va O‘zbekistonning besh viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopildi. 13-dekabrdan ushbu hududlarda 1179 ta shoxobchadan 547 tasi ishlamoqda.
Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda 2024-yil hosilidan boshlab fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar chigit ekishdan avval birjada savdo o‘tkazish orqali tuzilishi ma’lum qilindi. Fermerlar va klasterlarga paxta xomashyosini yetishtirish uchun kreditlar ajratishning yangi tizimi joriy etiladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kun tartibidan chiqardi. Unda davlat yordami bo‘yicha loyihalarni Raqobat qo‘mitasi bilan maslahatlashishni majburiy qilish, ayrim sanksiyalarni yumshatish taklif etilgandi.
Fitch xalqaro reyting agentligi “shahar reyting jarayonida ishtirok etishni to‘xtatishga qaror qilgani” sababli Toshkentning kredit reytinglarini qaytarib oldi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 700 kilometrlik qishloq yo‘llarini yaxshilash maqsadida 240 mln dollar miqdorida qarz ajratadi. Loyiha orqali ko‘priklar va drenaj tizimlarini kuchaytirish, transport qatnovi sig‘imi, sifati va xavfsizligini hamda iqlimga chidamliligini oshirish ko‘zda tutilgan.
305 kilometrli “Toshkent-Samarqand” pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi. Uning dastlabki texnik-iqtisodiy asosi Avstriya kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab benzin ishlab chiqarishni ikki baravar — kuniga 1000 tonnagacha oshirishini ma’lum qildi. Qish mavsumida “yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban” shunday qaror qabul qilingan.
2023-yil oktabr oyida O‘zbekiston 11 tonna oltin sotib, bu bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egalladi.
Noyabr oyi oxirida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxi keskin oshganiga qaramay, biroz qisqarib, 32,89 milliard dollarni tashkil etdi. O‘tgan oyda zaxiradagi ushbu qimmatbaho metallning jismoniy hajmi 12,4 tonnaga kamaydi.
Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyani ma’qulladi. Operatsiya doirasida bank hukumatga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 million AQSh dollari miqdorida kreditlar shaklida moliyaviy yordam beradi.
Buyuk Britaniya hukumati “Rossiya harbiy texnikalari”ni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilingan shaxslar va tashkilotlarga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasi ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.
Ukraina hukumati O‘zbekistonning “Foton” elektronika zavodi va uning direktoriga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Oldinroq korxonaning davlat ulushi sotuvga qo‘yilgandi.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi savdo xarajatlarini kamaytiradi va aholi farovonligini oshiradi, dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Xakimov AQShda o‘tkazilgan brifingda. Uning aytishicha, savdoni liberallashtirish orqali qo‘shimcha 0,4−0,5 foizgacha iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin.
Energetika vazirligi “aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida” O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 15:00 gacha olib borilishini ma’lum qildi.
Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Yandex Go taksi agregatorlari bozorida 86,3 foiz ulush bilan O‘zbekistonda ustun mavqeni egallaydi. Endi u ustun mavqeni egallab turgan subyektlar reyestriga kiritilishi va monopol narxlardan foydalanishning oldini olish bo‘yicha harakatlarni nazorat qilishi kerak.
Qashqadaryo viloyatida sovuq ob-havo kutilayotgani munosabati bilan 8-dekabrdan gaz quyish shoxobchalarining ish vaqtiga cheklovlar joriy etildi. Bu shoxobchalari cheklangan jadval asosida ishlay boshlaganini e’lon qilgan to‘rtinchi hudud bo‘ldi.
Andijon va Qoraqalpog‘iston ortidan Surxondaryo ham metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov kiritildi. Viloyatdagi AGTKSHlar 2023-yil 7-dekabrdan boshlab soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
Davlat soliq qo‘mitasi taksi bozorini tartibga solish bo‘yicha qanday ishlar qilayotgani haqida ma’lumot berdi. Yandex Go integratsiyasidan keyin 6 kun ichida 13,5 mlrd so‘mlik 800 ming 483 ta chek shakllantirilgan. Yaqin kunlarda Uklon va MyTaxi foydalanuvchilari ham fiskal cheklarni ola boshlaydi.
Qoraqalpog‘istondagi gaz to‘ldirish shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish belgilangan reja asosida — soat 06:00 dan 15:00 gacha amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting