11 oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 355,2 ming dona yoki 2022-yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga ko‘p avtomobil ishlab chiqarildi. Eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan (104,6 mingta). Shuningdek, Chery ishlab chiqarish keskin o‘sdi va avtobuslar ishlab chiqarish importning ko‘payishi fonida kamaydi.
Jahon banki o‘zining yangi hisobotida Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiya iqtisodiyoti tiklanishiga bog‘liq ekani, uzoq muddatli istiqbolda esa eng muhim omillardan biri iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘lishini qayd etdi.
Kelgusi 6 yilda O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab 83 mlrd dan 120 mlrd kilovatt-soatgacha o‘sishi kutilmoqda. “Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya hisobidan qoplaymiz”, — dedi prezident. U, shuningdek, Osiyo va Yevropa bozorlariga “yashil” energiya yetkazib berish rejalarini ham ma’lum qildi.
Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida quyosh elektr stansiyalari, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Ularning umumiy quvvati 2400 MVtni tashkil qiladi.
Davaktiv rieltorlik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha fikrlarga munosabat bildirib, uning 3-moddasida tartib ko‘chmas mulk mulkdorlarining o‘zlari mustaqil tuzadigan bitimlariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilganini ta’kidladi. Qonun loyihasining 27-moddasi qayta ishlanadi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidulla Oxunzoda bilan Toshkentda Transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini jadallashtirishni muhokama qildi.
“Gazprom” kompaniyasi kuchli sovuq fonida Toshkent so‘roviga ko‘ra O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish hajmini ikki baravar oshirdi, dedi xolding rahbari Aleksey Miller. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali “texnik imkoniyat jihatidan maksimal hajm” yetkazib berilmoqda.
UzAuto Motors 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi. 25−27-dekabr kunlari ommabop avtomobillar kontraktatsiyasi davrida jami 171,2 mingdan ortiq shartnoma berildi.
Markaziy bank tijorat banklaridan “mijozning roziligisiz va ogohlantirmagan holda” kredit hamda boshqa qarzlarni to‘lash uchun uning kartasidan pul yechib olish amaliyotiga chek qo‘yishni talab qildi. Regulyator boshqaruv raisi o‘rinbosari tomonidan banklar va to‘lov tizimlariga talablar aks etgan xat yuborildi.
UzAuto Motors va boshqa kompaniyalarga avtomobillarni eksport qilishda “yo‘l xarajatlari”ni qisman qoplash uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratiladi. Mablag‘ni 2022-yilda utilizatsiya yig‘imini qoplash uchun ajratish rejalashtirilgan, ammo o‘shanda mablag‘ yetishmagan.
2024-yilgi konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi 3 foiz o‘rniga 4 foiz etib tasdiqlandi (52,5 trln so‘m). Davlat qarzi bo‘yicha chegara ham 5 mlrd dollargacha oshdi, unga xizmat ko‘rsatish yanada qimmatlashadi. YAIM o‘sishi 5,6−5,8 foiz, inflyatsiya 8−10 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.
XVJ missiyasi O‘zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o‘sish 5,7 dan 5,2 foizgacha sekinlashishi, inflyatsiya esa energiya tariflari oshishi hisobiga 11 foizgacha tezlashishini kutmoqda. Qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirish, budjet xarajat va daromadlarini sezilarli darajada optimallashtirish zarurligi qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. 2024-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori YAIMning 4 foizi miqdorida belgilandi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2030-yilga borib davlat idoralari rahbariyatining kamida 30 foizi ayollardan iborat bo‘lishi kerak. Shuningdek, kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi ayol tadbirkorlarning ijara haqi qisman qoplanadi, xotin-qizlar tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi.
Foydali qazilmalar qazib oluvchi kompaniyalar uchun navbatdagi imtiyozni joriy etish reja qilinmoqda. Kelasi 2 yilda metall va uglevodorodlar qazib olishni boshlaydiganlar renta solig‘idan umrbod ozod etilishi mumkin. Deputat Doniyor G‘aniyev bunga qarshi chiqsa-da, hamkasblari normani baribir qabul qildi.
Bosh prokuratura Nurobod tumanidagi korxona elektrga noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning faoliyati bilan shug‘ullanganini aniqladi. MCHJ 2,5 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan.
MHTI ekspertlariga ko‘ra, 2022−2023-yillarda jahon bozoridagi neft narxi O‘zbekistondagi benzin narxlariga 1 oylik kechikish (lag) bilan ta’sir qildi. Shuningdek, talab yuqori bo‘lgan Ai-80 va Ai-92 markali benzinlarning ulgurji narxlari jahon bozoridagi neft narxiga sezuvchan ekani aniqlandi.
Noyabr oyida O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini oshirib, 54,59 mln dollarlik gaz sotdi. Shu bilan birga, yil boshidan buyon eksport hajmi 509,03 mln dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki baravar kam.
Davlat soliq qo‘mitasi “Gazeta.uz” muxbirining YandexGo UB qachondan soliq to‘lashni boshlashi, Yandex`ning boshqa kompaniyalardan farqi, sohadagi raqobat muhiti va nima uchun qo‘mita bu masalaga ehtiyotkor yondashayotgani haqidagi savollariga javob berdi.
Televideniyeda “praym-taym”da ko‘proq xorijiy seriallar namoyish etilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. U mahalliy ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashni taklif etib, Milliy seriallar ishlab chiqarish konsepsiyasini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi. Toshkent viloyatida Cinema Park kinohududi tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting