O‘zbekistonda oktabr oyida AYOQSHlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.
Tashabbusli budjet loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarga 2024-yil uchun mo‘ljallangan davlat budjetidan mablag‘ ajratish taklif etilmoqda.
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga elektromobillar importi 22,5 mingtaga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 barobardan qo‘pdir. Yetkazib berish miqdori 582 mln dollardan oshdi.
Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistonda geologiya-qidiruv va uran qazib olish ishlariga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi. Navoiy viloyatidagi ikkita hududda qidiruv ishlari olib boriladi. Emmanuel Makronning mamlakatga tashrifida ham bu masalalar ko‘rilgandi.
“Gazprom” bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 7-oktabrdan beri O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U import qilingan “moviy yoqilg‘i” narxini yana oshkor qilmadi.
2024-yil o‘rtalariga qadar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yil davomida gaz yetkazib berish va tranzit bo‘yicha hamkorlik majburiyatlarini belgilashni rejalashtirmoqda, dedi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller. Kompaniya ulardagi boshqa gaz quvurlari tizimidan foydalanishga tayyorligini bildirdi.
To‘qqiz oy davomida O‘zbekistonga 2,58 mln donaga yaqin mobil telefon import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘pdir. Yetkazib berish hajmi 178,2 mln dollardan (+23,3 foiz) oshdi.
O‘zbekistonda benzin taqchilligi mavjud emas, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U nima sababdan birjada yoqilg‘i sotib olishga cheklov kiritilganini tushuntirdi.
Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatga ko‘ra, Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 million tonnaga oshirish rejalashtirilmoqda.
Oktabr oyi oxirida O‘zbekistonda 1 foizlik inflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya yana 9 foizdan tushdi. Energiya tariflari oshishiga qaramay, bu oxirgi 7 yildagi eng past oylik ko‘rsatkichdir. Iqtisodchining taxmin qilishicha “iqtisodiy haroratni o‘lchaydigan termometr buzilib qolgan”.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi budjet barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar va xavflarni sanab o‘tdi. Ular qatorida so‘mning qadrsizlanishi, oltin va mis narxining pasayishi, energiya tariflari oshirilmasligi, oziq-ovqat mahsulotlari jahon narxlarining oshishi va boshqalar bor.
AQSh “Rossiya armiyasi uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olish va yaratish kabi faoliyat bilan shug‘ullangan” 13 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekistondan Mvizion kompaniyasi ham bor.
UzAuto Motors Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 sotuvi boshlanganini e’lon qildi.
2023-yilda davlat budjetidan aholiga gaz, elektr, issiqlik ta’minoti va jamoat transporti narxlarini subsidiyalash uchun 31 trln so‘mdan ortiq (2,53 mlrd dollar) ajratish rejalashtirilgan. Bu nafaqa, moddiy yordam, ilm-fan, sport va madaniyat uchun ajratilgan jami mablag‘dan ko‘proq.
Toshkentda SHHT davlatlarining birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida “Belarus — Rossiya — Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston” va “Rossiya — Kaspiy dengizi — Turkmaniston — O‘zbekiston — Qirg‘iziston” yangi xalqaro transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.
Ekspertlar O‘zbekiston shaharlarining yashash uchun qulaylik reytingini tuzdi. Indeks ta’lim, tibbiyot, atrof-muhit, infratuzilma, madaniyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. Natijalarga ko‘ra, kuchli uchlikni Toshkent, Urganch va Buxoro shaharlari, quyi o‘rinlarni Yangiyer, Ohangaron va Quvasoy shaharlari band etgan.
O‘zbekistonda 2024-yilda davlat budjetining ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar miqdorini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari 9,6 trln so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisobda ish haqi, pensiya va stipendiyalarga davlat budjeti xarajatlarining yarmidan ko‘pi yo‘naltiriladi.
Rossiyaning Fly and See Agro kompaniyasi O‘zbekistonda dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 80 mln dollarlik bo‘lgan besh yillik loyiha Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshiriladi.
“Mikrokreditbank” Toshkent markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” binolari xaridoriga aylandi. Bitimlarning umumiy summasi 387 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2024-yilgi soliq o‘zgarishlariga ko‘ra, bir qator soliq imtiyozlari bekor qilinadi, shakarli gazlangan ichimliklar uchun aksiz solig‘i, shinalar uchun utilizatsiya solig‘i, og‘irligi 10 tonnadan ortiq yuk avtomobillariga yo‘l yig‘imi va boshqalar joriy etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting