Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga inson kapitalini rivojlantirish uchun 93 mln dollar yo‘naltiradi. Mablag‘lar sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, aholini kasb-hunarga o‘qitish orqali inklyuziv o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksion savdosiga yetti kun qolganida ro‘yxatdan o‘tgan Smart Fast Story tomonidan sotib olindi. 1 gektar yer 48,07 mlrd so‘mga baholandi.
Avgust oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi keskin oshib, 14,5 foizni tashkil etdi. Bu rasmiy yillik inflyatsiyadan 5,5 foizga yuqori. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini his qilgan.
O‘zbekiston aholisining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari 6 oylik pasayishidan so‘ng avgustda keskin oshdi. Aholi va tadbirkorlarning xavfsirashida valyuta kursining o‘sishi omili kuchaydi. So‘rovnomada qatnashganlar orasida narxlar 9−12 foizdan ko‘proq oshishini kutayotganlar soni ko‘paydi.
Toshkent viloyatida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida 15,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar hamda 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi. Jiddiy qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Apple kompaniyasi yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Unda iPhone 15 va yangi Apple Watch`lar namoyish etildi. Kompaniyaning yangi smartfonlarida Lightning o‘rniga USB-C porti bo‘ladi. iPhone 15 Pro esa titan korpus bilan chiqariladi. Yangi qurilmalar haqida batafsil ma’lumot.
O‘zbekistondagi avtomobil bozorida sotuvlar avgust oyida iyulga nisbatan 2,3 foizga o‘sdi. Elektromobillar savdosidagi o‘sish esa 38 foizga yetdi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.
Yaponiyaning 2 mln dollarlik moliyaviy ko‘magida BMTTD Orolbo‘yida iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasini ishga tushirdi. Yaponiya, shuningdek, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va qishloq joylaridagi aholi barqarorligini oshirishda ko‘maklashadi.
“Andijon” aeroportining yangi aerodrom majmuasi uchun uzunligi 3400 m, eni 60 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi quriladi, shuningdek, tungi vaqtda va og‘ir ob-havo sharoitida barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish imkonini beruvchi yoritish moslamalari bilan jihozlanadi.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari so‘mning qadrsizlanishi va pul o‘tkazmalari qisqarishi fonida ketma-ket beshinchi oy pasaydi. Avgust oyida zaxiralar deyarli 1 mlrd dollarga kamaydi va 32,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Yil boshidan buyon mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 3,08 mlrd dollarga kamaydi.
O‘zbekistonda 1-noyabrdan boshlab ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish mexanizmi joriy etiladi.
O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan Savdo va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma (TIPF) imzolagan mintaqadagi birinchi va dunyoda yettinchi davlat bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Seulda qator muzokaralar o‘tkazdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida energoresurslar bilan uzluksiz ta’minlash uchun qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirib berdi. Avvalroq u buni ta’minlamay turib, aholi uchun elektr va gaz tariflari oshirilmasligini aytgandi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya qo‘shma gaz loyihasi doirasida “O‘ztransgaz”ning Koreya kompaniyalari oldidagi qarzini to‘lash bo‘yicha “murosa variantini” topdi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Unga ko‘ra, loyihada ishlab chiqariladigan xomashyo va tovar gaziga tariflarni o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflarni belgilashdan oldin uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish zarur, deya ta’kidladi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatga yangi tarifni 2024-yilning 1-mayidan joriy etish bo‘yicha taklif kiritilishi kutilmoqda.
Fiskal va monetar rag‘batlantirish vositalari orqali iqtisodiyotni rag‘batlantirishni davom ettirish inflyatsion bosimni keltirib chiqarishi mumkin, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi choraklik makroiqtisodiy tahlilida. Markaz 2023-yilda YAIM o‘sishi 5,8 foizni tashkil etishini prognoz qildi.
O‘zbekiston hukumati qarori loyihasida yaqin olti oyda gaz to‘ldirish shoxobchalarida gazning maksimal chakana narxi 3250 so‘mdan oshmasligi uchun “qat’iy choralar” ko‘rilishi ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston Janubiy Koreyaga Qoraqalpog‘istondagi Surg‘il konidan gaz qazib oluvchi Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma gaz loyihasi bo‘yicha to‘lanmagan 1 milliard dollar qarzini qoplashga rozi bo‘ldi.
Samarqandda o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasidagi investitsiya forumida 24 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihasi bo‘yicha umumiy qiymati 857,3 mln dollarlik kelishuvlar imzolandi. Forum doirasidagi kelishuvlarning jami qiymati 1,88 mlrd dollarni tashkil etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting