O‘zbekiston hukumati 1-oktabrdan yirik korxonalar, budjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlarini erkinlashtirishni rejalashtirmoqda. Aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qoladi.
Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday ta’sir qilmoqda, raqamlashtirish ta’minot zanjiri samaradorligini oshiradimi, qishloq xo‘jaligi yeriga egalik masalasi qanday hal qilinadi? Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bu bo‘yicha Samarqandda o‘tgan xalqaro konferensiya chog‘ida “Gazeta.uz”ga intervyu berdi.
Prezident Energetika vazirligiga sanoat korxonalarini ogohlantirmasdan elektrdan uzib qo‘yish amaliyotiga “qat’iy chek qo‘yish” bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir boshchiligidagi komissiya qo‘shimcha ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olgan holda har oyda hududlar bo‘yicha energiya balansini ishlab chiqishi kerak.
Ravnaq-bank xususiy banki mulkdori o‘zgargach, o‘z nomini Octobank deb o‘zgartirishga qaror qildi.
O‘zbekistonda xususiy aviakompaniyalarni rivojlantirish uchun ishlab chiqarilgan kundan boshlab 25 yildan ortiq vaqt o‘tmagan lizingga olingan havo kemalarini olib kirishda davriy bojxona to‘lovlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda.
Tijorat banklari 8-sentabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 075−12 130 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 150−12 210 so‘m.
Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bunga pandemiya oqibatlari, global muammolar va qishloq oziq-ovqat sektoridagi eski yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish turtki bo‘ldi. Konferensiya haqida asosiy ma’lumotlar — “Gazeta.uz” reportajida.
Tijorat banklari 7-sentabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 080−12 120 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 150−12 205 so‘m.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘llab, O‘zbekiston eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik tarafdori ekanini ta’kidladi.
Senat raisi Tanzila Narbayevaning tashrifi doirasida Minsk shahrida O‘zbekiston va Belarus ayollarining birinchi biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida 92 mln dollardan ortiq miqdordagi 42 ta shartnoma va 17 ta memorandum imzolandi.
O‘zbekistonda 2022-yilda budjetdan g‘alla uchun 4 tlrn so‘m imtiyozli kredit ajratildi, bu 2017-yilga nisbatan 3 barobarga ko‘p. Meva-sabzavotlar uchun 1,1 trln so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit berildi. Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun so‘nggi yillarda 41 turdagi subsidiya joriy etilgan.
Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashining yangilangan tarkibini tasdiqladi. Kengash a’zoligini Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umurzakov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Murad Buildings asoschisi va boshqalar tark etgan.
Tijorat banklari 6-sentabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 070−12 110 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 140−12 190 so‘m.
Prezident Yangi Toshkentning bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Unda asosiy e’tibor “yashillik, qulaylik va tejamkorlik”ka qaratilgan. Shahar komponentlari loyihasi 20 ta xorijiy kompaniya tomonidan ishlab chiqilmoqda. “Odamlar birinchi o‘rinda bo‘lishi zarur”, — dedi Mirziyoyev.
Jismoniy shaxslar bojxonadan deklaratsiyasiz olib o‘tishi mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori 70 mln so‘mdan 100 mln so‘m ekvivalentigacha oshirilmoqda.
Oson to‘lov xizmati qabul qiluvchi va jo‘natuvchi to‘g‘risidagi talab qilinadigan ma’lumotlarni qonunchilikda ko‘rsatilganidek aks ettirmagani uchun jarimaga tortildi, deya xabar qildi Markaziy bank. Regulyator to‘lov tashkilotlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlarga ham izoh berdi.
O‘zbekiston banklari to‘lov tizimlarining transchegaraviy tranzit operatsiyalarini to‘xtatish bo‘yicha MB qarorini qo‘llab-quvvatlovchi bir xil mazmundagi xabarlarni beryapti. Ularda qaror moliya tizimi va fintex bozorini xatarlar, jumladan, sanksiya bilan bog‘liq risklardan himoyalashga qaratilgani aytiladi.
Oson to‘lov xizmati Markaziy bank jarima sanksiyalari ishi bo‘yicha barcha so‘rovlarni qaytarib olishi va jarimani to‘lashini ma’lum qildi. Oson 5-sentabrdan mustaqil ravishda xorijiy pul operatsiyalarini amalga oshirmayapti, deya qayd etdi kompaniya.
Hukumat qarori bilan tadbirkorlarga davlatga tegishli suv havzalarini E-auksion platformasi orqali ijaraga berish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Ular suv bo‘yida plyaj zonalari, baliq ovi va suv sayohati kabi xizmatlarni tashkil etishi kerak bo‘ladi. Yer uchastkalari kamida 10 yil muddatga ijaraga beriladi.
Oson to‘lov xizmati 5-sentabrdan xalqaro pul o‘tkazmalari va xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatdi. PayWay ham barcha xalqaro yo‘nalishlarda, shu jumladan, Rossiyadan va Rossiyaga pul o‘tkazmalarini to‘xtatmoqda va buni Markaziy bankning talabi bilan izohladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting