Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasining batafsil tahlili
26 oktabr 2022, 11:13

Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasining batafsil tahlili

Toshkentda qurilishlar o‘rtacha necha qavatli bo‘ladi, bir qavatli mahallalar taqdiri nima bo‘ladi, poytaxtning me’moriy qiyofasi qanday saqlanishi kerak va nima uchun barcha qurilish loyihalarini shahar tashqarisiga ko‘chirish imkonsiz? «ToshkentboshplanLITI» instituti direktor o‘rinbosari ushbu savollarga javob berdi.

«Biz mamlakatlarga shaharning barqaror taraqqiyoti g‘oyasini tushunishda yordam berishga tayyormiz». Rim — Expo 2030 qanday bo‘lishi mumkin?
25 oktabr 2022, 20:05

«Biz mamlakatlarga shaharning barqaror taraqqiyoti g‘oyasini tushunishda yordam berishga tayyormiz». Rim — Expo 2030 qanday bo‘lishi mumkin?

Yer yuzida yashash uchun qulay sharoitni saqlab qolish, iqtisodiyotning o‘sishi faqat shaharlarning barqaror rivojlanishi natijasida bo‘lishi mumkin. Expo 2030 ko‘rgazmasini Rimda o‘tkazish taklifi bo‘yicha maxsus elchi Romeo Orlandi «Gazeta.uz»ga barqaror shahar nima ekanligi haqida so‘zlab berdi.

“O‘zbekcha gapirish”. Onlayn kurslarda o‘zbek tili qanday o‘rgatilmoqda?
25 oktabr 2022, 18:24

“O‘zbekcha gapirish”. Onlayn kurslarda o‘zbek tili qanday o‘rgatilmoqda?

Maktabda o‘n yillik o‘zbek tili ta’limi ko‘plab rusiyzabonlarga davlat tilida gaplashishni o‘rgatmadi. Tilni o‘rganishni bugun xususiy onlayn kurslar taklif etmoqda. “Gazeta.uz” uchta shunday maktab ta’sischilaridan darslarni yo‘lga qo‘yish g‘oyasi, qiyinchiliklar va o‘quvchilarning talablari haqida so‘radi.

«Imloviy dangasalik» yoxud o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerak edi?
25 oktabr 2022, 12:00

«Imloviy dangasalik» yoxud o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerak edi?

«Jamiyatimizning ba’zi vakillarida bugungi kunda ham eskirgan kirillni saqlab qolish hissining mavjudligini ulardagi ona tili tushunchasidagi imloviy bo‘shlig‘i bilan izohlash mumkin», degandi Mehroj Usmonov. U ushbu maqolada o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritadi.

«Bilim va tajribangiz bilan istalgan sohada milliardlab pul topa olasiz». Sardor Babayev bilan suhbat
24 oktabr 2022, 17:44

«Bilim va tajribangiz bilan istalgan sohada milliardlab pul topa olasiz». Sardor Babayev bilan suhbat

«Zamonaviy kasb egalari» loyihasining navbatdagi mehmoni — Sardor Babayev «Gazeta.uz»ga qanday qilib PR sohasiga kirib qolgani, jamiyatga xizmat qiluvchi loyihalari, MIR21YOYEV saylovoldi kampaniyasi qanday ishlab chiqilgani haqida so‘zlab berdi.

Toshkent hayvonot bog‘i 98 yoshga to‘ldi. Uning eng keksa jonzotlari qanday yashamoqda?
24 oktabr 2022, 17:00

Toshkent hayvonot bog‘i 98 yoshga to‘ldi. Uning eng keksa jonzotlari qanday yashamoqda?

Bugun Toshkent hayvonot bog‘i 98 yoshga to‘ldi. Ushbu muhim voqea munosabati bilan «Gazeta.uz» hayvonot bog‘idagi eng keksa jonivorlar: urg‘ochi And kondori Sandra, karlik begemoti Judi va ko‘k tilli kaltakesak haqida so‘zlab beradi. Ular bu yerda hammadan ko‘proq muddat hayot kechirishgan.

O‘zbek talaffuzi
24 oktabr 2022, 12:00

O‘zbek talaffuzi

Adabiy tilni mukammallashtirishda qaysi tamoyillar ustunlik qiladi? Umummilliy talaffuz qanday bo‘lishi kerak? Zuhriddin Isomiddinov 2015 yilda ushbu savollarga izlash asnosida yozgan maqolasida o‘zbek talaffuzi ingichkalashib ketayotganini tanqid qilgandi. So‘z — o‘zbekcha, jumla tuzilishi — ruscha, degandi u.

«O‘zbekistonning qayerida o‘zbek tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi»
23 oktabr 2022, 12:00

«O‘zbekistonning qayerida o‘zbek tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi»

O‘zbekistonning qayerida o‘zbek (turkiy) tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi, degandi Abduqahhor Ibrohimov 1992 yilda yozgan maqolasida. Uning fikricha, o‘zbek tilining qaddini qonuniy o‘rniga ko‘tarish uchun ichki muxoliflarga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish lozim.

Biz nega lotin yozuviga o‘tyapmiz?
22 oktabr 2022, 12:00

Biz nega lotin yozuviga o‘tyapmiz?

Alifboni isloh qilishning ikki yo‘li bor edi: kirill yozuvini takomillashtirish yo birato‘la yangi alifboga o‘tish. Kirill yozuvini saqlab qolish to‘g‘ri yechim bo‘lolmasdi. Agar afzal tarafi bo‘lsa, biryo‘la yangi yozuvdagi alifboga o‘ta qolgan tuzuk. Bu so‘zlar Sultonmurod Olimning 2000-yildagi maqolasidan olindi.

Tilimizda og‘riq bormi?
21 oktabr 2022, 12:00 1

Tilimizda og‘riq bormi?

«Gazeta.uz» so‘roviga ko‘ra professor Baxtiyor Mengliyev 21 oktabr sanasiga bag‘ishlangan maqolani taqdim etdi. Unda muallif bugungi kunga kelib yuzaga kelgan muammolar haqida so‘z yuritgan. Uning fikricha, o‘zbek tilini Internet tiliga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tashabbus darajasida qolmoqda.

O‘zbekistonda hatto itni sevuvchilar jamiyati bor. Lekin negadir o‘zbek tili ko‘ngilli jamiyati yo‘q
20 oktabr 2022, 12:00

O‘zbekistonda hatto itni sevuvchilar jamiyati bor. Lekin negadir o‘zbek tili ko‘ngilli jamiyati yo‘q

Davlat tili martabasi berilganidan so‘ng xursand bo‘lib xotirjamlikka berildik. Ko‘cha nomlarini o‘zbekchalashtirish bilan ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi. Ona tilimizni asl holiga keltirish uchun hali juda ko‘p mehnat qilish kerak. Tohir Malikning ushbu fikrlari oradan 32 yil o‘tsada, hanuz dolzarbligicha qolmoqda.

Yaponiyaga o‘qish uchun qanday ketish mumkin? Yapon universiteti bitiruvchisi Nargiza To‘raxonovaning hikoyasi
20 oktabr 2022, 09:15

Yaponiyaga o‘qish uchun qanday ketish mumkin? Yapon universiteti bitiruvchisi Nargiza To‘raxonovaning hikoyasi

Xorijiy ta’lim — bu inson hayotidagi noyob tajriba va omadli karera qurish imkoniyati. “Gazeta.uz”ning yangi “Xorijiy diplom” loyihasi doirasida talabalardan universitet tanlash, grantlarni topish va xalqaro ta’lim tizimi haqida so‘raymiz. Ilk mehmon — Yaponiya universiteti bitiruvchisi Nargiza To‘raxonova.

Ma’rifat va hurlik tongi otguncha…
20 oktabr 2022, 00:01

Ma’rifat va hurlik tongi otguncha…

Mirzakalon Ismoiliyning XX asr boshlarida mustabid tuzum, mahalliy boy va amaldorlar, mutaassib din peshvolari zulmidan qon qaqshagan Turkiston va uning yorug‘ kunga umid bog‘lagan tolesiz xalqiga bag‘ishlangan “Farg‘ona tong otguncha” romani haqda “Gazeta.uz” kolumnisti Muqaddamxon Saidrasulova hikoya qiladi.

«Insonning kim ekanligi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi»
19 oktabr 2022, 12:00

«Insonning kim ekanligi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi»

Insonning kim ekanligi, ichki dunyosi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi. Zero, maqolda aytilganadek, ovqat ta’mi tuz bilan, odam ta’mi so‘z bilan. Mazkur fikrni 2007 yilda Shodmon Otabek o‘zbek tilini bilsada, xorijiy tillarda so‘zlashuvchi ayrim odamlarni tanqid qila turib yozgandi.

Toshkentning Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi. U foyda beryaptimi?
18 oktabr 2022, 21:09

Toshkentning Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi. U foyda beryaptimi?

Toshkentdagi Navoiy ko‘chasining bir qismida jamoat transporti uchun alohida yo‘lak tashkil etildi. Hozircha u lozim darajada ishlayotgani yo‘q. «Gazeta.uz» muxbiri buning sabablarini aniqlashga harakat qildi.

«Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq»
18 oktabr 2022, 12:00

«Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq»

Darhaqiqat, ko‘p tilli bu kurrai zaminda o‘z tilini a’lo darajada bilgan va ko‘p tilni puxta o‘zlashtirgan xalq yutadi. Agar tilga hozrgidek munosabat davom etaversa, bir necha yildan keyin so‘z boyligimiz yonga solib yuradigan lug‘atga jo bo‘ladi-qoladi, deb yozgandi 2006 yildagi maqolasida Suyun Qorayev.

Nima uchun tezlikni pasaytirish tirbandlikni yuzaga keltirmaydi?
18 oktabr 2022, 00:01

Nima uchun tezlikni pasaytirish tirbandlikni yuzaga keltirmaydi?

Toshkentda tezlik pasaytirilishi haqidagi xabar, kutilganidek, aksariyat aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Transport vazirligi vakili Murod Obidov haydovchilarning xavotiri nega asossiz ekanini tushuntirib berdi. Odamlarning hayotini saqlab qolish uchun «tezlikni pasaytirish birinchi va minimal choradir».

Islom moliyasi haqida nimalarni bilamiz?
17 oktabr 2022, 15:15

Islom moliyasi haqida nimalarni bilamiz?

Hozirda islom moliyasi sektori yiliga 15% dan 25% gacha o‘sib bormoqda, bu yo‘nalishdagi institutlar esa jahonda $2,7 trlndan ortiq aktivlarni boshqarmoqda. Islom moliyasining O‘zbekistondagi o‘rni qanday? Foiz bo‘lmasa, foyda qayerdan keladi? Undan kimlar foydalana oladi? Javoblar — «Gazeta.uz» materialida.

E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!
17 oktabr 2022, 12:00

E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!

Ona tiliga ehtiyoj sezmagan ijtimoiy sharoit tirik tilni ham o‘ldirishi mumkin. Xulosa aniq: xato qilishdan qo‘rqmay ona tilini faol nutqiy vaziyatda charxlash lozim. E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!, deb yozgandi Irisali Toshaliyev 1991 yildagi maqolasida.

Nega Dubay — «kelajak shahri» deb ataladi?
16 oktabr 2022, 20:00

Nega Dubay — «kelajak shahri» deb ataladi?

Fors ko‘rfazi bo‘yida joylashgan Dubay shahri hozirda ko‘pchilik tomonidan «kelajak shahri» deya tilga olinadi. Bir paytlar sahroning bir qismi bo‘lgan va undan «tortib olingan» ushbu shahar haqida sizga batafsil ma’lumot beramiz.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting