Toshkentning Mirobod tumanida pnevmatik miltiq yordamida mushuk va itlarni ovlab kelgan erkakka MJTKning hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va qurollardan noqonuniy foydalanish moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.
3 fevral kuni poytaxtning Yunusobod tumanida tadbirkor qurilish uchun sotib olgan yer uchastkasida o‘sayotgan daraxtlarni tag qismidan betonlab tashlagandi. Yunusobod tuman prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Gumonlanuvchilar maksimum 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Farg‘ona vodiysida metan zapravkalar 15 fevral soat 13:00 dan 16 fevral 06:00 ga qadar o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi. «O‘ztransgaz» kompaniyasi bundan maqsad sovuq ob-havo sharoitida aholi, iste’molchilar va ijtimoiy soha obyektlari, strategik ahamiyatga ega korxonalarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash ekanligini ta’kidlagan.
Uch oy ichida O‘zbekistonda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda. Prezident elektromobillar uchun butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ularga texnik talab va standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 302 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etgan (oldingi kun 322 ta holat). 57 kishi pnevmoniyaga chalingan (61 kishi). Yana 3 kishi koronavirusdan vafot etdi.
Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi doirasida musodara qilingan aktivlarni qaytarish uchun BMTning ko‘ptomonlama trast jamg‘armasi tashkil etiladi. Adliya vazirligi mablag‘lar O‘zbekiston aholisi farovonligini yaxshilash uchun ijtimoiy sohaga sarflanishini ma’lum qildi. Shuningdek, Fransiyadan yana 10 mln dollar qaytarildi, qolaversa, 131 mln dollarlik aktivlar O‘zbekistonga qaytarilishga tayyor.
Uzbekistan Airways kompaniyasi uzoq masofaga uchuvchi Airbus A321neo (LR) havo kemasini qabul qilib oldi. 188 yo‘lovchiga mo‘ljallangan samolyot LEAP-1A dvigatellari bilan jihozlangan. Yil oxirigacha yana to‘rtta samolyot yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining birinchi murabbiyi Rustam Akramov 73 yoshida vafot etdi. U 1992−1994-yillardagi faoliyati davomida jamoa bilan Markaziy Osiyo chempionati va 1994-yil Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan. Keyingi ikki yilda esa Hindiston terma jamoasini boshqargan.
Madaniy meros agentligi kosmonavt Vladimir Janibekov haykali atrofidagi marmar plitalar ruxsatsiz demontaj qilinayotganini ma’lum qildi. Hokimiyat topshirig‘iga asosan uni rekonstruksiya qilayotgan «Mimar Group» kompaniyasi esa ogohlantirish oldi. Ish to‘xtatildi.
Ukraina atrofida sodir bo‘layotgan eng so‘nggi hodisalar, Rossiya davlat Dumasining Donbass va Lugansk respublikalarini tan olish masalasini ko‘rib chiqishi, G7 davlatlarining Rossiya iqtisodiyotiga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qilgani, Shtaynmayerning ikkinchi muddatga Germaniya prezidenti etib saylangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident topshirig‘iga muvofiq, UzAuto Motors kompaniyasi o‘z mijozlariga avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yuborishi kerak.
Import avtomobillar uchun bojxona boji 2 baravarga pasaytirilishi, UzAuto Motors avtomobillariga oldindan to‘lov 50 foizgacha kamaytirilishi, martda Toshkentga keladigan Turkiya prezidenti, Andijonda uzrbozlik ortidan ishdan bo‘shatilgan tuman hokimi o‘rinbosari hamda hayfsan olgan hokim, diplomlari imtihonsiz tan olinadigan xorijiy OTMlarning top-1000 taligi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 14 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov (39 yosh) mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnashadi. Uning nomzodi Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qiluvchi «Turkmaniston demokratik partiyasi» nomidan ko‘rsatilgan.
Prezident dushanba kungi yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasiga 3 kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga — 30 foizdan 15 foizgacha pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berdi.
Prezident dushanba kungi yig‘ilishda UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov 85 foizdan 50 foizgacha kamaytirilishini ma’lum qildi. «O‘zavtosanoat»ga 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish topshirig‘i berildi. Avvalroq, «Gazeta.uz» deputat Rasul Kusherbayev bilan ayni shu mavzudagi intervyuni e’lon qilgandi.
Toshkent shahar hokimligi Bobur ko‘chasida qatnov qismini ajratib turuvchi yashil maydonlar joyiga qaytarib qo‘yilishini ma’lum qildi. Ushbu yashil maydon 2016 yilda yo‘q qilinib, uning o‘rniga betondan yo‘l ajratmasi bunyod etilgandi.
Prezident qarori bilan Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar oltin medal uchun — 200 ming dollar, kumush medal uchun — 100 ming dollar, bronza medal uchun — 50 ming dollar miqdoridagi pul bilan mukofotlanadi.
Rossiyaning Wildberries onlayn-riteyleri O‘zbekistonda ish boshladi, Toshkentda esa birinchi tarqatish punkti ishga tushdi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdo‘g‘on Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zolari bilan uchrashuvda mart oxirlarida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Surxondaryo viloyatida maktab internati direktorining o‘rinbosari va viloyat XTB kadrlar bo‘limi rahbari fuqaroga 13 ming dollar evaziga internat direktori lavozimini olib berishni va’da qilganligi aniqlandi. Ularning ikkisi ham so‘ralgan mablag‘dan 5 ming dollardan olayotgan vaqtda qo‘lgan olingan, holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting